Glaballashuv va maʼnaviyat




Download 10.48 Kb.
Sana14.04.2024
Hajmi10.48 Kb.
#194929
Bog'liq
Jahon ilm-fanid-WPS Office
Axborot tizimlari faniga kirish. Axborot tizimlarining turlari v (2), Axborot tizimlari faniga kirish. Axborot tizimlarining turlari v (2), khjhv,v,b, linux server, a4 (1), 8, УМК электр машиналари ЭТ 2022 (3), ILKHOM), 91236 M majmuasi, Idrok haqida tushuncha va uning turlari, 7-sinf biologiya nazorat ishi-7 javobsiz

Glaballashuv va maʼnaviyat



1. Nechanchi asrdayevropa mamlakatlari ma’naviy ongida, hayotida chuqur o’zgarishlar bo’y ko’rsata boshladi?
Javob:XIX asr oxirgi choragida yevropa mamlakatlari ma’naviy ongida, hayotida chuqur o’zgarishlar bo’y ko’rsata boshladi
2.SHarq xotin-qizlar orasida qaysi prezidentlar, bosh vazirlar yetishib chiqdi?
Javob.SHarq xotin-qizlar orasida S. Bandranayke (SHri Lanka), I. Gandi (Hindiston), Bxutto (Pokiston) kabi prezidentlar, bosh vazirlar yetishib chiqdi.
3.G’arb ijtimoiy ongida, madaniyati va axloqida yuz bergan o’zgarishlarni anglash, tahlil qilish, sabablarini tushuntirish bu boradagi ilmiy tadqiqotlarni jonlantirdi. Qaysi oqimlari paydo bo’ldi va kimlarning nazariyasida?
Javob. G’arb ijtimoiy ongida, madaniyati va axloqida yuz bergan o’zgarishlarni anglash, tahlil qilish, sabablarini tushuntirish bu boradagi ilmiy tadqiqotlarni jonlantirdi. O. SHpengler, Karl Popper, Xose Ortega-i-Gasset, Kassirer, hayot falsafasi, ekzistensializm (Sartr, Kamyu, Xaydegger, Marsel, YAspers), personalizm, fenomenologiya (Gusserl) oqimlari paydo bo’ldi.
4.Fukuyama qarashlari qanday mafkura?
Javob. Fukuyama qarashlari utopik xarakterdagi, ammo yashirincha neokolonialistik g’arb kosmonolik g’oyalarini targ’ib etivchi mafkuradir.
5.Ayrim olimlar ma’naviyatga diniy-mistik nuqtai nazardan yondashadilar. Bu qanday yondashuv?
Javob.U inson mutlaqo tushuntirishdan ojiz, ilohiy inoyat, “qalb ko’zi” bilan ko’rilgan haqiqat, g’oyibdan insonga ko’rsatilgan hidoyat, yo’l, ishora, ko’ngilga solingan ijod va faoliyat, botiniy ilmlar, nozik va ilohiy his-tuyg’ular va h.k. deb tushuntiriladi.
6. 2014 yil 4-sonida chop etilgan “Qismating nadur odamzod yohud Rim klubi bashoratchilari”maqolasi kimga tegishli?
Javob.Muhiddin Rahim
7.Futurologiya, futurizm qachondan qo’llanila boshladi?
Javob.Futurologiya, futurizm XX asr boshlaridan ko’p qo’llanila boshladi
8.Kim, sinfiylikdan ustun turuvchi “kelajak falsafasi” sifatida fanga kiritdi?
Javob. 1943 yilda nemis sotsiologi O.Flextxaym, sinfiylikdan ustun turuvchi “kelajak falsafasi” sifatida fanga kiritdi.
9. Spiritualizm atamasi mazmunni tushuntirib bering.?
Javob. spiritualizm spiriti – “ruhiy”, “ma’naviy” mazmunni bildiradi
10. Biz qo’llaydigan ma’naviy madaniyat atamasini ayrim g’arb tillariga aynan qaysi mazmuniga qarab “spiritual madaniyat” deb o’girish mumkin?
Javob. biz qo’llaydigan ma’naviy madaniyat atamasini ayrim g’arb tillariga aynan lug’aviy mazmuniga qarab “spiritual madaniyat” deb o’girish mumkin.
11. A.Uskou (AQSH), XX asrning 60-70 yillarida ancha tarqalgan G.Adorno, G. Markuze kabi olimlarning “yangi so’llar” nazariyasi, qarashlari ham futurologik mazmunga ega.Bu qanday nazariya?
Javob. Ma’naviyat sohasida ular an’anaviy qadriyatlarni, axloqiy, estetik me’yorlarning ko’pchiligini inkor qiladi. Burjua ikkiyuzlamachi axloqining illatlari, deb baholaydi.
12. Ma'naviy madaniyat deganda, g‘arbda ko‘proq qanday faoliyat tushuniladi?
Javob. Ma'naviy madaniyat deganda, g‘arbda ko‘proq diniy madaniyat, cherkov faoliyati tushuniladi.
13.Ayrim olimlar ma'naviyatga diniy-mistik nuqtai nazardan yondashadilar. Bu qanday yondashuv?
Javob.U inson mutlaqo tushuntirishdan ojiz, ilohiy inoyat, “qalb ko‘zi” bilan ko‘rilgan haqiqat, g‘oyibdan insonga ko‘rsatilgan hidoyat, yo‘l, ishora, ko‘ngilga solingan ijod va faoliyat, botiniy ilmlar, nozik va ilohiy his-tuyg‘ular va h.k. deb tushuntiriladi.
14.An'anaviy diniy-mistik qarashlar zamon ta'sirida o‘zgarib, yangi ko‘rinishlar kasb etmoqda bu qanday qarashlar?
Javob. Bugun har xil ezoterik qarashlar, kosmos (koinot) yuborayotgan kodlashtirilgan belgilar, timsollar, ramzlar, salbiy va ijobiy energetika va shunga o‘xshash qarashlar ham jamiyatning ma'naviyat, ma'naviy hayot to‘g‘risidagi tasavvurlari va qarashlarida aks etmoqda.
15. Texnokratik jamiyat qanday jamiyat?
Javob.U jamiyat rivojlanishini asosan ilmiy-texnika taraqqiyoti bilan bog’laydi va ma’naviy omillar ahamiyatini pisand qilmaydi, ularni ikkinchi darajali deb hisoblaydi.
16. Konvergensiya nazariyasi qanday nazariya?
Javob. Kapitalizm va sotsializm ilmiy-texnika taraqqiyoti munosabati bir xil ishlab chiqarish texnologiyalari, maishiy turmush standartlari, iste’mol tovarlari, odamlarning bo’sh vaqtini tashkil qilish va h.k. omillar ta’sirida o’zaro o’xshash xususiyatlarga, belgilarga ega bo’lib boradi, degan nazariya.
17. Neokolonialistik g’arb kosmonolik g’oyalarini targ’ib etivchi mafkura qanday mafkura?
Javob. Fukuyama qarashlari utopik xarakterdagi mafkurasi.
18. Ma’naviy tahdid deganda nima tushuniladi?
Javob.Ma’naviy tahdid deganda, avvalo, tili, dini, e’tiqodidan qati nazar, — deb yozadi muallif, — har qaysi odamning tom ma’nodagi erkin inson bo’lib yashashiga qarshi qaratilgan, uning ruhiy dunyosini izdan chiqarish maqsadini ko’zda tutadigan mafkuraviy, g’oyaviy va informatsion xurujlarni nazarda tutiladi. Yuksak maʼnaviyat yengilmas kuch asaridan.
19.G’arbda ma’naviyat o’rnida zarur hollarda, qanday madaniyat tushunchalari ishlatiladi?
Javob. G’arbda ma’naviyat o’rnida zarur hollarda, axloqiy va intellektual madaniyat tushunchalari ishlatiladi.
20. Kimlar ma’naviyat atamasini qo’llamasalar-da, ma’naviy madaniyat inson ongi, ruhiyati, irodasi, tili,tafakkuri, madaniyatini san’atdagi tasvirlash, ifodalash, in’ikos jarayonlarini, ya’ni keng mazmundagi ma’naviyatni o’z qarashlari, olg’a surgn g’oyalari va konsepsiyalari nuqtai nazardan qisman yoki nisbatan to’laroq tadqiq etdilar.
Javob E. Gusserl, Xose Ortega –i –Gasset, M. Xaydegger, K. YAspers, S. Kerkegor, O.SHpengler, E. Kassirer, R. Karnap. E.Fromm, K. Levi Stros
21. Qaysi qarashlar XX asr II yarmida, ayniqsa 70 – 80 yillarda sezilarli o’zgardi?
Javob. An’anaviy axloqiy, siyosiy, huquqiy, diniy, ekologik qarashlar XX asr II yarmida, ayniqsa 70 – 80 yillarda sezilarli o’zgardi.
22. Qanday sabablar natijasida ommaviy madaniyat tez tarqaldi?
Javob. Ilmiy-texnika yutuqlari tufayli ommaviy madaniyat tez tarqaldi.
23. XXI asrda, olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar va amaliy ijtimoiy-siyosiy ishlarning kamchiliklari ham talaygina bularga nimalarni misol qilish mumkin?
Javob Oila va nikoh institutini bekor qilish (feministik harakat), birjinsli nikohlarni qonuniylashtirish, gender tengligini, inson huquqlarini, so’z, e’tiqod, axborot erkinligini formal va vulgar tushunish, tabiiy instinktni ma’naviy me’yorlardan ustun quyishni xolis ilmiy o’rganishni misol qilish mumkin?
24. Ratsionalizmga ishonch qachondan susaydi?
Javob. XIX asr oxirgi choragida
25. “Tarix intihosi” masalasi kimga tegishli?
Javob. Fukuyama
Manba asosiy
Erkayev Maʼnaviyatshunoslik darslik.
Internet manbalari Wikipedia Google
fayllar. org.
Download 10.48 Kb.




Download 10.48 Kb.