• Foydalanilgan adabiyotlar
  • Mundarija Kirish 6011. Umumiy qism




    Download 1.66 Mb.
    bet1/5
    Sana01.11.2023
    Hajmi1.66 Mb.
    #92974
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    1-kurs ishi
    AI2, AI 1, 1-maruza.

    Mundarija
    Kirish
    6011.Umumiy qism
    2.Asosiy qism.
    2.1.Kurs loyihasining maqsadi va vazifasi
    2.1. Kurs loyihasini bajarish bo’yicha topshiriq va dastlabki ma’lumotlar
    2.2 Elektr yuritma dvigatelining quvvatini hisoblash va turini tanlash.
    2.3 Dvigatelning aylanish tezligi quyidagi formula bilan hisoblash
    2.4.Ekvivalent kuchlar usuli bo’yicha dvigatel quvvatining miqdorini
    aniqlash
    2.6. Tabiiy mexanik tavsifni qurish
    2.7. Elektr dvigatel rotori chulg’ami qarshiligi quyidagi formula bilan aniqlanadi
    2.8. Elektr yuritmani tarmoqqa ulovchi elektr apparatlarini tanlash
    2.9. Dvigatelning nominal quvvati
    Foydalanilgan adabiyotlar
    Elektr yuritma nazariyasida yangi yonalishlar Birinchi yonalish elektromexanik ozgartgichlardan elektromagnit, pyezokeramik va boshqa dvigatellarning yangi konstruksiyalari xususiyatlarini kengroq organish. Ikkinchi yonalish elektr yuritma tizimi dinamikasini tadqiq etishning yangi usullarini ishlab chiqish zarurligi. Uchinchi yonalish yuritma va uning elementlari tavsifini hisoblashning ananaviy usullaridan voz kechib, yangi samarali usullarni yaratish va ularning dastur taminotini amalga oshirish. Тortinchi yonalish energiya tejamkorligini taminlaydigan avtomatlashtirilgan elektr yuritmalarini ishlab chiqish va ularni amalda tatbiq etish.
    2. Elektr yuritmaning ishlab chiqarish korxonalaridagi o`rni. Elektr yuritma deb elektr motor, uzatuvchi mexanizm va ishchi organdan iborat umumlashgan qurilmaga aytiladi. Avtomatlashgan elektr yuritma tarkibiga yana elektr energiya ozgartkichi, datchiklar va elektr yuritmani boshqarish tizimi kiradi. Elektr yuritma tarkibiga aniqlik va tezlikni oshiradigan qoshimcha elementlar kiritilishi mumkin. Masalan EHM, raqamli datchiklar, muvofiqlashtiruvchi elementlar qollanilishi mumkin.
    3. Zamonaviy ishlab chiqarish korxonalarida avtomatlashtirilgan elektr yuritmalarining klassifakatsiyasi Strukturaviy sxemalar - bunda har bir element alohida tortburchak shaklida va kirish hamda chiqish signallari bilan beriladi. Strukturaviy sxemalarda uzatish funksiyalari bilan yoki uzatish koeffisientlari bilan xarakterlanadi. Prinsipial sxemalarda esa elektr yuritmaning kuch va boshqaruv zanjiridagi elektr boglanishlar bir chiziqli elektr sxemada beriladi. Elektr sxemadagi elementlar (kontaktlar, kommutasion apparatlar rele va h.K.) Shartli belgilar orqali korsatiladi.
    Elektr yuritmalar dastlab motor turiga qarab quyidagi turlarga bolinadi: asinxron elektr yuritma, ozgarmas tok elektr yuritmasi, sinxron elektr yuritma, chiziqli elektr yuritma.
    Elektr yuritma harakatni uzatilishiga qarab quyidagi guruhlarga bolinadi:
    1. Transmissiyali, bunda harakat bir motordan bir necha ishchi mexanizmga uzatiladi.
    2. Individual (yakka), bunda har bir ishchi organ alohida motorga (yuritmaga) ega boladi.
    3. Ozaro boglangan (kop motorli), bunda elektr yuritma tizimi bir texnologik jarayonda yagona boshqarish tizimi orqali bir necha (onlab) motorlarni oz ichiga oladi.
    Harakat turiga qarab elektr yuritma a) aylanma, b) ilgarlanma bir yonalishli va reversiv, v) teskari-ilgarlanma bolishi mumkin. Bu harakatlar diskret yoki uzluksiz bolishi mumkin.
    Elektr yuritma tezligi yoki holatini rostlash boyicha quyidagi guruhlarga bolinadi:
    a) rostlanmaydigan - bunda motor bir ozgarmas tezlikda ishlaydi;
    b) rostlanadigan - bunda motor tezligi texnologik talab boyicha ozgartirilib turiladi;
    v) taqlidiy - bunda motor tezligi shablon harakati bilan bir xil ozgarishi taminlanadi;
    g) dasturli boshqariladigan - bunda motor tezligi raqamli qurilma orqali dastur boyicha boshqariladi; d) adaptiv (ozi moslanuvchan)- bunda motor tezligi muhitning ozgarishiga qarab avtomatik rostlanadi;
    e) pozitsion (vaziyatni rostlovchi) - bunda motor tezligi ishchi organining vaziyatini rostlashini taminlaydi.
    Elektr yuritmalar avtomatlashtirish darajasi boyicha quyidagi guruhlarga bolinadi: Avtomatlashtirilmagan elektr yuritmalar, bunda elektr yuritma tola dastaki boshqariladi. Hozirgi paytda bunday elektr yuritmalar kam uchraydi. asosan kichik quvvatli sanoat yoki maishiy qurilmalar yuritmalari bunga misol bola oladi.
    Avtomatlashtirilgan elektr yuritmalar. Bunday elektr yuritmalarni chiqish parametrlari rostlanadigan bolib boshqaruv operatsiyalarini bir qismini elektr yuritma bir qismini esa inson tomonidan hosil qilinadi. Bu elektr yuritmalarda asosan avtomatik yurgizish, avtomatik tormozlash va tezlikni rostlash amalga oshiriladi.
    Avtomatlashgan elektr yuritmalar - bu elektr yuritmalarda boshqaruv signali inson ishtirokisiz hosil qilinadi va boshqariladi. Bunday elektr yuritmalar sanoat robotlari va manipulyatorlarda qollaniladi.

    Kirish
    O‘zbekistonda energetikaning rivojlanish tarixi Turkiston energetika xo’jaligining quvvati 1914-yilga kelib 20 ming o.k. dan ozgina oshgan bo’lib, 51 elektr stansiyalardagi elektr motorlarning umumiy soni 500 tadan oshmas edi. 1917-yilgacha hozirgi O„zbekiston hududidagi elektr stansiyalarini quvvati 3 ming kVt ni tashkil qilib, bir yilda 3,3 mln.kVt ×soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan edi. Turkiston o’lkasini elektrlashtirish rejasini tuzilishi katta ahamiyatga ega bo’ldi. 1923-yil Toshkent chekkasidagi Bo`zsuv kanalida suv elektr stansiyasi (GES) qurilishi boshlandi. 1926-yil O„zbekiston energetikasini birinchisi, o’sha vaqtda O’rta Osiyoda eng katta bo’lgan 2 ming kVt quvvatli Bo’zsuv GES i ishga tushdi. Respublikada quvvat o`sishini asosini O`zbekiston energetika sistemasi tuzilgan paytda (1934-yil) Chirchiq-Bo’zsuv yo’nalishida 180 ming kVt quvvatli ketma-ket qurilgan suv elektr stansiyalari tashkil etdi. 1939-yilda Qizilqiya ko’mir havzasi negizida Quvasoy issiqlik elektr stansiyasi (IES) ni 12 MVt quvvatli kondensatsiyali turbina agregati va Toshkent to’qimachilik kombinati issiqlik elektr stansiyasini 6 MVt quvvatli ikki turbinasi ishga tushirildi. Elektr stansiyalarni qurilishi va sanoat korxonalarini rivojlanishi, magistral elektr tarmoqlarini qurish zarurligini keltirib chiqardi. Qodir GES ini ishga tushirilishi bilan bir vaqtning o„zida Respublikada birinchi bo’lib, bu GES dan Toshkentga elektr uzatuvchi 35 kV kuchlanishli ikki tizimli liniya foydalanishga topshirildi. 1939-1940-yillarda 110 kV kuchlanishli havo liniyalari Quvasoy IES ni Andijon shahari bilan, Tavaqsoy GES ini Chirchiq shahari bilan bog’ladi. Vatan urushi yillarida Toshkent atrofini bog’lovchi 35 kV kuchlanishli halqasimon havo liniyasi qurib bitkazildi, shimoliy sanoat rayonini elektr bilan ta’minlash uchun katta quvvatli «Северная» podstansiya qurildi. 1943-yil Sirdaryo daryosida qurila boshlagan 125 ming kVt quvvatli Farhod GES i kimyo sanoatini rivojlantirish va sug’oriladigan yerlarni suv bilan ta’minlash imkonini berdi. O’zbekiston va qo’shni respublikalari yerlarini o’zlashtirishga imkon beruvchi suv to„g„onlari quriladi. Angren ko’mir havzasini o’zlashtirilishi, ikki issiqlik elektr stansiyasini 600 ming kVt quvvatli Angren IES ini va Olmaliq issiqlik elektr quvvati markazini(IEM) qurishga asos bo’ldi. 1972-yil Sirdaryo IES ida O`rta Osiyoda birinchi katta kritik parametrlari: bug’ bosimi 240 atm., harorati 54 C° da ishlovchi 300 MVt quvvatli energetika bloki ishga tushdi. Hozirgi paytda Sirdaryo IES ida 10 ta shunday quvvatli bloklari ishlamoqda. O„rnatilgan uskunalar quvvatlarini yig’indisi 12 mln.kVt dan ortiq bo`lgan, 38 ta issiqlik va gidroelektr stansiyalarini o„z ichiga olgan O`zbekiston energetika sistemasi asosini yirik elektr stansiyalar, shu jumladan Sirdaryo IES (3 mln.kVt), Toshkent (1,86 mln.kVt), Yangi-Angren (1,8 mln.kVt) va Navoiy IES i (1,25 mln.kVt) tashkil etadi. Ko’rsatilgan elektr stansiyalarda yagona quvvati 150 dan 800 ming kVt bo„lgan 30 dan ortiq zamonaviy energetika bloklari o’rnatilgan. Loyiha quvvati 3,2 mln.kVt va yagona energetika blokini quvvati 800 ming kVt li O`rta Osiyoda eng katta bo’lgan Tolimarjon issiqlik IES ini qurilishi davom etmoqda. Suv energetikasi O`zbekiston Respublikasini energetika vazirligi sistemasidagi bir necha suv elektr stansiya kaskadlar bilan belgilangan. Bulardan O’rta-Chirchiq GES lar kaskadi suv havzasiga ega va shu sababli 600 ming kVt quvvatli Chorvoq GES i va 165 ming kVt quvvatli Xodjikent GESi quvvatni rostlash tartibida ishlaydi. O„zbekiston energetika sistemasi O’rta Osiyo Birlashgan energetika sistemasini tarkibiy qismi bo`lib, bunga undan tashqari Turkmaniston, Tojikiston, Qirg„iziston va Janubiy Qozog’iston energetika sistemalari kiradi. Hozirga vaqtda O’rta Osiyo birlashgan energetika sistemasi (BES) amalda mustaqil mamlakatlar hamkorligidan ajralgan holda ishlamoqda. Faqat Agadir-Olmata orasida Shimoliy Qozog’iston BES bilan bog’laydigan va o`tkazuv quvvati katta bo’lmagan 500 kV kuchlanishli aloqa liniyasi bor. O’zbekiston Respublikasidagi hamma kuchlanishli elektr tarmoqlarini uzunligi 220 ming km.ni tashkil etib, bunda 500 kV kuchlanishligi 1,6 ming km, 220 kV li 4,6 ming km, 0,4-10 kV li 170 ming km.

    Download 1.66 Mb.
      1   2   3   4   5




    Download 1.66 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mundarija Kirish 6011. Umumiy qism

    Download 1.66 Mb.