MAVZU: NAZARIY JIHATDAN TALAB QILINADIGAN HAVO MIQDORI VA YONISH MAHSULOTLARINING HAJMLARI
REJA:
1. Yoqilg’i turlari.
2. Yonish mahsulotlarining hajmiy ulushlari.
3. Yonish mahsulotlarining yonish va entalpiyasi hisobi.
Qattiq suyuq va gazsimon yoqilg’ilar. Yoqilg‘i sifatida foydalanish mumkin. Elektr, mexanik va issiqlik energiyasini olishni asosiy manbai organik yoqilg‘i hisoblanadi. Hozirgi vaqtda yer yuzida ishlab chiqarilayotgan va iste’mol qilinayotgan energiyaning 70% ni organik yoqilg‘ining kimyoviy energiyasi hisobidan va faqat 30% gina suv, shamol, quyosh va atom energiyasidan foydalanish hisobidan olinadi. Mamlakatimiz yoqilg‘i sanoati qariyb bir asrlik tarixga ega. Bu sanoat yer qa’rida topilgan va qazib olinayotgan ko‘mir, Neft, tabiiy gaz konlari negizida shakllandi va rivojlanib bormoqda. Respublikamizda 159 (zaxirasi sanoat darajasida hisoblangan) neft-gaz koni ochilgan, ularning 115 tasi Buxoro - Xiva geologik provintsiyasida, 27 tasi Farg‘ona vodiysi, 10 tasi Surxondaryo, 7 tasi Ustyurtda joylashgan. Konlarning gaz, gaz-kondensatli, gaz-neft’, neft, gaz-neft kondensatli turlari mavjud.
O‘zbekistonda dastlabki Neft koni 1904 yilda ochilgan (Farg‘ona vodiysidagi Chimyon Neft konida 278 m chuqurlikdan kuniga 130 t Neft olingan). O‘sha yili Vannovskda (hozirgi Oltiariq) neftni qayta ishlash zavodi ishga tushirildi.
O‘zbekiston Neft sanoatining paydo bo‘lishi shu sanadan boshlanadi. Bugungi kunda Respublika Neft sanoati xalq xo‘jaligining neftga bo‘lgan talabini to‘liq qondirish imkoniyatlariga ega.
Gaz yoqilg‘isi. Tabiiy gaz yer kurrasining juda ko‘p joylarida uchraydi. U faqat maxsus gaz quduqlaridangina emas, balki Neft qazib chiqarishda qo‘shimcha mahsulot sifatida ham olinadi. Neft bilan birga chiqadigan tabiiy gaz yo‘lakay gaz deyiladi. Tabiiy gazning asosiy tarkibiy qismini metan СN4 (98% gacha) tashkil etadi.
Bundan tashqari uning tarkibida etan С2H6, propan С3H8, butan С4H10, etilen С2H4 va propilen С3H8 bo‘ladi. O2 va N2 lar odatda oz miqdorni tashkil etadi. Gaz sanoati – yoqilg‘i – energetika majmuasining eng rivojlangan tarmog‘i. Uning Respublikada qazib olinayotgan yoqilg‘i balansidagi hissasi 87,2 % ni tashkil etadi. 1955 yilda Jarqoq, 1956 yilda Gazli Neft konlarining ochilishi natijasida gaz sanoatining moddiy bazasi yaratildi. 1995 yili Respublika gaz sanoatida 48,6 mlrd m3 tabiiy gaz, 7600,6 ming tonna Neft va gaz kondensati olishga erishildi, 3053, 7 ming tonna ko‘mir qazib olindi
Yoqilg‘i sanoati respublika yoqilg‘i-energetika kompleksining asosiy turlarini tashkil etadi va barcha turdagi yoqilg‘ini qazib olish, tabiiy gazni tozalash va yetkazib berish, Neft maxsulotlari ishlab chiqarish korxonalaridan iborat.
Mustaqillik yillarida ko‘rilgan keskin tadbirlar natijasida neft qazib olish xajmi yuqori sur’atlarda o‘sdi. Respublikaning neft mustaqilligi ta’minlandi.
Agregat holiga ko‘ra yoqilg‘i qattiq, suyuq va gaz yoqilg‘isiga, kelib chiqishiga yoki olinish usuliga ko‘ra tabiiy va sun’iy yoqilg‘iga bo‘linadi. (1-jadval).
Organik yoqilg‘ilarning tasnifi.
1-jadval
Yoqilg‘i
|
Agregat xolati
|
Qattiq
|
Suyuq
|
Gaz
|
Tabiiy
|
Yog‘och,torf, qo‘ng‘ir va toshko‘mirlar, antratsit, slanetslar
|
Neft’
|
Tabiiy gaz
|
Sun’iy
|
Koks,
briketlar,
yog‘och ko‘miri,
|
Mazut,
kerosin,
benzin,
solyar moyi, gazoil
|
Koks gazi, domna gazi,
generator gazi, Neft gazi, propan, atsetilen
|
Organik yoqilg‘i energiya manbai bo‘lishi bilan bir qatorda, u kimyo sanoati uchun muhim xom-ashyo hisoblanadi. Organik yoqilg‘ilarni qayta ishlash natijasida ko‘plab muhim kimyoviy maxsulotlar olinadi. Qazib olingan joyi va ishlatilishiga ko‘ra maxalliy yoqilg‘i (torf va slanets) va tashib keltiriladigan yoqilg‘ilar bo‘ladi.
Yoqilg‘i tarkibi organik va mineral moddalardan iborat bo‘ladi. Organik moddalarga uglerod (C), vodorod (H2), kislorod (O2), azot (N2) va oltingugurt (S) kiradi. Bu kimyoviy elementlar va ular birikmalarining miqdori turli xil yoqilg‘ida turlicha bo‘ladi. Masalan, neft’ va uning maxsulotlari tarkibi asosan uglerod va vodoroddan tashkil topgan. Yoqilg‘i tarkibiga yonuvchan elementlar, namlik va yoqilganda kulga o‘tadigan minerallar kiradi. Yoqilg‘ining tarkibi kimyoviy elementlarning massaviy foiz miqdori, namligi va kul miqdori bilan tavsiflanadi.
|