|
Ikkinchi bosqich „Ishga tushirish davri”
|
bet | 2/5 | Sana | 28.05.2024 | Hajmi | 48,75 Kb. | | #255993 |
Bog'liq Сув таъм. ва сув чиқар. 9-маърузаIkkinchi bosqich „Ishga tushirish davri” quyidagi jarayonlarni o‘z ichiga oladi:
-tozalash inshootini kompleks sinab ko‘rish (suv to‘ldirib xarakatlarni tekshirish);
-texnologik rejimni rostlash va inshootni ishga tushirish jarayonida kamchiliklarni aniqlash, ularni tuzatish ustidan nazorat qilish, hamda tozalashni talabdagi darajaga yetkazish;
-tozalash inshootining ish unumdorligini aniqlash;
-ishlab chiqarish laboratoriya nazoratini o‘tkazish;
-tozalash inshootini ishini yaxshilash bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish va ularni bajarilishini nazorat qilish;
-tozalash inshootini ekspluatatsiya qilish bo‘yicha yo‘riqnomani ishlab chiqish;
Yakunlovchi uchinchi bosqich „Texnologik rejimni barqarorligini ta’minlab, loyihadagi ish unumdorligiga chiqish” quyidagi jarayonlarni o‘z ichiga oladi:
-inshootni barqaror texnologik rejim orqali loyihadagi ish unumdorligini ta’minlash;
-inshootni belgilangan rejimda ishlashini nazorat qilish;
-o‘tkazilgan ishga tushirish va rostlash ishlari bo‘yicha texnik xisobot tuzish.
Ishga tushirish ishlarini barcha bosqichlarini bajarishdagi asosiy vazifa jarayonlarning quyidagi texnologik ketma-ketligini ta’minlashdan iborat: ishlab chiqarish va yuza oqovalardan qayta foydalanish maqsadida ularni mahalliy tozalash inshootlarida tozalash; tozalash inshootlarida ajralgan neft mahsulotlarini va cho‘kmalarni chiqarib tashlash.
2.Tozalash inshootlarini ko‘rikdan o‘tkazish suvlarni yuvish postidan tindirgichga o‘zi oqib borishini tekshirishdan boshlanadi. So‘ngra tozalash inshootiga keluvchi tashqi liniyadan yuvish oqovalarini oqizish uchun mo‘ljallangan quduqlar tizimidagi o‘zi oquvchi truba o‘tkazgichlarini birgalikda tekshirish amalga oshiriladi. Texnik talablarga ko‘ra bu truboprovod 3% dan kam bo‘lmagan suyrilikda va diametri esa 200 mm dan kam bo‘lmasligi kerak. Suvni beruvchi o‘zi oquvchi truboprovodni suv oqimi profiliga to‘g‘ri kelishini tekshiriladi. Agar yuqoridagi talablar loyiha bo‘yicha bajarilgan bo‘lsa, ularni rostlovchilar ma’lumot uchun qabul qiladilar.
Shunday qilib, rostlovchi, sxemaning barcha nuqtalaridagi suv oqimlarini tekshirib, bo‘lishi mumkin bo‘lgan xatolarni aniqlaydi. Shuningdek, trubalarning holati, ulangan joylar, lotoklarni, quduqlarni hamda quduqlar orasidagi trubalarning to‘g‘ri chiziqli ulash joylarini tekshiriladi. Barcha ma’lumotlar loyiha bilan solishtirilib, kerak bo‘lsa to‘ldirilgan tindirgichlardagi suvlar olib tashlanib, kamchiliklarni bartaraf etilgandan so‘ng qaytadan to‘ldiriladi. Bundan tashqari, neft maxsulotlarini va cho‘kmalarni ushlab qoluvchi qurilmalar (skreberlarni, shneklarni, kovshalarni, buriluvchi trubalarni va b.) ishlarini tekshirilib ularni mustahkamliklari baholanadi.
Zarurat bo‘lganda gorizontal tindirgichlardagi ifloslangan suvlarni tindirish vaqtini aniqlash mumkin (soat)
t = V/Q
bu yerda: V-tindirgichning foydali sig‘imi, m3; Q-oqovaning miqdori,m3/s.
Tindirishning me’yordagi vaqtini (1,4s) hisobdagi bilan solishtirib tindirgichning haqiqiy ish samarasini topamiz.
Shundan so‘ng, tindirgich yuqorisidagi so‘ruvchi ventilyatsiyaning holati va inshootdan suvni avariya holatida chiqarib yuborish imkoniyatining mavjudligi, hamda bosimli truboprovodlarning zichligi bo‘yicha gidravlik sinovlarning dalolatnomasini bor yo‘qligi tekshiriladi. Agar dalolatnoma bo‘lmasa gidravlik sinovlar qaytadan o‘tkaziladi.
|
| |