Shaxsiy huquq va erkinliklar




Download 45,08 Kb.
bet1/2
Sana08.06.2024
Hajmi45,08 Kb.
#261552
  1   2
Bog'liq
YANGI TAHRIRDAGI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASIDA SHAXSIY HUQUQ VA ERKINLIKLAR


YANGI TAHRIRDAGI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASIDA SHAXSIY HUQUQ VA ERKINLIKLAR

REJA:
KIRISH



  1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida, fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklari

  2. Fikr, so‘z va e’tiqod erkinligi insonning fundamental huquqlari

  3. Jinoyat protsessining bosqichlari

XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


KIRISH
Erkinlik va shaxsiy daxlsizlik har bir shaxsning fundamental huquqlaridan hisoblanadi. Shunga ko‘ra, shaxs erkinligini cheklaydigan har bir harakat faqat qonun doirasida bo‘lishi lozim.Inson huquqlarini sud orqali himoya qilish bo‘yicha muhim institutlardan biri “Xabeas korpus akt” xalqaro darajada umume’tirof etilgan hujjat sifatida shaxs erkinligini ta’minlash yo‘lida o‘ziga xos yangi davrga asos solgan. Shaxs erkinligini ta’minlashni kuchaytirish maqsadida hibsga olish bilan bog‘liq jarayonlar sud qarori asosida amalga oshirilishi belgilangan.Shaxsni ushlab turish chog‘ida unga huquqlari va ushlab turish asoslarining tushuntirilishi – “Miranda qoidasi” – xalqaro huquqda umume’tirof etilgan norma bo‘lib, surishtiruv, tergov va sud jarayonlarida qonun buzilishiga yo‘l qo‘ymaslikni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Mazkur qoidaga ko‘ra, shaxsning huquqlari u yaxshi tushunadigan tilda tushuntirilishi va bu til aynan uning ona tili bo‘lishi shart bo‘lmay, shaxs odatda muloqot qiladigan va yaxshi tushunadigan til bo‘lishi talab etiladi. Shaxsiy sirlar – bu inson hayotidagi voqealar, faktlar, sharoitlar to‘g‘risidagi har qanday insonning o‘zi ochiqlashni xohlamayotgan va bu ma’lumotlarni boshqalarga ma’lum bo‘lmasligidir. Qachonki shaxs bu ma’lumotlarni o‘z xohishiga ko‘ra ochiqlasa, uning sir tutilish maqomi bekor bo‘ladi. Oilaviy sirlarning shaxsiy sirlardan farqi shundaki, u oilaning bir necha a’zolariga tegishli bo‘ladi. Bunda, sir oilaning barcha a’zolari tomonidan emas, balki bir-ikki a’zosi tomonidan ham maxfiy deb topilishi mumkin. Oilaviy sirlarda ma’lumotlar oilaning barcha a’zolariga yoxud ba’zi birlariga aloqador ham bo‘lishi mumkin.Shaxsga doir ma’lumotlar sifatida insonning bevosita o‘ziga taalluqli bo‘lgan elektron yoki qog‘ozda qayd etilgan ma’lumot tushuniladi. Masalan, shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan yili va joyi, kasbi, fuqaroligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ular sirasiga kiradi.Uy-joy daxlsizligi shaxsning uzviy huquqlaridan biri bo‘lib, unda tintuv o‘tkazish masalasi faqat sud tomonidan hal qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga ko’ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi. Inson huquq va erkinliklarini tan olish va himoya qilish davlatning bevosita majburiyatiga kiradi.



Download 45,08 Kb.
  1   2




Download 45,08 Kb.