• Ishchi guruh quyidagi vakolatlarga ega
  • „nasos-truboprovod-gidroelevator-gidrosiklon”
  • 9-ma’ruza. Tozalash inshootlarini rostlash, ishga tushirish Reja




    Download 48,75 Kb.
    bet4/5
    Sana28.05.2024
    Hajmi48,75 Kb.
    #255993
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Сув таъм. ва сув чиқар. 9-маъруза

    2.4. Rostlovchi „Kristall” qurilmasini ko‘rib chiqadi va unda suvni tozalash tartibi va ketma-ketligini o‘rganadi, hamda quyidagilarni tekshiradi: birlamchi iflostutgichlarning holatini, cho‘kmani pnevmatik chiqarib tashlash ishlarini holati, ifloslangan suvlarni birlamchi va ikkilamchi tozalash filtrlariga uzatuvchi nasoslar ishining ishonchliligi, ularni soatdagi va sutkadagi ish unumdorligi; qayta yuvish tizimining ishonchliligi va takror ishlatiluvchi suvning sifati; qurilma boshqaruv tizimining ishonchliligi, cho‘kmani yig‘uvchi-bunkerga chiqaruvchi mexanizmining ishini va chiqarish tizimining avtomatik ishlashi.
    3. Qurilish-montaj ishlarini ko‘rikdan o‘tkazish mobaynida aniqlangan defektlar bo‘yicha defektlar qaydnomasi tuziladi va ularni tuzatish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqiladi. Ularni muhandislik texnik nadzor ostida rostlovchi korxona tomonidan bartaraf etiladi. Shundan so‘ng tozalash inshooti ekspluatatsiya qilishga qabul qilinadi. Inshootni qabul qilish uchun tuzilgan ishchi komissiyaga buyurtmachi qurilishda ishtirok etgan korxonalarning ro‘yxatini, uni montaj (rekonstruksiya) qilishdagi korxonalarning har birining bajargan ishlari hajmlari bilan, sinovlar dalolatnomalarini, avtomatik vositalarni, devorlarni va tindirgichni gidroizolyatsiyalari haqidagi ma’lumotlarni taqdim etadi.
    Ishchi guruh quyidagi vakolatlarga ega: ko‘rinmagan defektlarni aniqlash va tekshirish; suv tozalash qurilmalarini, bosimli va bosimsiz gidrosiklonlarni, trubalarni va boshqa jihozlarni qo‘shimcha gidravlik sinovlarini o‘tkazishga; tozalash inshootlarini ishga tushirish va rostlash ekspluatatsiyasini qabul qilish yoki topilgan defektlarni bartaraf etilmagunga qadar inshootni qabul qilishni to‘xtatib qo‘yish. Ishchi guruh rostlovchi brigadalar bilan doimiy aloqada ish olib boradi, kerak bo‘lganda qurilish-montaj korxonasining texpersonalidan, ishchi va jihozlaridan foydalanadi. Ishchi guruh o‘zining faoliyatini tozalash inshootini doimiy ekspluatatsiyaga qabul qilingunga qadar yoki bu ishlarni davlat topshirgan vakolatli organlarga topshirilgunga qadar olib boradi.
    4.Ishga tushirish-rostlash ishlarining texnologiyasi suvlarni ikkinchi marta qayta ishlatish yoki ularni suv havzalariga talab darajada tashlash uchun maksimal samarada tozalashga qaratilgan. Bu ishlar quyidagi texnologik ketma-ketlikda o‘tkaziladi:
    - ishlab chiqarish oqovalarini ifloslanish manbalaridan tozalash inshootlariga uzatish va tashishni rostlash (o‘zi oquvchi yoki bosimli uzatish);
    - suvlarni qayta foydalanuvchi iste’molchiga yoki zovurlarga tashlash uchun uzatuvchi nasos markazlari ishlarini rostlash;
    - tozalash inshootlarini tozalash usuli texnologiyasi bo‘yicha rostlash (fizik-kimyoviy, kimyoviy va b.);
    - ishlab-chiqarish va yog‘ingarchilik oqovalaridan tozalash inshootlarida ajralgan iflosliklarni chiqarib tashlash jarayonlarini rostlash;
    - suvdan foydalanishning yopiq siklini rostlash.
    Rostlovchi ish joyining jihozlari avtotransport korxonalarida oqova suvlarni tozalash inshootlarida ishlovchilarning mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi talablariga javob berishi kerak.
    4.1.Suvlarni yuvish liniyasidan tozalash inshootlariga o‘zini oqizishda chiqindilarni yuvish liniyasiga o‘rnatilgan panjaradan o‘tkazish tizimi yo‘lga qo‘yiladi, hamda yuza oqovalarini ushlab qoluvchi quduqlarda yuvish kanavalaridagi gidroyuvishni me’ridagi ishini ta’minlash kerak bo‘ladi. Panjaralarni bir-biridan 8 – 19 mm masofada 340 da oqimni perpendikulyar xarakatiga vertikal ravishda o‘rnatish tavsiya qilinadi. Tozalash inshootini rekonstruksiyasi vaqtida o‘zi oquvchi truboprovod boshiga 0,25-0,3 m3 li vanna o‘rnatilsa, ayniqsa tozalash inshooti texnologik liniyadan uzoq masofada joylashgan bo‘lsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi.
    4.2.Tozalash inshootlarining nasos jihozlarini ishga tushirish rostlash ishlari nasos markazining ko‘rikdan o‘tkazishda aniqlangan defektlarni bartaraf qilishdan boshlanadi. So‘ruvchi va bosimli truboprovodlar tizimida flyaneslardan, ulangan joylardan, o‘tish joylaridan oqishlar va b. to‘g‘rilanadi. Nasos jihozlarini ishga tushirishda ularni ishlash sifati va ishonchligiga javob beruvchi zavod-tayyorlovchining texnik hujjatlari yo‘riqlariga amal qilinadi. Bunda rostlovchilarning funksiyasi nasos jihozlari ishlarini diagnostik nazoratidan iborat bo‘ladi. Agar jihozni demontaj qilishga majbur qiladigan jiddiy kamchilik aniqlansa, zavod-tayyorlovchiga taqdim qilish uchun dalolatnoma tuziladi. Nasos jihozlarining keyingi ekspluatatsiya davrida texnik xizmat ko‘rsatish zavod-tayyorlovchining texnik pasportiga asosan amalga oshiriladi.
    4.3. Ishlab chiqarish va yuza oqova suvlarini birgalikda tozalaganda aylanma yuvish tizimini to‘ldirish, tozalangan yuza suvlari va shahar suv ta’minoti hisobiga amalga oshiriladi. Biroq, bu vaqtda shunday holat bo‘lishi mumkin, ya’ni tiniqlashgan suv ortiqcha darajada yig‘ilib uni majburiy ravishda shahar yoki selga mo‘ljallangan kollektorlariga chiqarib yuborish zarurati bo‘ladi. Shuning uchun tozalash inshootlarida tiniqlashgan suvni chiqarib yuboruvchi avtomatik qurilmalardan foydalaniladi. Suvning darajasi elektr regulyator-signalizator yordamida nazorat qilinadi. Bu sxema bo‘yicha 2 ta nasos o‘rnatiladi: biri ishchi, boshqasi zahira uchun. Suv olish kamerasida suv yuqori darajaga yetganda , chiqarib yuboruvchi nasos ishga tushadi. Agar suv pastki darajaga yetganda nasos avtomatik ravishda uziladi. Ba’zi tozalash inshootlarida poluavtomatik moslamalardan ham foydalaniladi.
    4.4. Birinchi navbatda, tindirgichning har bir seksiyasiga alohida suv chiqarish va suvni to‘xtatish muftalarining zichligi rostlanadi. Bu ishlarni bajarish har bir seksiyani mustaqil ishlashini, filtrlarni reviziya qilishni va rostlashni, hamda neft maxsulotlarini va cho‘kmani olib chiqib ketishni yengillashtirishni ta’minlaydi. Ayniqsa gidroizolyatsion ishlarning sifatiga e’tibor qilish kerak.
    Tindirgichlarning samarali ishlashi uchun oqimning optimal tezligi 4-6 mm/s bo‘lishi kerak. Tindirgichdagi suv oqishi tezligining sezilarli o‘zgarishi filtrlarni reviziya qilib almashtirish kerakligini bildiradi. Filtrlarni noto‘g‘ri ekspluatatsiya qilish ularning kassetalari ostini qalinligi 100-200 mm bo‘lgan loyqa bilan to‘lib qolishiga sabab bo‘ladi, shuning uchun filtrlarni almashtirganda quyidagi tartibga rioya qilish kerak bo‘ladi: tindirgichdagi suvning darajasini filtr ostidagi rama darajasigacha pasaytirish; filtrlar kassetasini chiqarib olib yuklamalarni tozalash; filtrlarning yangi filtrlovchi materiallar bilan to‘ldirish (400 mm gacha); filtr kassetalarini ramaga o‘rnatish, g‘ovaksimon rezinadan tayyorlangan qistirmaning (prokladka) zichlanishi va sifatini bilgan holda. Agar suv filtrdan o‘tmasa, u holda rezina qistirmasini almashtirish kerak bo‘ladi va tirqishni bartaraf etiladi.
    Tindirgichlarni va kassetali filtrlarni ishlarining samaradorligini kamayishi filtrlarni ifloslanishiga qarab o‘z vaqtida almashtirilmasa, hamda gorizontal tindirgichlardan cho‘kmalarni o‘z vaqtida olib tashlanmasa ro‘y berishi mumkin.
    4.5. Gorizontal tindirgichlarda ushlab qolingan neft mahsulotlarini chiqarib tashlash, tindirgichlar ishini samaradorligiga bevosita ta’sir etuvchi muhim tadbirlardan hisoblanadi. Neftni tutib qoluvchi qurilmalar barqaror oqizuvchan va tindirgichdagi suvning darajasiga va oqish tezligiga qarab toshib ketmaydigan qilib quriladi. Qo‘zg‘almas qotirilgan lotokli benzin moy tutib qoluvchilarning konstruksiyasi eski tipovoy inshootlarda uchraydi, yangi loyihalarda tindirgichdagi suvning darajasiga qarab erkin vertikal xarakatlanuvchi lotoklardan foydalaniladi. Benzin moy tutgichlar konstruksiyasi avvalgilarga o‘xshash, suzuvchi lotok, 248 l sig‘imli, 2 mm qalinlikdagi po‘lat listdan yasalgan (o‘lchami 700x1800x380 mm) va uning ichki qismi eni 250 mm bo‘lgan poplavok bilan 125 mm va 325 mm li qismlarga bo‘lingan bo‘lib, bu qismlar tubi bir-biriga 6 ta teshiklar bilan ulangan. Suzuvchi lotoklarning gorizontal xarakati shvellerdan yasalgan 2 ta vertikal yo‘naltiruvchilar bilan nazorat qilinadi. Suzuvchi lotok tindirgichdagi suvning xarakatiga qarab, o‘z o‘qi atrofida tebranma xarakat qilishi mumkin. Pasangilarning maxsus qurilmasi lotokni muvofiqlashtiradi va balansini ta’minlaydi. Har bir seksiyadan neft mahsulotlarini olib tashlash, tindirgich yuzasidagi plyonkani to‘liq yo‘qolishiga olib keladi.
    Amaliyotda neft mahsulotlarini ajratib olishda benzin moy tutgichlarning vakuum-cherpakli turidan, qo‘shimcha, ajratishni havo yordamida bajaradigan, neft mahsulotlarini gidroelevator va vakuumli olib tashlaydigan silindrik benzin moy tutgichlardan foydalaniladi.
    4.6. Tindirgich ostida cho‘kmani ajralishini aniqlashning sodda usuli vizual-o‘lchab tekshirish hisoblanadi. Bunda cho‘kmani zichlanishining belgisi bo‘lib, tindirgich yuzasida havo ko‘pikchalarini paydo bo‘lishi va suv rangini o‘zgarishi hisoblanadi. Tindirgich ostidagi cho‘kmaning zichlashishi uni ajratish xarajatlarini ko‘paytiradi, shuning uchun cho‘kmani har kuni, ya’ni tozalash-yuvish jarayonini bajarib, cho‘kmani chiqarib tashlash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Tozalash inshootlarining ekspluatatsiya jarayonida bunker-yig‘uvchiga va bunkerdan cho‘kmani chiqarib tashlash tizimi ishining samaraliroq rejimi belgilanadi. Cho‘kmani chiqarib tashlashda „nasos-truboprovod-gidroelevator-gidrosiklon” rejimida suvning bosimi 0,25-0,35 MPa dan kam bo‘lmasligi, gidrosiklonga kirishda esa 0,08-0,12 MPa dan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
    Cho‘kmani „ nasos-gidroelevator-gidrosiklon-bunker” sxemasidagi bosimli-oqim tizimini ishlatish, doimiy ravishda 6,5-7,0 m chuqurlikda joylashgan gidroelevatorning ishini nazorat qilishni zarurligi bilan bog‘liq. Bundan tashqari, gidroelevatorlarni tozalash uchun, ularni tez ajratuvchi qurilmalarning, ko‘tarish va demontaj qilish uchun, yo‘qligi ularni qo‘llashda jiddiy qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Biroq, gidroelevatorli tizimni ekspluatatsiya qilish yo‘lga qo‘yilgan ba’zi ATK larining tozalash inshootlarida, cho‘kmalarni bunday chiqarib tashlash sxemasi uzoq vaqt ishlashi mumkin. Bunga gidroelevatorni modernizatsiya qilish orqali, tekari yuvish bilan, gorizontal gidroelevatorlarni vertikallariga almashtirish, hamda nasos va gidrosiklonlarni texnik tavsiflari yuqori bo‘lganlariga almashtirish yo‘llari bilan erishish mumkin.
    Yer ustida joylashgan yangi tipdagi tozalash inshootlarining loyihalarida oqovalarni bosimli gidrosiklonga haydash uchun „Gnom” tipdagi nasoslardan foydalanilgan. Bu esa cho‘kmani 6,5-7,0 m chuqurlikdan chiqarishga barham bergan. Tindirgich ostidagi yoki yuvish kanavidagi cho‘kmani yuvish uchun gidromexanik usul qo‘llaniladi: 150 mm li, nasos bilan qo‘shib qurilgan yuvuvchi trubaprovodlar 5-80 suyri qilib yotqiziladi, 8-10 mm diametrli yuvuvchi patrubkalar 15-200 suyrilikda har 0,3-0,5 m da o‘rnatiladi.
    4.7. Flotatsiya qurilmasini korxonaning tozalash inshootiga yoki motor va agregat bo‘limlarining mahalliy tozalash inshootlariga bog‘lashda dastavval quyidagi trubaprovodlarning ishlarini rostlash kerak: ko‘pik yig‘uvchi cho‘ntakni qizitish uchun bug‘ni yoki issiq suvni uzatuvchi; kompressordan siqilgan havoni uzatuvchi yoki reagentlarni eritmasini aralashtiruvchi setni ; flotatorni bo‘shatish va ko‘pik yig‘uvchi cho‘ntakdan qabul qiluvchi rezervuarga suvni uzatuvchi; tinilgan neft mahsulotlarini yig‘uvchi rezervuarga tushiruvchi. Oqovalarni ishqorliligi tezlik bilan o‘zgarganligi uchun (rN 8-14) qabul qilish rezervuaridagi rN ning miqdorini muvofiqlashtirish usuli rostlanadi. So‘ngra mexanizmlar ishidagi avval aniqlangan nosozliklar tuzatiladi (elektrodvigatellar, nasoslar, reduktorlar va b.)
    Flotatorni toza suv bilan to‘ldirgandan so‘ng, ko‘pikni yo‘qotish uchun skreboklar holatini muvofiqlashtiriladi. Ejektorni qo‘shganda bosim 0,35-0,4 MPa dan kam bo‘lmasligi kerak. Bosim va suvning sarfi diafragmani tanlash orqali o‘rnatiladi. Havo ejektori ishini rostlash, uni soplosini diametrini o‘zgartirish hisobiga suv va havoni uzatishni muvofiqlashtirish bilan amalga oshiriladi. Bu muvofiqlashtirish shunday bo‘lishi kerakki, barcha havo suvda eriydigan bo‘lishi kerak. To‘g‘ri rejimda aylanayotgan suv, flotatorga tushuvchi, oq rangda bo‘ladi. Flotatorni resirkulyatsiya tizimini rostlagandan so‘ng, suv oqovalarni birxillashtiruvchidan koagulyant (oltingugurtokis aluminiy) qo‘shib tozalashga uzatiladi. Flotatorni me’yorida ishlashi uchun koagulyantning dozasi optimal (8-10%li eritma) bo‘lishi kerak. Tozalangan va boshlang‘ich suvdagi neft mahsulotlarining va muallaq zarralarning tarkibining nazorati o‘rtacha miqdor orqali smenada har 1-2 soatda olib boriladi. Flotatorda tozalangan suvni zarurat bo‘lganda „Kristall” qurilmasida oxirigacha tozalash mumkin.

    Download 48,75 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 48,75 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    9-ma’ruza. Tozalash inshootlarini rostlash, ishga tushirish Reja

    Download 48,75 Kb.