|
Geologiya va konchilik ishi
|
bet | 2/8 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 0,87 Mb. | | #238669 |
Bog'liq Ibotov Asliddin(mustaqil ish) Avvalo neft va gazning “an’anaviy” va “noan’anaviy” manbalari tushunchasiga oydinlik kiritish lozim. Hozirgi kunda neft va gaz manbalarining “an’anaviylik” va “noan’anaviylik” tushunchasiga aniq chegara mavjud emas. 1979-yilda Monrealda (Kanada) o’tkazilgan energetik resurslar bo’yicha Xalqaro konferensiyada uglevodorodlarning “an’anaviy” manbalariga yengil va o’rta neft uyumlari, tabiiy gazlar va ularning tarkibidagi kondensatlar, “noan’anaviy”larga esa – qattiq bitumlar (asfaltdan keritgacha), og’ir neftlar, shuningdek suyuq va gazsimon to’plamlar kiritilgan. 1976-yilda Lyuksemburgda (Avstriya) energetik resurslar bo’yicha I-Xalqaro konferensiyada manbalarning “noan’anaviy” resurslariga konlarni ishlatishning uchlamchi va yanada qimmatbaho usullarini tadbiq etish natijasida olinishi mumkin bo’lgan neft resurslari, mustahkam tog’ jinslaridagi gaz resurslari kiritilgan. Yuqorida Bayon Etilganlardan ko’rini bturibdiki,uglevodorod xomashyolarining “an’anaviy” va “noan’anaviy” manbalari orasidagi chegara juda shartli. Genetik va fizik-geologik nuqtai nazardan suyuq va gazsimon uglevodorodlarning “noan’anaviy” to’plamlari ko’pincha mutlaqo noodatiy hisoblanmaydi. Bu to’plamlarning barchasi uchun ahamiyatli murakkablik yoki hatto ularning resurslarini o’zlashtirish texnika va texnologiyasini yaratilmaganligi va shunga muvofiq olinadigan mahsulot narxining juda yuqoriligi xarakterli. Boshqacha so’z bilan aytganda, neft va gaz manbalarining “noan’anaviy” resurslari – bu zamonaviy sharoitlarda o’zlashtirish texnik jihatdan qiyin (mushkul) va iqtisodiy norentabel resurslardir. Yuqorida Bayon Etilganlardan ko’rini bturibdiki,uglevodorod xomashyolarining “an’anaviy” va “noan’anaviy” manbalari orasidagi chegara juda shartli. Genetik va fizik-geologik nuqtai nazardan suyuq va gazsimon uglevodorodlarning “noan’anaviy” to’plamlari ko’pincha mutlaqo noodatiy hisoblanmaydi. Bu to’plamlarning barchasi uchun ahamiyatli murakkablik yoki hatto ularning resurslarini o’zlashtirish texnika va texnologiyasini yaratilmaganligi va shunga muvofiq olinadigan mahsulot narxining juda yuqoriligi xarakterli. Boshqacha so’z bilan aytganda, neft va gaz manbalarining “noan’anaviy” resurslari – bu zamonaviy sharoitlarda o’zlashtirish texnik jihatdan qiyin (mushkul) va iqtisodiy norentabel resurslardir.
|
| |