|
7-mavzu. Ko‘zi ojiz va nogironligi bor shaxslarning pedagogik faoliyati bilan bog‘liq huquqiy asoslar Reja
|
bet | 1/10 | Sana | 13.02.2024 | Hajmi | 82,8 Kb. | | #155849 |
Bog'liq 7-Ma\'ruza 7-mavzu. Ko‘zi ojiz va nogironligi bor shaxslarning pedagogik faoliyati bilan bog‘liq huquqiy asoslar Reja: 2- Nogironligi bo‘lgan shaxslarning ta’lim olishi, ushbu shaxslarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish; 3-Nogironligi bo‘lgan bolalarni har tomonlama va uyg‘un rivojlantirish. 1-Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va erkinliklari; - O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 15.10.2020 yildagi O‘RQ-641-son
- O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
- NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING HUQUQLARI TO‘G‘RISIDA
- Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 22-iyulda qabul qilingan Senat tomonidan 2020-yil 11-sentabrda ma’qullangan
- 1-bob. Umumiy qoidalar
- 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
- Ushbu Qonunning maqsadi nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini ta’minlash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
3-modda. Asosiy tushunchalar - 3-modda. Asosiy tushunchalar
- Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
- nogironlik belgisiga ko‘ra kamsitish — maqsadi yoki natijasi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, fuqaroviy sohada yoki boshqa sohada o‘zgalar bilan nogironligi bo‘lgan shaxslarning teng huquq va erkinliklarini e’tirof etishni yoki ro‘yobga chiqarishni inkor qilishdan iborat bo‘lgan, nogironlik sababli har qanday ajratib qo‘yish, istisno etish, chetlatish, cheklash;
- nogironligi bo‘lgan bolalar (bola) — barqaror jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari tufayli hayotiy faoliyati cheklanganligi munosabati bilan davlat va jamiyat tomonidan ijtimoiy yordam ko‘rsatilishiga hamda o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishiga muhtoj o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxslar;
- nogironligi bo‘lgan shaxs — ijtimoiy yordam va himoyaga, jamiyat va davlatning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy hayotida boshqalar bilan birga teng to‘liq va samarali ishtirok etish uchun shart-sharoitlar yaratilishiga muhtoj barqaror jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan shaxs;
- nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilish — hayot faoliyatiga doir cheklovlarni yengib o‘tish, ularning o‘rnini qoplash (kompensatsiya qilish) uchun nogironligi bo‘lgan shaxslarga shart-sharoitlarni ta’minlaydigan hamda ularga jamiyat va davlat hayotida ishtirok etishning boshqa fuqarolar bilan teng imkoniyatlarini yaratishga qaratilgan, davlat tomonidan kafolatlangan iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy chora-tadbirlar tizimi;
|
| |