*zbekiston respublikasi




Download 1.23 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/47
Sana25.11.2023
Hajmi1.23 Mb.
#105213
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
Bog'liq
g‘oziyev e. umumiy psixologiya. 1-kitob
ab 1, jurnal2023-2024, Тез is, 64073, Speaking Part2, Axborot xavfsizligini ta\'minlashning zamonaviy texnik vositalari, SHAMOL ENERGETIKASI, Amir Temur buyuk davlat arbobi, Absolyut qora jismning nurlanishdagi qonuniyatlar. Kirxgof qonuni. Stefan-Boltsman qonuni. Vinning siljish qonuni. Relay-Jins formulasi. Nurlanishning elementar kvant, Sun’iy intellekt tizimlarining rivojlanish tarixi. Asosiy tushun, ishsizlikni tabiiy darajasi, 2.06-геометрия-ФД-2018, ‘l texnikumi “Temir yo\'l transportida intellektual axborot tizml, oliy matematika mustaqil ish



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI 
O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI 
E.G’OZIYEV 
UMUMIY PSIXOLOGIYA 
Psixologiya mutaxassisligi uchun darslik 
I -kitob 



Toshkent - "Universitet" – 2002
Mazkur darslik umumiy psixologiya faniga bag’ishlangan bo’lib, 
psixologiyaga kirish, shaxs va uning individual-tipologik xususiyatlari to’g’risidagi 
materiallarni o’zida mujassamlashtirgan. Darslikning o’tmishdoshlaridan farqi 
shundaki, unda barcha psixologik kategoriyalar, muammolar yangicha 
metodologik yondashuv negiziga suyangan holda talqin qilinadi. Uning birinchi 
qismida psixologiyaning predmeti, tadqiqot metodlari, printsiplari, psixikaning 
evolyutsion taraqqiyoti, faoliyat va ongning psixologik tahlili umumlashtirilgan. 
Darslikning ikkinchi qismida shaxs to’g’risida tushuncha, uning tuzilmasi, 
nazariyalari, asosiy metodlari, shaxs eshtiyojlari, motivatsiyasi, qiziqishi, 
emotsiyasi (hissiyoti), xarakteri, irodasi, qobiliyati, temperamenti, bilish 
jarayonlari hamda ularning jahon psixologiyasi fanida o’rganilishi masalalari o’z 
ifodasini topgan. 
Darslik psixolog mutaxassislarni nazariy va amaliy ma'lumotlar bilan 
qurollantirish imkoniyatiga ega. Darslik psixolog mutaxassislarga, aspirantlarga va 
oliy maktab o’qituvchilariga mo’ljallangan. 
TAQRIZCHILAR: T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O’zbekiston pedagogika 
fanlari ilmiy tadqiqot instituti bo’lim boshlig’i, psixologiya fanlari nomzodi, 
dotsent M.Sh.Rasulova
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zMU ijtimoiy psixologiya kafedrasi dotsenti 
R.Yu.Toshimov 
MAS’UL MUHARRIR: Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zMU ijtimoiy 
psixologiya kafedrasi dotsenti M.M.Mamatov 
O’zMU o’quv metodik Kengashining 2002 yil Majlis qarori bilan nashrga 
tavsiya etilgan. "Universitet" nashriyoti, 2002. 



MUQADDIMA 
Yigirma birinchi asr fan va texnikaning yangi bir yuksalish pallasiga 
kirganligi bilan, shuningdek, qarama-qarshi tizimlar barham topganligi bilan o’ziga 
xos ahamiyat kasb etadi. XXI asr jahon sivilizatsiyaga oltin harflar bilan bitilgan 
son-sanoqsiz zar varaqlarga ega bo’lishi bilan birga ekologiya muammolarining 
yuzaga chiqarganligi tufayli boshqa asrlardan keskin ajralib turadi. Er kurrasida 
farovonlik, mo’l-ko’lchilik, tinch, osoyishta hayot bo’lishi uchun qit'alararo, 
millatlararo hamkorlik yo’lga qo’yilishi, ekologiyani musaffolashtirish uchun 
strategik qurollar va texnologiyani zararsizlantirish, ona zaminni va moviy 
osmonni avaylash lozim. Yer farzandi degan nuqtai nazar bilan jahondagi millat va 
elatlarni hamkorlikka undash orqali abadiylik qonuniyatini saqlab qolish mumkin, 
xolos. 
Ma'lumki, jamiyat va tabiat o’rtasidagi munosabatlarni tadqiqot etishga 
mo’jallangan fanlardan bittasi psixologiya hisoblanadi. Psixologik bilimlarni 
ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida tatbiq etish ko’lami kengayib borishi uning 
mas'uliyati va nufuzi ortayotganligidan dalolat beradi. Xuddi shu bois psixolog 
mutaxassislarga nisbatan ijtimoiy buyurtmaning ko’payishi ularni hozirgi zamon 
talabiga javob beradigan darajada tayyorlashni taqozo qilmoqda. Istiqlol harofati 
tufayli ilmiy yondashuvlarga, oldingi metodologik muammolarga xolisona 
munosabatda bo’lish imkoniyati vujudga keldi.
Mamlakatimiz 
prezidenti 
I.A.Karimov 
asarlarida, 
O’zbekiston 
Respublikasining "Ta'lim to’g’risidagi qonun" da, "Kadrlar tayyorlash milliy 
dasturi"da, "Milliy g’oya va milliy istiqlol mafkurasi" hujjatida mutaxassislar 
oldiga ulkan talablar va mas'ul vazifalar yuklamoqda. Ana shu vazifalarni 
amaliyotda o’z ifodasini toptirishda umumiy psixologiya fani muhim rol o’ynaydi. 
Mutaxassislar tayyorlash jarayonida umumiy psixologiya fani kasbiy bilimlar, 
ko’nikmalar va malakalarni shakllantirish borasida ustuvor o’rin egallaydi. 
Shuning uchun psixolog ixtisosligiga ushbu fan uch yil mobaynida o’qitiladi.
Mazkur qo’llanma umumiy psixologiya dasturiga asoslangan holda 
yaratilgan bo’lib, talabalar uchun zarur materiallar izchil ravishda, muayyan 
tartibda joylashtirilgandir. Umumiy psixologiya o’quv qo’llanmasi 2 jilddan iborat 
bo’lib, birinchi kitobda umumiy psixologiyaga kirish, shaxs va uning individual-
tipologik xususiyatlariga bag’ishlangan materiallar jamlangan. Ikkinchi kitobda 
bilish jarayonlari yuzasidan ma'lumotlar umumlashtiriladi. Nazariy va amaliy 
materiallar nisbati maqsadga muvofiq taqsimlangan bo’lib, nazariya bilan amaliyot 
birligi printsipiga to’la rioya qilingan.
Qo’llanma psixologiya mutaxassisligining bakalavriatura bosqichi uchun 
mo’jallangan. 



BIRINCHI BO’LIM 
PSIXOLOGIYAGA KIRISH 

Download 1.23 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




Download 1.23 Mb.
Pdf ko'rish