|
Geologiya va konchilik ishi
|
bet | 1/8 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 0,87 Mb. | | #238669 |
Bog'liq Ibotov Asliddin(mustaqil ish)
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
“GEOLOGIYA VA KONCHILIK ISHI” FAKULTETI
60721600-”Foydali qazilma konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi” ta’lim yo’nalishi
GR-102-22 guruh talabasi Ibotov Asliddin Ahmadovich ning
“Neft va gaz geologiyasi va geokimyosi” fanidan
Noananaviy uglevodorod resurslari. Og’ir neft va tabiiy bitumlar, Yonuvchi slanetslar, mavzusida
Bajardi: GR-102-22 guruh talabasi A.A.Ibotov
Fan o‘qituvchisi: K.M.Usmonov
Qarshi-2024
MUSTAQIL ISHI
Mavzu:Noan’anaviy uglevodorod resurslari.Og‘ir neft va tabiiy bitumlar.Yonuvchi slanetslar. Reja: 1)Noan‘anaviy uglevodorod resurslari. 2)Og‘ir neft va tabiiy bitumlar haqida tushuncha. 3)Yonunchi slanetslar. Noan’anaviy uglevodorod resurslari Neft qazib chiqarish sanoatida hozirgi kunda yengil va o’rtacha zichlikdagi neft qazib chiqarishning pasayib borishi kuzatilmoqda. An’anaviy neft zaxiralarining kamayib borishi neft kompaniyalarining ko’proq e’tiborini uglevodorodlarning noan’anaviy manbayiga qaratmoqda. Bunday manbalardan biri, og’ir neft va tabiiy bitumlar bilan bir qatorda, yonuvchi slanslar hisoblanadi. Ularning mavjud hajmi ochilgan neft zaxiralaridan anchagina katta. Avvalo neft va gazning “an’anaviy” va “noan’anaviy” manbalari tushunchasiga oydinlik kiritish lozim. Hozirgi kunda neft va gaz manbalarining “an’anaviylik” va “noan’anaviylik” tushunchasiga aniq chegara mavjud emas. 1979-yilda Monrealda (Kanada) o’tkazilgan energetik resurslar bo’yicha Xalqaro konferensiyada uglevodorodlarning “an’anaviy” manbalariga yengil va o’rta neft uyumlari, tabiiy gazlar va ularning tarkibidagi kondensatlar, “noan’anaviy”larga esa – qattiq bitumlar (asfaltdan keritgacha), og’ir neftlar, shuningdek suyuq va gazsimon to’plamlar kiritilgan. 1976-yilda Lyuksemburgda (Avstriya) energetik resurslar bo’yicha I-Xalqaro konferensiyada manbalarning “noan’anaviy” resurslariga konlarni ishlatishning uchlamchi va yanada qimmatbaho usullarini tadbiq etish natijasida olinishi mumkin bo’lgan neft resurslari, mustahkam tog’ jinslaridagi gaz resurslari kiritilgan.
|
| |