|
9-ma’ruza. Tozalash inshootlarini rostlash, ishga tushirish Reja
|
bet | 1/5 | Sana | 28.05.2024 | Hajmi | 48,75 Kb. | | #255993 |
Bog'liq Сув таъм. ва сув чиқар. 9-маъруза
9-ma’ruza. Tozalash inshootlarini rostlash, ishga tushirish
Reja:
1.Tozalash inshootlarini rostlash va ishga tushirishni tashkil etish. 2. Tozalash inshootlarini ko‘rikdan o‘tkazishga qabul qilish: 2.1.Nasos markazi va suv olish kameralarini ko‘rikdan o‘tkazish; 2.2.Avtota’mirlash korxonalari tozalash inshootlarini ko‘rikdan o‘tkazish; 2.3.Polda joylashgan suv tozalash qurilmalarini ko‘rikdan o‘tkazish; 2.4.„Kristall“ tipidagi suv tozalash qurilmasini ko‘rikdan o‘tkazish; 3.Tozalash inshootlarini texnologik rostlashga topshirish uchun tayyorlash. 4. Tozalash inshootlarini ishga tushirish ishlarining texnologik ketma-ketligi va rostlovchini ish joyini jihozlash: 4.1.Tozalash inshootlarida iflosliklarni oqizib uzatishga va tashishga rostlash; 4.2. Tozalash inshootlarining nasos markazlari ishini rostlash; 4.3. Tiniqlashgan suvni avtomatik tashlovchi qurilmani rostlash; 4.4.Yerosti gorizontal tindirgichini va tozalash kameralari ishlarini rostlash; 4.5. Gorizontal tindirgichlardan neft maxsulotlarini ajratib olishni rostlash; 4.6. Tozalash inshootlaridan cho‘kmalarni ajratish va chiqarib tashlash tizimini rostlash; 4.7. Flotatsiya qurilmasini rostlash;
Tayanch iboralar: inshootlarni rostlash, inshootlarni ishga tushirish, muhandislik nadzori, texnologik rejim, inshootlarni ko‘rikdan o‘tkazish, flotatsiya, ishchi guruh
1.Har bir korxonada tozalash inshootlarining ishga tushirish ishlarini va ularni ekspluatatsiya qilishni tashkil qilishga bo‘lgan talablarga jiddiy rioya qilish, malakali mutaxasislarning mavjudligi va tayyorlash, ifloslangan suvlarni tozalash texnologiyalarini tizimli takomillashtirib borish suvdan qayta foydalanish tizimining barqaror ishlashinita’minlaydi. Boshqa tomondan, tozalash inshootlarini ishga tushirish va ekspluatatsiya qilish ishlarini noto‘g‘ri olib borish oqibatida qurilmalarni muddatidan avval ishdan chiqishiga, uni rekonstruksiya qilish uchun qo‘shimcha kapital sarf-xarajatlarni keltirib chiqaradi. Shuning uchun ularni ishga tushirish va ekspluatatsiya ishlarini tashkil qilishdagi texnologik talablarni bajarishdan tozalash inshootlarining uzoq vaqt ishonchli ishlashi va uning rentabelligi ta’minlanadi.
Tozalash inshootlarining ishga tushirish ishlari asosan uch bosqichdan iborat bo‘lib, birinchi bosqichi „Muhandislik nadzori va ishga tushirishga tayyorlash” quyidagi jarayonlarni o‘z ichiga oladi:
-loyiha-texnik hujjatlarni ko‘rib chiqib loyiha bo‘yicha kamchilik va takliflarni tuzish;
-qurilish-montaj ishlarini defektlarini aniqlab, ular bo‘yicha qaydnomalar tuzish va bu defektlarni bartaraf etish uchun tadbirlarni ishlab chiqish;
-loyihadagi tozalashga tegishli oqovalarni sonini va sifatini tekshirish;
-ishga tushirish va rostlash ishlarini reja-grafigini tuzish.
|
| |