• 3. Operatsion faoliyat tahlili va uning muhim jihatlari. Operatsion faoliyat tahlilining mazmuni va muhim vazifalari
  • 1. Operatsion faoliyat tahlilining mazmuni va muhim vazifalari




    Download 110,5 Kb.
    bet1/4
    Sana02.12.2023
    Hajmi110,5 Kb.
    #109567
      1   2   3   4
    Bog'liq
    Husan Safarniyazov


    Korxonaning operatsion faoliyatini tahlili
    va uning muhim jihatlari
    Reja:


    1. Operatsion faoliyat tahlilining mazmuni va muhim vazifalari.
    2. Korxona faoliyatining turlari: operatsion, investitsion va moliyaviy faoliyat.
    3. Operatsion faoliyat tahlili va uning muhim jihatlari.
    Operatsion faoliyat tahlilining mazmuni va muhim vazifalari

    Operatsion faoliyat – xo`jalik yurituvchi subyektning asosiy daromad olib keluvchi faoliyat turidir.


    Operatsion faoliyat tahlilida xo`jalik yurituvchi subyekt asosiy faoliyatining muhim obyektlari: mehnat vositalari, predmetlari va mehnat resurlarining ta`minoti, ishlab chiqarish, sotish va natijaga ega bo`lishdagi kompleks tizim o`rganiladi.
    Mehnat vositalari va ulardan samarali foydalanishni tahlili.
    Asosiy faoliyatda foydalaniladigan mehnat vositalariga asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar kiritiladi. Ularning odatda aktiv va passiv turlari tarkiblanadi.
    Aktiv asosiy vositalar bu ishlab chiqarish jarayonida bevosita qatnashuvchi mehnat vositalaridir.
    Passiv asosiy vositalar ishlab chiqarish jarayoniga muhim sharoit ta`minlab beruvchi mehnat vositalaridir.
    Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni tahlil etishda ularning tarkibi, harakati, holati, samaradorligi, rentabelligi va dinamik o`zgarishlariga muhim ahamiyat qaratiladi.
    Asosiy vositalar tarkibiga quyidagi mezonlarga bir vaqtning o`zida javob beradigan moddiy aktivlar kiritiladi:
    a) bir yildan ortiq xizmat qilish muddati;
    b) bir birlik (to`plam) uchun qiymati O`zbekiston Respublikasida (xarid paytida) belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdorining ellik baravaridan ortiq bo`lgan buyumlar.
    Korxona rahbari‚ shuningdek, hisobot yilida aktivlarni buxgalteriya hisobida asosiy vositalar sifatida hisobga olish uchun ular qiymatining eng kam chegarasini belgilashga haqlidir.

    jadval
    Asosiy vositalarning tasnifiy jihatlari



    Ko`rsatkichlar

    Tasnifiy jihatlari

    Asosiy vositalar

    korxona tomonidan uzoq muddat davomida xo`jalik faoliyatini yuritishda mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko`rsatish jarayonida yoxud ma`muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirish maqsadida foydalanish uchun tutib turiladigan moddiy aktivlar

    Amortizatsiya

    foydali xizmat muddati mobaynida aktivning amortizatsiyalanadigan qiymatini asosiy vositalarning vazifasidan kelib chiqqan holda mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga yoki davr xarajatlariga muntazam taqsimlash va o`tkazish ko`rinishida eskirishning qiymat ifodasi

    Foydali xizmat muddati

    korxona aktivdan foydalanadigan vaqt davri yoki korxona ushbu aktivdan foydalanishdan olishni mo`ljallayotgan mahsulot (ishlar va xizmatlar) miqdori. Qurib bitkazish, asbob-uskunalar bilan to`liq jihozlash, qayta qurish, zamonaviylashtirish va texnik qayta qurollantirish bo`yicha ishlar tugatilganidan so`ng foydalanishga kiritilgan asosiy vositalar uchun foydali xizmat muddati bo`lib ushbu ishlar tugatilganidan so`ng mazkur asosiy vositalar foydalanishga kiritilgan paytdan boshlab korxona tomonidan asosiy vositalardan foydalaniladigan vaqt davri yoki korxona ushbu asosiy vositalarni qo`llashdan kutayotgan mahsulot (ishlar, xizmatlar) miqdori hisoblanadi

    Boshlang`ich qiymat

    to`langan va qoplanmaydigan soliqlarni (yig`imlarni), shuningdek‚ aktivni undan maqsadga muvofiq foydalanish uchun ishchi holatiga keltirish bilan bevosita bog`liq bo`lgan yetkazib berish va montaj qilish, o`rnatish, ishga tushirish va istalgan boshqa xarajatlarni hisobga olgan holda, asosiy vositalarni tiklash (qurish va qurib bitkazish) yoki xarid qilish bo`yicha qilingan xarajatlarning qiymati

    Joriy qiymat

    ma`lum sanadagi amal qilayotgan bozor narxlari bo`yicha asosiy vositalarning qiymati yoki xabardor qilingan, bitimni amalga oshirishni xohlovchi, mustaqil taraflar o`rtasida bitimni amalga oshirishda aktivni sotib olish yoki majburiyatlarni bajarish uchun yetarli bo`lgan summa

    Qoldiq (balans) qiymat

    jamlangan amortizatsiya summasini chegirgan holda asosiy vositalarning boshlang`ich (tiklash) qiymati

    Tugatish qiymati

    asosiy vositalarning chiqib ketishi bo`yicha kutilayotgan xarajatlarni chegirgan holda kutilayotgan foydali xizmat muddati oxirida asosiy vositalarni tugatish chog`ida olinadigan aktivlarning faraz qilinayotgan summasi

    Aktivlarni buxgalteriya hisobiga nomoddiy aktivlar sifatida qabul qilishda bir vaqtning o`zida quyidagi shartlar bajarilishi kerak:


    a) moddiy-ashyoviy tuzilishga ega bo`lmasligi;
    b) aktivlardan mahsulot ishlab chiqarishda (ishlar bajarish yoki xizmatlar ko`rsatishda) yoxud korxonaning ma`muriy va boshqa funksiyalari uchun uzoq muddat, ya`ni davomiyligi 12 oydan yuqori foydali xizmat muddati yoki agar u ushbu muddatdan oshadigan bo`lsa, oddiy operatsion sikl mobaynida foydalanish;
    v) korxona ushbu aktivni keyinchalik qayta sotishni mo`ljallamaydi;
    g) ishonchlilik, ya`ni korxonada aktiv va unga bo`lgan mutlaq huquqning mavjudligini tasdiqlovchi tegishli ravishda rasmiylashtirilgan hujjatlar (patentlar, guvohnomalar, boshqa muhofaza qiluvchi hujjatlar, patent, tovar belgisidan voz kechish (sotib olish) shartnomasi)ning mavjudligi.
    d) korxona tomonidan boshqa aktivlardan identifikatsiyalash (bo`lish, ajratish) imkoniyati, ya`ni aktivni undan foydalaniladigan xo`jalik faoliyatidan alohida foydalanishning mumkin bo`lishi.
    jadval
    Nomoddiy aktivlarning tasnifiy jihatlari

    Ko`rsatkichlar

    Tasnifiy jihatlari

    Nomoddiy aktivlar

    korxona tomonidan ulardan ishlab chiqarish, ishlar bajarish, xizmatlar ko`rsatish yoki tovarlarni sotish jarayonida foydalanish maqsadida yoxud ma`muriy va boshqa funksiyalarni amalga oshirish uchun uzoq muddat mobaynida tutib turiladigan, moddiy-ashyoviy mazmunga ega bo`lmagan mol-mulk obyektlari

    Amortizatsiya

    foydali xizmat muddati mobaynida nomoddiy aktivning amortizatsiyalanadigan qiymatini uning vazifasidan kelib chiqqan holda mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga yoki davr xarajatlariga muntazam taqsimlash va kiritish

    Amortizatsiyalanadigan qiymat

    taxmin qilinayotgan (baholangan) tugatish qiymatini chegirgan holda aktivning boshlang`ich (tiklash) qiymati summasi

    Foydali xizmat muddati

    korxona tomonidan aktivdan foydalanish ko`zda tutilgan davr yoki korxona ushbu aktivdan foydalanishdan olishni mo`ljallayotgan mahsulot (ishlar va xizmatlar) miqdori

    Boshlang`ich qiymati

    nomoddiy aktivlarni yaratish (ishlab chiqish) yoki sotib olish bo`yicha haqiqatda amalga oshirilgan xarajatlar qiymati (pul mablag`lari yoki ularning ekvivalentlarining summasi yoxud boshqa to`lovlarning joriy qiymati), shu jumladan to`langan va qoplanmaydigan soliqlar (yig`imlar), shuningdek‚ aktivni undan maqsadga ko`ra foydalanish uchun ishga yaroqli holatga keltirish bilan bevosita bog`liq bo`lgan boshqa xarajatlar qiymati

    Tugatish qiymati

    nomoddiy aktivning chiqib ketishi bo`yicha kutilayotgan xarajatlarni chegirgan holda uning foydali xizmat muddati oxirida aktivni tugatish chog`ida olinishi kutilayotgan, aktivning taxmin qilinayotgan (baholangan) summasi

    Joriy qiymati

    ma`lum sanadagi amal qilayotgan bozor narxlari bo`yicha nomoddiy aktivlarning qiymati yoki xabardor qilingan, bitimni amalga oshirishni xohlovchi, bir-biridan mustaqil taraflar o`rtasida bitimni amalga oshirishda aktivni sotib olish yoki majburiyatlarni bajarish uchun yetarli bo`lgan summa

    Qoldiq (balans) qiymat

    nomoddiy aktiv moliyaviy hisobot (buxgalteriya balansi)da aks ettiriladigan, boshlang`ich (tiklash) qiymati va jamlangan amortizatsiya summasi o`rtasidagi farq sifatida aniqlanadigan miqdor

    Faol bozor

    oldi-sotdi obyektlari bir turda (bir xil) bo`lgan va har qanday vaqtda bitimni amalga oshirishni xohlovchi manfaatdor sotuvchi va xaridorlarni topish mumkin bo`lgan, shuningdek‚ narxlar haqidagi ma`lumotlar oshkor (hammabop) bo`lgan bozor

    Mutlaq huquq

    bu faqatgina huquq egasi tomonidan yoki uning roziligi bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda uchinchi shaxsga berilishi mumkin bo`lgan mulkiy huquq

    Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar bilan ta`minlanganlik, ularning holati, harakati, samaradorligini, asosiy vositalarning rentabelligini baholashda tahlilning metodologik asoslari quyidagilardan iborat.


    jadval
    Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar, ulardan samarali foydalanish tahlilining muhim masalalari



    Tahlil mavzulari

    O`rganiladigan ko`rsatkichlar tizimi

    Tahlil mazmuni

    Tahlil natijasi

    Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar tahlili va uning nazariy jihatlari

    Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar tahlilining nazariy, metodologik asoslari

    Ta`rifi, turkumlanishi, tahlil vazifalari, axborot manbalari bayon etiladi

    Zamonaviy ta`rifi, turkumlanishi, tahlil mazmuni, vazifalari, axborot manbalari tavsiflanadi

    Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar bilan ta`minlangan-
    lik, va qurollanganlik tahlili

    Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar bilan ta`minlanganlik koeffitsiyenti,
    Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar bilan qurollanish koeffitsiyenti

    Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar bilan ta`minlanishi, qurollanishi va uning dinamik o`zgarishlari tahlil qilinadi

    Ta`minlanganlik va qurollanganlikni o`stirish choralari ko`riladi

    Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar harakatining tahlili

    Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning kirib kelish koeffitsiyenti,
    Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning chiqib ketish koeffitsiyenti,
    Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar harakatining sifat ko`rsatkichlari

    Asosiy vositalar va nomoddiy aktvilarning harakat ko`rsatkichlariga baho berish orqali ularning o`zgarishi, o`zgarish tendensiyalari tahlil qilinadi

    Harakat ko`rsatkichlarini yaxshilash choralari ko`riladi

    Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar holatining tahlili

    Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning eskirish koeffitsiyenti,
    Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning yaroqlik koeffitsiyenti

    Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning holatiga, ularning o`zgarishiga va o`zgarish tendensiyalariga baho beriladi

    Holat ko`rsatkichlarini yaxshilash choralari ko`riladi

    Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar samaradorligining tahlili

    Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning qaytimi,
    Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning sig`im ko`rsatkichlari

    Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning qaytimi va sig`imiga, ularning o`zgarishiga, mahsulot hajmiga ta`siri tahlil qilinadi

    Samaradorlikni oshirish choralari ko`riladi

    Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning rentabellik tahlili

    Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning rentabellik ko`rsatkichlari

    Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning foydaligiga, uning o`zgarishiga ta`sir etuvchi omillarga baho beriladi.

    Rentabellikni oshirish choralari ko`riladi

    Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning tahlilida o`rganiladigan muhim ko`rsatkichlar va ularning aniqlash tartiblarini quyidagi jadvalda ifoda etish mumkin.
    jadval

    Download 110,5 Kb.
      1   2   3   4




    Download 110,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1. Operatsion faoliyat tahlilining mazmuni va muhim vazifalari

    Download 110,5 Kb.