2. Psixologiyaning metodologiyasi va printsiplari
Jahon psixologiyasi fanida xulq-atvor,muomala va faoliyat muvaffaqiyatini
ta'minlovchi omillarning eng muhimi tariqasida insonning emotsional hayoti
yotishi aksariyat nazariyotchi psixologlar tomonidan ta'kidlab o’tiladi. Bu
talqinning haqqoniyligiga hech qanday e'tirozlar bo’lishi mumkin emas. Chunki,
mazkur omil eksperimental psixologiyaning mustaqil soha sifatida vujudga
kelishidan e'tiboran ustuvor, dalil taqozo qilmaydigan atribut singari tadqiqot
predmeti mohiyatiga singib ketgan. Shuni alohida ta'kidlab o’tish lozimki, inson
muomalasining, xulq-atvorining kechishi, faoliyatining muvaffaqiyatli, sermahsul
yakunlanishi ko’p jishatdan shaxsning emosional holatlariga "emosional ton,
kayfiyat,stress,affekt va hokazo", izoshlanishi murakkab bo’lgan ruhiy
kechinmalarga,yuksak his-tuyg’ularga bog’liq. O’yin, mehnat, o’qish, muomala va
boshqa faoliyat turlarining muvaffaqiyatli kechishi, shaxslararo munosabatlarda
xulq-atvorning namoyon bo’lishi ijobiy psixologik holat sifatida basholansa,
emosiya va shissiyotning barqaror, maqsadga yo’nalgan tarzda hukm surishi
ehtimoli e'tirof etiladi.
His-tuyg’ularning mustahkamligi, barqarorligi, mukammalligi sifatlarning
mavjudligi ularning dinamik stereotiplar tipiga aylanganligidan dalolat beradi,
faoliyat va xulqning shaxs tomonidan ongli ravishda boshqarish uslubi
shakllanganligini bildiradi. Tabiatning tarkibiy qismlari va jamiyatning a'zolari
bilan turli shakldagi, har shil xususiyatli munosabatga kirishishi, ular bilan
muomala qilish maromlarini davriy "muvaqqat tarzda" o’zgarishni vujudga
keltiradi. Ana shu o’zgarish tufayli muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizlik, omad va
omadsizlik, optimizm va pessimizm, romantika va realiya, simpatiya va antipatiya,
progress va regress, jo’shqinlik va tushkinlik, faollik va sustlik kabi birinchisi
ijobiy (pozitiv), ikkinchisi esa salbiy (negativ) ruhiy hodisa kelib chiqadi. Faoliyat
va xulqning amaliyotida bir tekis kechishini ta'minlovchi emotsional holat
32
barqarorligining buzilishi unga qiyos qilingan muvaffaqiyatning birlamchi omili
to’g’risidagi ilmiy ma'lumotlarning shubha ostida qoldiradi.
Binobarin, jamiki narsaning boshlang’ich asosi, manbai emotsiya degan
g’oyani, uning qiymatini umumiy fonda birmuncha qadrsizlantiradi, lekin ikkinchi,
ustuvor va yetakchi, umumiy va xususiy ob'ektiv va sub'ektiv, muhim va nomuhim
mezonlar, alomatlar, o’lchamlar yordami bilan basholanishi ushbu psixologik
masala moshiyatini oqilona talqin qilish zaruriyatini vujudga keltiradi. Xolbuki
shunday
ekan,
ularning
mohiyatini,
keltirib
chiqaruvchi
sabablarni,
harakatlantiruvchi kuchlarini muayyan dalillarga asoslanib tashlil qilish muammosi
maydonga keladi.
Inson faoliyati va xulqining muayyan qonuniyatlarga asoslangan holda
amalga oshishi ham ob'ektiv,ham sub'ektiv shart- sharoitlarga bog’liq. Tabiiy
omillarni keltirib chiqaruvchi ob'ektiv (tashqi) shart-sharoitlarga bog’liq. Tabiiy
omillarni keltirib chiqaruchi ob'ektiv (tashqi) shart-sharoitlar, ya'ni mikro va makro
muhit,moddiy borliq, yordamchi vositalarning mavjudligi,ularning yuksak
talablarga javob bera olish imkoniyati, tashqi qo’zg’atuvchilarning bezararligi,vaqt
va fazoviy o’lchovlarning muvofiqligi, mutanosibligi kabilardan tarkib topadi.
Xulq va faoliyatning namoyon bo’lishi uchun tabiiy shart -sharoitlar tizimi yaxlit
holda ishtirok etishi, ularning muvaffaqiyatini ta'minlovchi omillar majmuasi
tariqasida xizmat qilishi mumkin. Tabiiy shart-sharoitlardagi to’kislikdan tashqari
ayrim yetishmovchiliklar va uzilishlarning sodir bo’lishi nuqsonlarni keltirib
chiqaradi, buning oqibatida ruhiy kechinmalar faolligi, ildamligi, maqsadga
yo’nalganligi buziladi.Tabiiy shart-sharoitlar muhit ta'sirida inson ruhiy olamida
bir qator keskin ham sifat, ham miqdor o’zgarishlari vujudga keladi, ular
yangilanishlar, yangi fazilatlar, xislatlar tug’ilishida namoyon bo’ladi. Shuni
ta'kidlab o’tish joizki, tabiiy mushitning tarkibiy qismi bo’lmish geografik mushit
bu borada muhim rol o’ynaydi, ko’pincha u, birinchidan, biologik hartlangan shaxs
sifatlariga ta'sir etib, fenotiplarni genotiplarga aylantiradi (shududiy mushit, relef,
stixiya kutilishi: zilzila, qor ko’chkisi, dovul, suv toshqini, oyoq yetmas qirli
tog’lar
va
hokazo).
Ikkinchidan,ontogenezda
shaxs
xarakterologik
xususiyatlarining tabiiy ravishda shakllanishga ta'sir o’tkazadi, shuning bilan birga
mikro mushit bilan genlar, irsiy belgilar, alomatlar o’rtasida uyg’unlikni ta'minlab
turuvchi mexanizm vazifasini bajaradi.
Ob'ektiv (tabiiy) hart-haroitlardan tashqari, inson omili bilan uzviy
bog’liqligi sub'ektiv (shaxsga oid, uning qiyofasiga bog’liq) hart-haroitlar
muomalaning, faoliyatning, xulqning ijtimoiy turmushda samarali amalga
oshishini uzluksiz ravishda ta'minlab turadi. Sub'ektiv hart-haroitlarning qatoriga
shaxsning barqarorligi, xarakterning mustashkamligi, eshtiyoj, motiv, maslak,
saloshiyatining puxtaligi, o’zini o’zi boshqarish uslubining qat'iy ravishda
shakllanganligi, biologik hartlangan xislatlar esa o’zaro uyg’unlashganligi kabilar
kiradi.
Odatda ob'ektiv (tabiiy) va sub'ektiv (shaxsga oid) hart-haroitlardagi
o’zgarishlar tufayli ijobiy (pozitiv) yoki salbiy (negativ) xususiyatli psixologik
holatlar, hodisalar, xislatlar, kechinmalar ustuvorligi yuzaga kelib, moddiy asos
33
funksiyasini bajaruvchi oliy nerv faoliyatini, markaziy nerv sistemasining
ritmikasini, ishchanlik qobiliyatini pasaytiradi. Buning oqibatida faoliyat, xulq va
muomala amalga oshirishda odatiy sa'i-harakatlar, operasiyalar, maromlar buzila
boshlaydi, favqulodda asabiylik, ruhiy nuqsoniylik, qonuniyatdan chetga og’ishlik,
noxush kechinmalar shokimligi yetakchilik qiladi. Xuddi shu sababdan, faoliyat,
xulq va muomalaning muvaffaqiyati shubsha ostida qolishi mumkin, chunki
mashsuldorlik, sobitqadamlilik, maqsadga yo’nalganlik sifatlarining dominantligi
yo’qoladi, natijada ushalmagan ezgu niyatlar armon tariqasida yuksak shis-
tuyg’ular sifatida davriy shukm surishda davom etaveradi.
Insoning tabiatga va jamiyatga nisbatan munosabati tasodiflarsiz,
favquloddagi vaziyatlarsiz amalga oshishi mumkin emas, chunki eshtimollar
darajasidagi kutilmaning yo’qligi rejasiz vaziyatlarni shaxsining idrok maydonida
keltirib chiqaradi. Shayot va faoliyat strategiyasi va taktikasining ekstremal tarzida
o’zgarishi individual va ijtimoiy xususiyatli vaziyatlarning paydo bo’lishga olib
keladi. Vaziyatlar stixiyali, xaotik (betartib, tasodif) xatti-harakatlarni vujudga
keltirib, tekis, odatiy, davriy, barqaror xususiyatlar ritmikasini izdan chiqaradi,
natijada insonning motivasion, emosional,kognitiv, regulyativ, xulqiy, irodaviy
tuzilish tarkiblarining funksiyasi buziladi. Shaxs tuzilishga favquloddagi
vaziyatlarning ichki larzasi faoliyat, xulq va muomalaning onglilik holatidan
ongsizlikka o’tishini taqozo etadi, binobarin, muvaffaqiyatsizlik realiyaga
aylanadi.
Xo’sh, nima uchun shaxs tasodiflarning oldini olishga tayyor emas yoki
ko’pincha u bu borada kuchsizlik, ojizlik qiladi?
Ushbu muammo yechimini juda sodda tarzda shal qilish ham mumkin:
1)
shaxs ongli zot, yaratuvchilik qudratiga ega bo’lishidan qat'i nazar-u
tabiatning tarkibiy qismi, instinktlar, hartsiz reflekslar ta'siriga beriluvchandir: 2)
shaxsning tana a'zolari (organizmi) favquloddagi xodisalar va vaziyatlarga
moslashgan emas (stixiya, shalokat, tasodif, stress, affekt, xavf-xatar-risk); 3)
shaxs komillik darajasiga erishmaganligi tufayli sababiy bog’lanish oqibatlarini,
fobiya (qo’rqish) bilan bog’liq shis-tuyg’ularni oldindan sezish, payqash, ularga
nisbatan aks ta'sir berish imkoni yo’q: 4) shaxsda ikkinchi qiyofaning
shakllanmaganligi (test, trening, trenirovka bilan qurollanmaganligi) uning xavf-
xatar
qurboniga
aylantirishi
shubshasiz.
Jaxon
psixologiyasi
fanining
ma'lumotlariga qaraganda, muvaffaqiyatsizlikdan shech kim shimoyalangan
emas,.chunki ijtimoiy immunitet juda kuchsiz aksil ta'sir ko’rsatish imkoniyatiga
ega. Ma'lumki, jismoniy, axloqiy va aqliy barkamollik tub ma'nodagi komil inson
to’g’risida mulohaza yuritishga imkon beradi va tarkiblarning to’la munosibligi,
uyg’unlashganligi, o’zaro taqozo etivchanligi asosiy mezon vazifasini bajaradi,
komillik darajasi sub'ektning ma'naviy dunyosiga aylanmas ekan, u taqdirda shech
kim tasodiflar, favquloddagi vaziyatlar shaxs tomonidan odatiy hodisa sifatida
osoyishta qabul qilinmaydi.
Muvaffaqiyat garovi (kafolati) funksiyasini bajaruvchi omillarning genezisi
to’g’risidagi fikr yuritilganda, eng avvalo, ularning birlamchiligi,asosiy manba
ekanligini nazarda tutish nazariy hamda metodologik muammolar yechimini
34
oqilona topishga puxta negiz shozirlaydi, boshlang’ich harakat nuqtasini belgilab
berishga xizmat qiladi. Nazariy mulohazalarga binoan, faoliyat,xulq va
muomalaning bir tekis, samarali kechishi genetik nuqtai nazardan quyidagilarga
bog’liq:
1.
Ob'ektiv (tabiiy) va sub'ektiv (shaxsga oid) hart-haroitlar mavjudligiga.
2.
Ob'ektiv va sub'ektiv hart-haroitlar shukm surishini o’zgartiruvchi tasodifiy
va favquloddagi vaziyatlar ta'sirchanligiga, ustuvorligiga.
3.
Emosiya va shissiyotning ijobiy (pozitiv), salbiy (negativ) xususiyat kasb
etishiga.
4.
Insonning shaxslilik va xarakterologik xususiyatlarining barqarorligiga.
5.
Shaxsning komillik darajasiga erishganligiga va hokazo.
Shaxsning shayot va faoliyatida muvaffaqiyatga erishish, maqsadiga muvofiq sa'i-
harakatlarni unga yo’naltirish uchun quyidagilarga e'tibor qilish zaruratning
zaruratidir:
1)
ob'ektiv va sub'ektiv hart-haroitlar o’zgarsa, ularga tuzatishlar (korreksiya)
kiritishga tayyorgarlikka;
2)
favquloddagi vaziyatlarga ko’nikish uchun shaxsga trening yordami bilan
ta'sir o’tkazishga, unda ikkinchi qiyofani shakllantirishga;
3)
organizmning har qanday stixiyalarga chidamligini orttirishga;
4)
komillikka intilish shis-tuyg’ularni takomillashtirishga;
5)
shaxs imkoniyatlarni ro’yobga chiqishga ko’maklashishga o’zini o’zi kashf
qilish, o’ziga o’zi buyruq berish, o’zini o’zi takomillashtirish, o’zini o’zi
basholash, o’zini o’zi nazorat qilish, o’zini o’zi boshqarish,o’ziga o’zi taskin
berish, o’zini o’zi qo’lga olish va hokazo.
Inson shayotini va faoliyatini o’zgartiruvchi asosiy omillar mavjud bo’lib,
ular muayyan darajada shaxsning ta'siriga beriluvchandirlar.
Umumiy psixologiyaning asosiy prinsiplari, determinizm, ong va faoliyat
birligi, psixikaning faoliyatida rivojlanishi bo’lib shisoblanadi.
1. Determinizm (lat.determinata) belgilayman ma'nosini bildiradi) prinsipi
tabiat va jamiyat hodisalari, shu jumladan, psixik hodisalarning ob'ektiv sabablar
bilan belgilanishi shaqidagi ta'limotdir. Shu boisdan psixika, ongning ob'ektiv
borliq va nerv sistemasi bilan belgilanishi ilmiy psixologiyaning buyuk yutug’i
shisoblanadi. Shuning uchun determinizm psixikaning turmush tarzi bilan
belgilanishini va turmush tarzi o’zgarishiga mutanosib ravishda u ham o’zgarishini
anglatadi. Shuni aloshida ta'kidlash joizki, shayvonlar psixikasining rivojlanishini
biologik qonun tarzidagi tabiiy tanlash mezoni bilan o’lchanadi. Shayvonlardan
farqli o’laroq insonda ong shakllanishining paydo bo’lishi muayyan bosqichlar
orqali rivojlanishi moddiy ishlab chiqarilish vositalarini yaratish hamda
takomillashtirish, mashsulotlarni qayta ishlash qonunlari bilan belgilanadi.
Inson ongining ijtimoiy tarixiy taraqqiyot xususiyatiga ega ekanligini
anglashi (tushunish) shaxs ongining ijtimoiy borliqqa (makro, mikro, mize
mushitiga) bog’liqligi xaqidagi ham tabiatshunoslik, ham insonshunoslik umumiy
prinsipga asoslangan buyuk xulosa kishilik jamiyatining olamshumul tantanasidir.
35
2. Ong bilan faoliyat birligi prinsipini psixologiya fanida qabul qilinishi
shunday ma'noni anglatadi: a)ong bilan faoliyat bir-biriga qarama-qarshi voqelik
emas; b) ong bilan faoliyat aynan biror -biriga o’xshashi ham emas; v) ong bilan
faoliyatning birligi ularning shukm surishi mexanizmidir;(kursiv E.g’.).Faoliyat
o’zining tuzilishi bo’yicha ichki va tashqi tarkiblariga ega bo’lsa -da, voqelik
tashqi ifodasi bilan ajralib turadi.Ong bo’lsa faoliyatning ichki rejasini, uning
dasturiy jabshasini aks ettiradi. Real vaqtlarning o’zgaruvchan(rivojlanishini
anglatuvchi) modeli ongda yuzaga keladi, odam atrof mushit bilan munosabatga
kirishganda undan mo’ljal oladi, natijada nuqsonlarga yo’l qo’ymaydi. Faoliyat
ong yordamida amalga oshadi va o’z navbatida ong mazkur jarayonda
takomillashadi (muammo va uning yechimi variasiyalar, invariantlar turtki
vazifasini o’ynaydi).
Ilmiy tadqiqot nuqtai nazaridan ong bilan faoliyat birligi prinsipi,
birinchidan, xulq-atvor, faoliyatni maqsadga muvofiq amalga oshirishga kafolat
beradi; ikkinchidan, harakat, sa'i-harakatlarni muvaffaqiyatlarga erishishning
ta'minlovchi ichki psixologik mexanizmni aniqlashga imkon beradi; ularning
birligi psixikaning ob'ektiv qonuniyatlarini ochishga muhim imkoniyati, puxta
hart-haroit yaratadi.
Agarda psixika faoliyat samarasi va mashsuli sifatida talqin qilinsa, u
taqdirda psixika va ongning faoliyatda rivojlanish prinsipi to’g’ri tushunilgan
bo’ladi.Mazkur prinsip rus psixologlari L.S.Vigotskiy, P.P.Blonskiy, S.L.
Rubinshteyn,A.N.Leontev, B.M. Teplov, B.G.Ananev va boshqalarning ilmiy
tadqiqotlarida o’z ifodasini topgan.
3. Psixikaning taraqqiyotini dialektika nuqtai nazaridan tushunish psixik
taraqqiyot insonning mehnat faoliyatiga, ta'limga, o’yin faoliyatiga bog’liq
ekanligini aniqlashdan dalolat beradi. Ijtimoiy tajribani o’zgartirish jarayonining
yuz berishi shaxs uchun psixik taraqqiyotning shakli sifatida xizmat qiladi va
dasturiy bilimlarni egallashga mustashkam zamin shozirlaydi. Har qaysi faoliyat
turi inson psixikasini rivojlantirish manbai va mexanizmi rolini bajaradi.
Psixologlarning ushbu prinsipga taalluqli fikrlaridan namunalar keltiramiz: 1)
L.S.Vigotskiy; ta'lim psixikaning rivojlanishini yo’naltiradi, shu bilan birga bu
jarayonda ongli faoliyatning yangi, mutlaqo boshqacha shakllari yaratiladi;
2)P.P.Blonskiy: tafakkur kichik maktab yoshida o’yinlar bilan, o’spirinlik yoshida
o’qish bilan bog’liq tarzda rivojlanadi; 3) S.L.Rubinshteyn; ong faoliyatda paydo
bo’lib, ana shu faoliyatda shakllanadi; 4)B.M.Teplov: qobiliyat faqat rivojlanishda
mavjud bo’ladi; lekin rivojlanishi faoliyat jarayonidan boshqacha mushitda yuz
bermagandek, qobiliyat tegishli yaqqol faoliyatdan ajralmagan holda paydo bo’la
olmaydi.
Ma'lumki, psixika yuksak darajada tashkil topgan materiyaning xususiyati va
miyaning mashsulidir. Psixika borliqning sezgi organlari orqali insonning miyasiga
bevosita ta'sir etishi asosida vujudga kelib, bilish jarayonlarida, shaxsning
xususiyati va holatlarida, diqqati, shis tuyg’ulari, xarakter xislatlarida, qiziqishi
hamda eshtiyojlarida o’z ifodasini topadi.
36
Psixikaning negizida miyaning reflektor faoliyati yotadi. tashqi dunyodan
kirib keladigan qo’zg’atuvchilarga ichki yoki tashqi biologik organlar javob
reaksiyasini bildiradi. Bosh miya katta yarim harlarida vujudga keladigan
muvaqqat nerv bog’lanishlari psixik hodisalarning fiziologik asoslari shisoblanadi
va ular tashqi ta'sirning natijasida shosil bo’ladi.
Psixofiziologik qonuniyatlarga binoan miyaning funksiyasi muvaqqat nerv
bog’lanishlarining
birlashish
mexanizmi
hamda
analizatorlar
faoliyati
mexanizmlari ta'sirida shosil bo’ladi.
Psixikani tadqiq etish insonning butun ongli faoliyatini-uning ham nazariy,
ham amaliy shayot faoliyatini o’rganishdir "Odamning ongliligi uning turli-tuman
faoliyatida, xatti-harakatlarida namoyon bo’ladi. Inson shaxsi har xil shakl va
mazmunga ega bo’lgan nazariy hamda amaliy faoliyatlarda tarkib topadi. Bunda
mushit, irsiy belgilar, ijtimoiy ta'sir asosiy omillar shisoblanadi.
Inson o’zi yashab turgan davrni, moddiy turmushni aks ettiradi, ijtimoiy-
siyosiy mushit ta'siri ostida bilimlarni o’zlashtira boradi, ijtimoiylashadi.
Ijtimoiy mushitda uning shis-tuyg’ulari, xarakteri, qobiliyati, iqtidori,
tafakkuri, eshtiyojlari, e'tiqodi, uni faollikka da'vat qiluvchi harakat motivlari,
istaklari, tilaklari, xoshishlari asta-sekin o’zgarib boradi.
Insonning bilish faoliyati rivojlanishi unga o’zini qurshab turgan borliqni
yanada chuqurroq, to’laroq, aniqroq aks ettirish imkoniyatini yaratadi va u
borliqning asl moshiyatini, turli yo’sindagi o’zaro bog’lanishlari, murakkab
munosabatlari va aloqalarni tobora aniqroq yoritadi. Shu bilan birga mazkur
jarayonlarda shakllanib kelayotgan insonning borliqqa, voqelikka, jismlarga,
kishilarga va o’ziga munosabati vujudga keladi.
Inson ongining rivojlanishi uning tashqi olamni faol aks ettirishda namoyon
bo’ladi. Insonning moddiy turmushi, u shayot kechirayotgan tuzumning moddiy
asosiga emas, balki uni qurshab olgan odamlarning turmush tarzlari, umuminsoniy
qiyofalari, dunyoqarashi, maslagi, ijtimoiy voqelikka munosabatlari, intilishlari,
ijod mashsullari va xatti-harakatlarining majmuasidir.
Insonning borliqni aks ettirishi faol jarayondir. Insonning rivojlanishi
ob'ektiv borliqqa va o’ziga faol ta'sir ko’rsatishida sodir bo’ladi.
O’yinni kuzatishi, mehnati, o’qishi, adabiy asarni mutolaa qilishi,
qiziqishining barqarorlashuvi va boshqalar shaxsning psixik rivojlanishini
ifodalaydi.
Rivojlanish inson shaxsining tarkib topishi jarayonidir. Rivojlanish o’zaro
bog’liq qator bosqichlarda amalga oshadi. Shaxs aql-zakovatining ko’rsatkichi,
sifati, xususiyati uning atrofdagi odamlar bilan kundalik munosabatlari va amaliy
faoliyatida vujudga keladi, o’zaro ta'sir natijasida unda aqlning ijodiy
mashsuldorligi, teranligi, tezligi, mustaqilligi, tanqidiyligi, chuqurligi orta boradi.
|