• Faoliyat tuzilishining tasnifi
  • Faoliyatni bilish faoliyat sifatida o’quv ilmiy morfologiya aksiologiya praksiologiya ontologiya Faoliyat tuzilishi
  • Faoliyatning asosiy jabshalari tuzilishi




    Download 1,23 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet16/47
    Sana25.11.2023
    Hajmi1,23 Mb.
    #105213
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   47
    Bog'liq
    g‘oziyev e. umumiy psixologiya. 1-kitob

    Faoliyatning asosiy jabshalari tuzilishi: 
    faoliyatning
    sub'ekti 
    morfologiyasi 
    motivasiyasi 
    funksiyasi 
    dinamikasi 
    har xilligi 
    faoliyat sub'ekti 
    insoniyat (inson) 
    jamiyat 
    ijtimoiy guruh 
    individ, shaxs, yaqqol odam 
    ruhiy jarayon 
    fiziologik tizim 
    Faoliyat tuzilishining tasnifi 
    oddiylar 
    mantiqiy 
    fazoviy 
    zamoniy 
    stoxastik (yunon stochasis-farosat) 
    Tuzilmalar 


    57 
    murakkablareshtimollar algoritmi - 
    (mantiqiy stoxastik) 
    mantiqiy-fazoviy 
    mantiqiy stoxastik zamoniy 
    Faoliyatni bilish 
    faoliyat sifatida 
    o’quv ilmiy morfologiya 
    aksiologiya 
    praksiologiya 
    ontologiya 
    Faoliyat tuzilishi 
    (A.N.Leontev bo’yicha) 
    1) morfologiya- yunoncha morphe "shakl", tuzilish to’g’risidagi ta'limot, 
    soxa; 
    2) 
    aksiologiya -yunoncha axios "qadr", ya'ni qadriyat to’g’risidagi 
    ta'limot; 
    3) 
    praksiologiya-yunoncha praxitikos, faoliyatni, amaliy samaradorlik 
    nazariyasi 
    4) 
    antologiya-yunoncha antos-"moshiyat", turmush to’g’risidagi ta'limot
    5. Inson shayoti va faoliyatini o’zgartuvchi asosiy omillar 
    Jahon psixologiyasida xulq-atvor, muomala va faoliyat muvaffaqiyatini 
    ta'minlovchi omillarning eng muhimi tariqasida insonning emosional shayoti 
    yotishi aksariyat nazariyotchi psixologlar tomonidan ta'kidlab o’tiladi. Bu 
    talqinning shaqqoniyligiga shech qanday e'tirozlar bo’lishi mumkin emas, chunki 
    mazkur omil eksperimental psixologiyaning mustaqil soha sifatida vujudga 
    kelishidan e'tiboran ustuvor, dalil taqozo qilmaydigan atribut singari tadqiqot 
    predmeti moshiyatiga singib ketgan. Shuni aloshida ta'kidlab o’tish lozimki, inson 
    muomalasining, xulq-atvorining kechishi, faoliyatining muvaffaqiyatli, sermashsul 
    yakunlanishi ko’p jishatdan shaxsning emosional holatlariga (emosional ton, 
    kayfiyat, stress, affekt va hokazo), izoshlanishi murakkab bo’lgan ruhiy 
    kechinmalarga, yuksak shis-tuyg’ularga bog’liq. O’yin, mehnat, o’quv, muomala 
    va boshqa faoliyat turlarining muvaffaqiyatli kechishi, shaxslararo munosabatlarda 
    xulq-atvorning namoyon bo’lishi ijobiy psixologik holat sifatida basholansa
    emosiya va shissiyotning barqaror, maqsadga yo’nalgan tarzda shukm surish 
    eshtimoli e'tirof etiladi.


    58 
    Shis-tuyg’ularning mustashkamligi, barqarorligi, mukammalligi sifatlarining 
    mavjudligi ularning dinamik stereotiplar tipiga aylanganligidan dalolat beradi, 
    faoliyat va xulqning shaxs tomonidan ongli ravishda boshqarish uslubi 
    shakllanganligini bildiradi. Tabiatning tarkibiy qismlari va jamiyatning a'zolari 
    bilan turli shakldagi, har xil xususiyatli munosabatga kirishishi, ular bilan 
    muomala qilish maromlarini davriy (muvaqqat tarzda) o’zgarishni vujudga 
    keltiradi. Ana shu o’zgarish tufayli muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizlik, omad va 
    omadsizlik, optimizm va pessimizm, romantika va realiya, simpatiya va antipatiya, 
    progress va regress, jo’shqinlik va tushkunlik, faollik va sustlik kabi birinchisi 
    ijobiy (pozitiv) ikkinchisi esa salbiy (negativ) ruhiy hodisa kelib chiqadi. Faoliyat 
    va xulqning amaliyotda bir tekis kechishini ta'minlovchi emosional holat 
    barqarorligining buzilishi unga qiyos qilingan muvaffaqiyatning birlamchi omili 
    to’g’risidagi ilmiy ma'lumotlarni shubsha ostida qoldiradi.
    Binobarin, jamiki narsaning boshlang’ich asosi, manbai emosiya degan 
    g’oyani, uning qiymatini umumiy fonda birmuncha qadrsizlantiradi, lekin ikkinchi
    darajali omilga aylantirib yubormaydi. Omillarning birlamchi va ikkilamchi, 
    ustuvor va yetakchi, umumiy va xususiy, ob'ektiv va sub'ektiv, muhim va 
    nomuhim mezonlar, alomatlar, o’lchamlar yordami bilan basholanishi ushbu 
    psixologik masala moshiyatini oqilona talqin qilish zaruriyatini vujudga keltiradi. 
    Sholbuki shunday ekan, ularning moshiyatini, keltirib chiqaruvchi sabablarini, 
    harakatlantiruvchi kuchlarini muayyan dalillarga asoslanib tashlil qilish muammosi 
    maydonga keladi. Inson faoliyati va xulqining muayyan qonuniyatlarga asoslangan 
    holda amalga oshishi ham ob'ektiv, ham sub'ektiv hart-haroitlarga bog’liq. Tabiiy 
    omillarni keltirib chiqaruvchi ob'ektiv (tashqi) hart-haroitlar, ya'ni mikro va makro 
    mushit, moddiy borliq, yordamchi vositalarning mavjudligi, ularning yuksak 
    talablarga javob bera olish imkoniyati, tashqi qo’g’atuvchilarning bezararligi, vaqt 
    va fazoviy o’lchovlarning muvofiqligi, mutanosibligi kabilardan tarkib topadi. 
    Xulq va faoliyatning namoyon bo’lishi uchun tabiiy hart-haroitlar tizimi yaxlit 
    holda ishtirok etishi, ularning muvaffaqiyatini ta'minlovchi omillar majmuasi 
    tariqasida xizmat qilishi mumkin. Tabiiy hart-haroitlardagi to’kislikdan tashqari 
    ayrim yetishmovchiliklar va uzilishlarning sodir bo’lishi nuqsonlarni keltirib 
    chiqaradi, buning oqibatida ruhiy kechinmalar faolligi, ildamligi, maqsadga 
    yo’nalganligi buziladi. 
    Tabiiy hart-haroitlar mushit ta'sirida ruhiy olamida bir qator keskin ham 
    sifat, ham miqdor o’zgarishlari vujudga keladi, ular yangilanishlarda, yangi 
    fazilatlar, xislatlar tug’ilishida namoyon bo’ladi. Shuni aloshida ta'kidlab o’tish 
    joizki, tabiiy mushitning tarkibiy bo’lmish geografik mushit bu borada muhim rol 
    o’ynaydi, ko’pincha u, birinchidan, biologik hartlangan shaxs sifatlariga ta'sir etib, 
    fenotiplarni genotiplarga aylantiradi (shududiy mushit, relef, stixiya kutilishi: 
    zilzila, qor ko’chkisi, dovul, suv toshqini, oyoq yetmas qorli tog’lar va hokazo). 
    Ikkinchidan, ontogenezda shaxs xarakterologik xususiyatlarining tabiiy ravishda 
    shakllanishiga ta'sir o’tkazadi, shuning bilan birga mikro mushit bilan genlar, irsiy
    belgilar, alomatlar o’rtasida uyg’unlikni ta'minlab turuvchi mexanizm vazifasini 
    bajaradi. 


    59 
    Ob'ektiv (tabiiy) hart-haroitlardan tashqari, inson omili bilan uzviy 
    bog’liqligi sub'ektiv (shaxsga oid, uning qiyofasiga bog’liq) hart-haroitlar 
    muomalaning, faoliyatning, xulqning ijtimoiy turmushda samarali amalga 
    oshishini uzluksiz ravishda ta'minlab turadi. Sub'ektiv hart-haroitlarning qatoriga 
    shaxsning barqarorligi, xarakterning mustashkamligi, eshtiyoj, motiv, maslak, 
    saloshiyatning puxtaligi, o’zini o’zi boshqarish uslubining qat'iy ravishda 
    shakllanganligi, biologik hartlangan xislatlar esa o’zaro uyg’unlashganligi kabilar 
    kiradi.
    Odatda ob'ektiv (tabiiy) va sub'ektiv (shaxsga oid) hart-haroitlardagi 
    o’zgarishlar tufayli ijobiy (pozitiv) yoki salbiy (negativ) xususiyatli psixologik 
    holatlar, hodisalar, xislatlar, kechinmalar ustuvorligi yuzaga kelib, moddiy asos 
    funksiyasini bajaruvchi oliy nerv faoliyatini, markaziy nerv tizimining ritmikasini, 
    ishchanlik qobiliyatini pasaytiradi. Buning oqibatida faoliyat, xulq va muomala 
    amalga oshishida odatiy sa'i-harakatlar, operasiyalar, maromlar buzila boshlaydi, 
    favqulodda asabiylik, ruhiy nuqsoniylik, qonuniyatdan chetga og’ishlik, noxush 
    kechinmalar shokimligi yetakchilik qiladi. Xuddi shu sababdan, faoliyat, xulq va 
    muomalaning 
    muvaffaqiyati 
    shubsha 
    ostida 
    qolishi 
    mumkin, 
    chunki 
    mashsuldorlik, sobitqadamlilik, maqsadga yo’nalganlik sifatlarining dominantligi 
    yo’qoladi, natijada ushalmagan ezgu niyatlar armon tariqasida yuksak shis-
    tuyg’ular safida davriy shukm surishda davom etaveradi. 
    Insonning tabiatga va jamiyatga nisbatan munosabati tasodiflarsiz, 
    favquloddagi vaziyatlarsiz amalga oshishi mumkin emas, chunki eshtimollar 
    darajasidagi kutilishning yo’qligi rejasiz vaziyatlarni shaxsning idrok maydonida 
    keltirib chiqaradi. Shayot va faoliyat strategiyasi va taktikasining ekstremal tarzda 
    o’zgarishi individual va ijtimoiy xususiyatli vaziyatlarning paydo bo’lishiga olib 
    keladi. Vaziyatlar stixiyali, xaotik (betartib, tasodif) xatti-harakatlarni vujudga 
    keltirib, tekis, odatiy, davriy, barqaror xususiyatlar ritmikasini izdan chiqaradi, 
    natijada insonning motivasion, emosional, kognitiv, regulyativ, xulqiy, irodaviy 
    tuzilishi tarkiblarining funksiyasi buziladi. Shaxs tuzilishiga favquloddagi 
    vaziyatlarning ichki larzasi faoliyat, xulq va muomalaning onglilik holatidan 
    ongsizlikka o’tishini taqozo etadi, binobarin, muvaffaqiyatsizlik realiyaga 
    aylanadi. 
    Sho’sh, nima uchun shaxs tasodiflarning oldini olishga tayyor emas yoki 
    ko’pincha u bu borada kuchsizlik, ojizlik qiladi? 
    Ushbu muammo yechimini juda sodda tarzda shal qilish ham mumkin: 
    1) shaxs ongli zot, yaratuvchilik qudratiga ega bo’lishidan qat'i nazar - u tabiatning 
    tarkibiy qismi, instinktlar, hartsiz reflekslar ta'siriga beriluvchandir; 
    2) shaxsning tana a'zolari (organizmi) favquloddagi hodisalar va vaziyatlarga 
    moslashgan emas (stixiya, shalokat, tasodif, stress, affekt, xavf-xatar - risk); 
    3) shaxs komillik darajasiga erishmaganligi tufayli sababiy bog’lanish oqibatlarini, 
    fobiya bilan bog’liq shis-tuyg’ularni oldindan sezish, payqash, ularga nisbatan aks 
    ta'sir berish imkoniyati yo’q; 
    4) shaxsda ikkinchi qiyofaning shakllanmaganligi (test, trening, trenirovka bilan 
    qurollanmaganligi) uning xavf-xatar qurboniga aylantirishi shubshasiz. 


    60 
    Jahon 
    psixologiyasi 
    fanining 
    ma'lumotlariga 
    qaraganda, 
    muvaffaqiyatsizlikdan shech kim shimoyalangan emas, chunki ijtimoiy immunitet 
    juda kuchsiz aksil ta'sir ko’rsatish imkoniyatiga ega. Ma'lumki, jismoniy, axloqiy 
    va aqliy barkamollik tub ma'nodagi komil inson to’g’risida mulohaza yuritishga 
    imkon beradi va tarkiblarning to’la mutanosibligi, uyg’unlashganligi, o’zaro 
    taqozo etuvchanligi asosiy mezon vazifasini bajaradi. Komillik darajasi 
    sub'ektning ma'naviy dunyosiga aylanmas ekan, u taqdirda shech kim tasodiflar, 
    favquloddagi vaziyatlar shaxs tomonidan odatiy hodisa sifatida osoyishta qabul 
    qilinmaydi. Muvaffaqiyat garovi (kafolati) funksiyasini bajaruvchi omillarning 
    genezisi to’g’risidagi fikr yuritilganda, eng avvalo, ularning birlamchiligini, asosiy 
    manba ekanligini nazarda tutish nazariy hamda metodologik muammolar 
    yechimini oqilona topishga puxta negiz shozirlaydi, boshlang’ich harakat nuqtasini 
    belgilab berishga xizmat qiladi. Nazariy mulohazalarga binoan, faoliyat, xulq va 
    muomalaning bir tekis, samarali kechishi genetik nuqtai nazardan quyidagilarga 
    bog’liq: 
    1. 
    Ob'ektiv (tabiiy) va sub'ektiv (shaxsga oid) hart-haroitlar mavjudligiga. 
    2. 
    Ob'ektiv va sub'ektiv hart-haroitlar shukm surishini o’zgartiruvchi tasodifiy 
    va favquloddagi vaziyatlar ta'sirchanligiga, ustuvorligiga. 
    3. 
    Emosiya va shissiyotning ijobiy (pozitiv), salbiy (negativ) xususiyat kasb 
    etishiga. 
    4. 
    Insonning shaxslilik va xarakterologik xususiyatlarining barqarorligiga 
    (beqarorligiga). 
    5. 
    Shaxsning komillik darajasiga erishganligiga va hokazo. 
    Shaxsning shayot va faoliyatda muvaffaqiyatga erishish, maqsadga muvofiq sa'i-
    harakatlarni unga yo’naltirish uchun quyidagilarga e'tibor qilish zarurarning 
    zaruratidir: 
    1) 
    ob'ektiv va sub'ektiv hart-haroitlar o’zgarsa, ularga tuzatishlar (korreksiya) 
    kiritishga tayyorgarlikka; 
    2) 
    favquloddagi vaziyatlarga ko’nikish uchun shaxsga trening yordami bilan 
    ta'sir o’tkazishga, unda ikkinchi qiyofani shakllantirishga; 
    3) 
    organizmning har qanday stixiyalarga chidamliligini orttirishga; 
    4) 
    komillikka intilish shis-tuyg’ularini takomillashtirishga; 
    5) 
    shaxs imkoniyatlarini ro’yobga chiqishga ko’maklashishga (o’zini o’zi kashf 
    qilish, o’ziga o’zi buyruq berish, o’zini o’zi takomillashtirish, o’zini o’zi 
    basholash, o’zini o’zi nazorat qilish, o’zini o’zi boshqarish, o’ziga o’zi taskin 
    berish, o’zini o’zi qo’lga olish va hokazo). 
    Inson shayotini va faoliyatini o’zgartiruvchi asosiy omillar mavjud bo’lib, 
    ular muayyan darajada shaxsning ta'siriga beriluvchandirlar. 

    Download 1,23 Mb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   47




    Download 1,23 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Faoliyatning asosiy jabshalari tuzilishi

    Download 1,23 Mb.
    Pdf ko'rish