O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
MAXSUS TA’LIMVAZIRLIGI MUHAMMAD AL-
XOARZIMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI FARG’ONA
FILLIALI DASTURIY INJINIRINGI VA RAQAMLI
IQTISODIYOT FAKULTETI
«
YANGI TAXRIRDAGI KONSTITUTSIYA»
fanidan
MUSTAQIL ISHI
641-21 – «
AXBOROT XAVSIZLIGI» yo’nalishining 3-kurs talabasi
Masalbekov Mirzohid
FARG’ONA-2023
O‘zbekistonning yangi tahrirdagi Konstitutsiyasida inson va fuqarolarning
asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari.
O‘zbekiston Respublikasida insonning huquq
va erkinliklari xalqaro
huquqning umume’tirof etilgan normalariga binoan hamda ushbu Konstitutsiyaga
muvofiq e’tirof etiladi va kafolatlanadi. Inson huquq va erkinliklari har kimga
tug‘ilganidan boshlab tegishli bo‘ladi.O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar
bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, e’tiqodi,
ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, qonun oldida
tengdirlar.O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi va davlat bir-biriga nisbatan o‘zaro
huquq va majburiyatlar bilan bog‘liqdir.Insonning
Konstitutsiya va qonunlarda
mustahkamlab qo‘yilgan huquq va erkinliklari daxlsizdir hamda ulardan sud
qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab qo‘yishga hech kim haqli
emas.Insonning huquq va erkinliklari bevosita amal qiladi. Insonning huquq va
erkinliklari
qonunlarning, davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish
organlari, ularning mansabdor shaxslari faoliyatining mohiyati va mazmunini
belgilaydi.Davlat organlari tomonidan insonga nisbatan qo‘llaniladigan
huquqiy
ta’sir choralari mutanosiblik prinsipiga asoslanishi va qonunlarda nazarda tutilgan
maqsadlarga erishish uchun yetarli bo‘lishi kerak.Inson bilan davlat organlarining
o‘zaro munosabatlarida yuzaga keladigan qonunchilikdagi barcha ziddiyatlar va
noaniqliklar inson foydasiga talqin etiladi.Har bir inson o‘z shaxsini erkin kamol
toptirish huquqiga ega. Hech kimga uning roziligisiz qonunchilikda belgilanmagan
majburiyat yuklatilishi mumkin emas.Inson o‘z huquq va erkinliklarini amalga
oshirishda
boshqa shaxslarning, jamiyat hamda davlatning huquqlari, erkinliklari
va qonuniy manfaatlariga putur yetkazmasligi shart.O‘zbekiston Respublikasining
butun hududida yagona fuqarolik o‘rnatiladi.O‘zbekiston Respublikasining
fuqaroligi, unga qanday asoslarda ega bo‘lganlikdan qat’i nazar,
hamma uchun
tengdir.Qoraqalpog‘iston Respublikasining fuqarosi ayni vaqtda O‘zbekiston
Respublikasining fuqarosi hisoblanadi.O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida ham,
uning tashqarisida ham o‘z fuqarolarini himoya qilish va ularga homiylik
ko‘rsatishni kafolatlaydi.O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi O‘zbekistondan
tashqariga majburiy chiqarib yuborilishi yoki boshqa davlatga berib yuborilishi
mumkin emas.Davlat xorijda yashayotgan vatandoshlar
bilan aloqalarni saqlab
qolish hamda rivojlantirish to‘g‘risida xalqaro huquq normalariga muvofiq
g‘amxo‘rlik qiladi.O‘zbekiston Respublikasi hududidagi chet el fuqarolarining va
fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquq va erkinliklari xalqaro huquq
normalariga muvofiq ta’minlanadi. Ular O‘zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasi, qonunlari va xalqaro shartnomalari bilan
belgilangan burchlarni
ado etadilar.