• Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari.
  • Bilim
  • Kreativ pedagogik jarayon mazmuni va akt vositalari. Kreativ pedagogikaning maqsadi va vazifasi




    Download 25.34 Kb.
    bet1/6
    Sana25.03.2024
    Hajmi25.34 Kb.
    #176378
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    20 тема
    ta-lim-jarayonida-infografika-texnologiyasining-o-rni-va-uning-ishlab-chiqishning-dasturiy-vositalari, shablon yangi, 8-lab, toʻqima loyihalashning zamonaviy usullari fanidan 1 oraliq nazor

    Kreativ pedagogik jarayon mazmuni va AKT vositalari.
    Kreativ pedagogikaning maqsadi va vazifasi.
    20 – Ma’ruza
    Pedagogik jarayonning ta’limiy va tarbiyaviy funksiyasi. Kreativ pedagogikaning maqsadi va vazifasi.
    Reja

    1. Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari

    2. Pedagogikaning Psixologiya fani bilan aloqasi

    3. pedagogika fani o‘z oldidagi maqsad va vazifalari

    Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari. Bizga yaxshi ma’lumki, har bir fan o‘zining tayanch tushunchalari, qonuniyatlari, tamoyillari, qoidalari tizimiga ega. Aynan mana shu holat uning fan sifatida e’tirof etilishini kafolatlaydi. Fanning mohiyatini ochib beruvchi eng muhim, asosiy tushuncha kategoriya deb ataladi. Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari shaxs kamolotini ta’minlash, ta’lim va tarbiya samaradorligiga erishishga qaratilgan jarayonlarning umumiy mohiyatini yoritadi. Eng muhim kategoriyalar sirasiga quyidagilar kiradi: shaxs, tarbiya, ta’lim (o‘qitish, o‘qish), bilim, ko‘nikma, malaka, ma’lumot va rivojlanish.

    Shaxs – psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo‘lgan jamiyat a’zosi.

    Tarbiya – muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni.

    Ta’lim – o‘quvchilarni nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o‘stirish va dunyoqarashlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan jarayon.

    Bilim – shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma’lum obrazlar ko‘rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui.

    Ko‘nikma – shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati.


    Download 25.34 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 25.34 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kreativ pedagogik jarayon mazmuni va akt vositalari. Kreativ pedagogikaning maqsadi va vazifasi

    Download 25.34 Kb.