|
3-mavzu. Korxonaning operatsion faoliyatini tahlili operatsion faoliyat tahlilining maqsadi, vazifalari va axborot manbalari
|
bet | 1/23 | Sana | 08.12.2023 | Hajmi | 124,65 Kb. | | #114008 |
Bog'liq 3-mavzu. Korxonaning operatsion faoliyatini tahlili operatsion f
3-MAVZU. KORXONANING OPERATSION FAOLIYATINI TAHLILI
1.Operatsion faoliyat tahlilining maqsadi, vazifalari va axborot manbalari
2.Mahsulot ishlab chiqarish hajmi, xarajat va foyda aloqadorligini tahlili (SVP tahlili)
3. Mahsulot (ish, xizmat) larning kritik hajm darajasi va uning omilli tahlili
4. Mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarish hajmini tahlili
1.Operatsion faoliyat tahlilining maqsadi, vazifalari va axborot manbalari
Operatsion faoliyat – xo‘jalik yurituvchi subektning asosiy daromad olib keluvchi faoliyat turidir.
Operatsion faoliyat tahlilida xo‘jalik yurituvchi subekt asosiy faoliyatining muhim obektlari: mehnat vositalari, predmetlari va mehnat resurlarining ta’minoti, ishlab chiqarish, sotish va natijaga ega bo‘lishdagi kompleks tizim o‘rganiladi.
Mehnat vositalari va ulardan samarali foydalanishni tahlili.
Asosiy faoliyatda foydalaniladigan mehnat vositalariga asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar kiritiladi. Ularning odatda aktiv va passiv turlari tarkiblanadi.
Aktiv asosiy vositalar bu ishlab chiqarish jarayonida bevosita qatnashuvchi mehnat vositalaridir.
Passiv asosiy vositalar ishlab chiqarish jarayoniga muhim sharoit ta’minlab beruvchi mehnat vositalaridir.
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni tahlil etishda ularning tarkibi, harakati, holati, samaradorligi, rentabelligi va dinamik o‘zgarishlariga muhim ahamiyat qaratiladi.
Asosiy vositalar tarkibiga quyidagi mezonlarga bir vaqtning o‘zida javob beradigan moddiy aktivlar kiritiladi1:
a) bir yildan ortiq xizmat qilish muddati;
b) bir birlik (to‘plam) uchun qiymati O‘zbekiston Respublikasida (xarid paytida) belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdorining ellik baravaridan ortiq bo‘lgan buyumlar.
Korxona rahbari‚ shuningdek, hisobot yilida aktivlarni buxgalteriya hisobida asosiy vositalar sifatida hisobga olish uchun ular qiymatining eng kam chegarasini belgilashga haqlidir.
1-jadval
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
3-mavzu. Korxonaning operatsion faoliyatini tahlili operatsion faoliyat tahlilining maqsadi, vazifalari va axborot manbalari
|