• Gaz reduktori
  • Payvandlash gorelkalari
  • Mavzu: metall va uning qotishmalarini chokbob simlar bilan yonuvchi gazlar alangasi yordamida qizdirib payvandlash




    Download 439,91 Kb.
    bet4/5
    Sana30.11.2023
    Hajmi439,91 Kb.
    #108055
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    LABORATORIYA ISH1 11T MKMT

    Generatorni ishga rostlash
    1. Qopqoq ochilib, savat olinadi.
    2. Generator korpusida begona narsalar yo‘qligi va tozalanganligiga ishonch hosil etiladi.
    3. Suv qulfi suv bilan to‘ldiriladi.Buning uchun shtutser 2 ochilib, u orqali nazorat jo‘mragi 3 sathigacha suv quyiladi.
    4. Generatorga og‘zidan nazorat jo‘mragi 11 teshigidan suv oqquncha suv quyiladi.
    5. Generatorga kalsiy karbidli savat tushirib, uning qopqog‘i zich berkitiladi, Generatorning normal ishlashida gaz naychasi, suv qulfi, nippel 1 dan gorelkaga reduktor va shlang orqali boradi. Teskari zarb yuz berganda portlagan gaz to‘lqini suvni, u esa sharchali klapanni berkitadi. Shu bilan gaz keladigan yo‘l berkitiladi. Shu vaqtning o‘zida gaz to‘lqini qaytargich disk 8 bilan korpus oralig‘idan o‘tib o‘chadi.
    Gaz reduktori, u, ballondan keltirilayotgan gaz bosimini kutilgan bosimga pasaytirish bilan shu bosimda uni saqlashga xizmat etadi. 5-rasmda bir kamerali gaz reduktorining sxemasi keltirilgan. Ballondan yuqori bosimdagi kislorod yoki atsetilen shtutser 2 ga o‘tadi (uning bosimini manometr ko‘rsatadi). Zarur bosimli gazini gorelkaga yuborish uchun vint 9 dastagini o‘ngga buraladi. Bunda prujinalar 8 va 3 siqilib, klapan 1 ochiladi va katta bosimdagi gaz katta hajmli kamera 6 o‘tib, bosim kamayadi va shtutser 5 orqali gorelkaga yuboriladi. Atsetilen reduktori kislorod reduktoriga o‘xshash bo‘lib, faqat ballon ventiliga ulash turlicha bo‘ladi. Shu boisdan ular ballon rangiga bo‘yaladi. Sanoatda ДКП— 1—65. (bir bosqichli) kislorod va ДЛП— 1—65 atsetilen reduktorlaridan ko‘proq foydalaniladi.

    5-rasm. Gaz reduktorining tuzilish va ishlash sxemasi: a-ishlamayotganda; b-ishlayotganda.

    Generator korpusidagi ish bosimi 0,1—0,7 kg/sm2 (eng katta bosimi 1,5 kg/sm2) bo‘lmog‘i kerak. Bu markali generatorlarda soatiga 1,25 m3 gaz ishlab chiqariladi. Bu generatorning suv va kalsiy karbidsiz massasi 16 kg dir.


    Payvandlash gorelkalari payvandlashda ma’lum nisbatda yonuvchi gazlarni kislorod bilan aralashtirib, barqaror alanga olishga xizmat etuvchi dastaki asbob. Gorelkalar tuzilishiga ko‘ra injektorli va injektorsiz turlarga ajratiladi. 6-rasm, a) da injektorli gorelka sxemasi keltirilgan. Sxemadan ko‘rinadiki, kislorod bosim ostida kanaldan injektor 5 soplosiga kiradi va soplo teshigidan katta tezlikda chiqishida kanal 2 dan kelayotgan atsetilenni so‘radi. Kislorod va atsetilen gorelkaning kengayuvchi konus kanalli aralashtirgich kamerasi 6 ga o‘tib aralashadi va yonuvchi gaz hosil bo‘ladi, u naycha 7 orqali mundshtukka o‘tadi. Undan chiqayotgan gaz yondirilsa, alanga hosil bo‘ladi.

    12-rasm. Payvandlash gorelkalari: a- injektorli gorelka: 1-2-trubka; 3-4-vintel; 5-injektor; 6-aralashtirish kamerasi; 7-trubka; b- injektorsiz gorelka: 1-2-trubka; 3-ventil; 4-aralashtirish kamerasi; 5-trubka; 6-mundshtuk.



    Download 439,91 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 439,91 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: metall va uning qotishmalarini chokbob simlar bilan yonuvchi gazlar alangasi yordamida qizdirib payvandlash

    Download 439,91 Kb.