|
N=D*B-D*T
(3.2)
N=D* (B-T)
|
bet | 14/23 | Sana | 08.12.2023 | Hajmi | 124,65 Kb. | | #114008 |
Bog'liq 3-mavzu. Korxonaning operatsion faoliyatini tahlili operatsion fN=D*B-D*T
|
(3.2)
|
N=D* (B-T)
|
(3.3)
|
Bunda:
N-foyda;
B-mahsulot birligini bahosi (so‘m);
D-mahsulot birligi (dona);
T-mahsulot birligini ishlab chiqarish tannarxi (so‘m).
YUqoridagi bog‘lanishdan natijaviy ko‘rsatkichni mahsulotning miqdori, bahosi va birlik tannarxiga bog‘liq ekanligi kelib chiqadi. Uning ifodasi bevosita natijaviy ko‘rsatkichni omilli tahlil etish imkonini ham beradi. Demak, natija o‘zgarishiga hisob-kitob qilinadigan quyidagi omillar ta’sir etishini izohlash mumkin:
- ishlab chiqarilgan mahsulotlar birligini o‘zgarishi;
- mahsulotlar birlik bahosining o‘zgarishi;
- mahsulotlar birlik tannarxining o‘zgarishi.
Marjinal foyda kontributsiyasiga nisbatan oladigan bo‘lsak ishlab chiqarish xarajatlarini o‘zgaruvchan, o‘zgarmas xarajatlarga tarkiblanishi, bog‘lanishni yanada murakkablashtiradi. Bunda ishlab chiqarish xarajatlarining o‘zgarishida mahsulot (ish, xizmat)lar hajmini o‘zgarishi asos qilib olingan. Amaldagi tartib bo‘yicha shartli o‘zgaruvchan xarajatlar tarkibdan chiqarilgan. YA’ni ishlab chiqarish xarajatlari shartli o‘zgaruvchan va doimiy (o‘zgarmas) xarajatlarga tarkiblanadi.
12-jadval
Mahsulot sotish hajmi, ishlab chiqarish xarajatlari va natija aloqadorligini ko‘rsatkichlar tizimi
Daromad
|
Xarajat
|
Natija
|
1
|
2
|
3
|
Mahsulot sotishdan sof tushum
(2500.0 m.s.)
|
Sotilgan mahsulotni ishlab chiqarish tannarxi
(2250.0 m.s.)
|
Mahsulot sotishdan yalpi foyda
(250.0 m.s.)
|
|
A)O‘zgaruvchan xarajatlar
(2000.0 m.s.)
|
Marjinal foyda
(500.0 s.m.)
|
|
B)O‘zgarmas xarajatlar
(250.0 m.s.)
|
Mahsulot sotishdan sof foyda
(250 m.s.)
|
Operatsion faoliyatdan tushum
(230.0 m.s)
|
Operatsion xarajat
(335.0 m.s)
|
Operatsion faoliyatdan foyda (zarar)
(-105 m.s.)
|
Jadval natijalaridan shuni xulosa qilish mumkinki; mahsulot sotishdan olingan sof tushum 2500.0 ming so‘mni va uning ishlab chiqarish tannarxi 2250.0 ming so‘mni tashkil etgan. Mahsulot sotishdan ko‘rilgan natija 250 ming so‘m ijobiy farqlanishga ega bo‘lgan.
Umumiy ishlab chiqarish xarajatlarining ichida 2000.0 ming so‘mi o‘zgaruvchan xarajatlar, 250 ming so‘mi o‘zgarmas xarajatlar sifatida belgilangan. Bu orqali mahsulot sotishdan marjinal foyda va sof foyda ko‘rsatkichlari aniqlangan.
|
| |