2. O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir.
3. Davlatning “O‘zbekiston Respublikasi” va “O‘zbekiston” degan nomlari bir
ma’noni anglatadi.
4.Xulosa.
5.Foydalanilgan adabiyoti.
O‘zbekiston — boshqaruvning respublika shakliga ega bo‘lgan suveren,
demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat.Davlatning “O‘zbekiston
Respublikasi” va “O‘zbekiston” degan nomlari bir ma’noni anglatadi.Davlat xalq
irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va
mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar.O‘zbekiston
Respublikasi o‘zining milliy-davlat va ma’muriy-hududiy tuzilishini, davlat
hokimiyati organlarining tizimini belgilaydi, ichki va tashqi siyosatini amalga
oshiradi.O‘zbekistonning
davlat
chegarasi
va
hududi
daxlsiz
va
bo‘linmasdir.O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir.O‘zbekiston
Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi millat va elatlarning tillari, urf-
odatlari va an’analari hurmat qilinishini ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun
sharoit yaratadi.O‘zbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan o‘z davlat
ramzlari — bayrog‘i, gerbi va madhiyasiga ega.Davlat ramzlari davlat
himoyasidadir.O‘zbekiston Respublikasining poytaxti — Toshkent shahri.Xalq
davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir.O‘zbekiston Respublikasida davlat
hokimiyati xalq manfaatlarini ko‘zlab va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
hamda uning asosida qabul qilingan qonunlar vakolat bergan organlar
tomonidangina amalga oshiriladi.Konstitutsiyada nazarda tutilmagan tartibda
davlat hokimiyati vakolatlarini o‘zlashtirish, hokimiyat organlari faoliyatini
to‘xtatib qo‘yish yoki tugatish, hokimiyatning yangi va muvoziy tarkiblarini tuzish
Konstitutsiyaga xilof hisoblanadi va qonunga binoan javobgarlikka tortishga asos
bo‘ladi.O‘zbekiston xalqini millatidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasining
fuqarolari tashkil etadi.Jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari xalq
muhokamasiga
taqdim
etiladi,
umumxalq
ovoziga
— referendumga
qo‘yiladi.O‘zbekiston Respublikasida referendum o‘tkazish tartibi qonun bilan
belgilanadi.O‘zbekiston xalqi nomidan faqat u saylagan O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi va Prezidenti ish olib borishi mumkin..biron-bir qismi, siyosiy partiya,
jamoat birlashmasi, ijtimoiy harakat yoki alohida shaxs O‘zbekiston xalqi nomidan
ish olib borishga haqli emas.O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining
tizimi — hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga
bo‘linishi prinsipiga asoslanadi.O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy
institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi.Hech qaysi
mafkura davlat mafkurasi sifatida o‘rnatilishi mumkin emas.O‘zbekiston
Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko‘ra
inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa ajralmas huquqlari
oliy qadriyat hisoblanadi.Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va
qonunlar bilan himoya qilinadi.Davlat o‘z faoliyatini inson farovonligini va
jamiyatning barqaror rivojlanishini ta’minlash maqsadida qonuniylik, ijtimoiy
adolat va birdamlik prinsiplari asosida amalga oshiradi.
O’zbekiston erishgan istiqlolni mustahkamlashda xalq tomonidan uning
ma’qullanishini hisobga olib, mamlakatda referendum o’tkazishga qaror qilindi.
1991 yil 18 noyabrda Oliy Kengash VIII sessiyasi O’zbekiston Respublikasi
referendumini o’tkazish to’g’risida qaror qabul qildi. Shunga muvofiq 29
dekabrda: “Siz Oliy Kengash tomonidan O’zbekiston Respublikasi mustaqil davlat
deb e’lon qilinishini ma’qullaysizmi?” – mavzuida referendum o’tkazishga katta
tayyorgarlik ko’rildi. Referendumni uyushqoqlik bilan o’tkazish maqsadida
Markaziy saylov komissiyasi 13 okrug, 7 ming uchastka saylov komissiyalarini
tuzdi. Ular joylarda referendum o’tkazish haqidagi Qonunning so’zsiz bajarilishini
ta’minlash borasida katta tashkilotchilik olib bordilar. Umumxalq referendumiga 9
million 898 ming 707 kishi qatnashdi yoki saylov ro’yxatiga kiritilganlarning 94,1
foizi qatnashdi. O’zbekiston Respublikasining mustaqil davlat deb e’lon qilinishini
yoqlab 9 million 718 ming 155 kishi yoki referendumda qatnashganlarning 98,2
foizi ovoz berdi. Shuni aytish kerakki, referendum butun respublika hududida
qonun asosida tashkiliy jihatdan uyushqoqlik, fuqarolarning yuksak siyosiy
aktivligi bilan o’tdi. Buni referendumda AQSh, Turkiya, Malayziya va boshqa
mamlakatlardan kelgan betaraf kuzatuvchilar ham tasdiqladilar.O’zbekiston
mustaqil respublika deb e’lon qilinishi faqat mamlakat xalqi emas, balki jahon
jamoatchiligi tomonidan ham qoniqish bilan kutib olindi. Buni mustaqillik
kunlarida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga kelgan tabriklardan ham
bilsa bo’ladi. Jumladan, Amerika Qo’shma Shtatlarining o’sha paytdagi Prezidenti
Jorj Bush I.Karimov nomiga yuborgan telegrammada shunday deydi:“Qadrli janob
Prezident, SSSR tarqalgandan so’ng, Sizning mamlakatingizda yuz bergan tarixiy
o’zgarishlar munosabati bilan shuni ma’lum qilish menga qoniqish beradiki,
Amerika Qo’shma Shtatlari Hukumati O’zbekistonni mustaqil davlat sifatida tan
oldi”.O’zbekiston mustaqil davlat deb e’lon qilingan kunning o’zidayoq mustaqil
davlat ayrim atributlarini joriy qilish yuzasidan amaliy choralar ko’rildi.
O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i to’g’risida, respublika gerbining
nusxasi va Davlat madhiyasining musiqiy bayoni haqida maxsus qaror qabul
qilindi. Unda Konstitutsiya komissiyasining ekspert guruhiga Davlat bayrog’ining
variantlari ustida ishlashni davom ettirish, Oliy Kengashning tegishli qo’mitalariga
Konstitutsiya komissiyasi ijodiy guruhi bilan hamkorlikda Davlat bayrog’i,
madhiyasi haqida qonun loyihalarini ishlab chiqib, navbatdagi sessiyaga taqdim
etish topshirildi.
O’zbekiston davlat mustaqilligiga erishgach, o’zining xalqaro talablar va
me’yorlar doirasida qiyofasini ko’rsatmog’i, buning uchun esa o’zining butun
imkoniyatlarini, o’ziga xos jihatlarini ifodalovchi davlat ramzlariga ega bo’lmog’i
lozim edi. Odatda ramzlar shunchaki ranglar yig’indisidan iborat bo’lgan shakllar
emas, ular ayni ana shu davlatning va shu mamlakat fuqarolarining o’zligidan kelib
chiqmog’i, qolaversa, davlat siyosatining mazmun mohiyatini o’zida mujassam
etmog’i kerak.O’zbekiston o’z mustaqilligining dastlabki kunlaridanoq ana shu
muhim siyosiy hodisaga alohida e’tibor bilan qaradi. Chunki juda qisqa fursatda
o’z mustaqilligini qonun bilan mustahkamlab, uning jahon hamjamiyatida tan
olinishini, shunday mamlakat borligi e’tirof etilishining muhim yo’llaridan biri
sifatida qaradi. Bir qator yosh mustaqil mamlakatlarda turli siyosiy qarashlar
jazavaga kelib, fikrlar chuvalashib, “kalavaning uchi topilmay qolgan” bir paytda
O’zbekiston o’zining har bir kuniga va olis istiqboliga qat’iy ishonch bilan qaradi.
Shuning uchun ham u, eng avvalo, davlat ramzlarini qabul qilib, dunyoga ko’z-
ko’z etib, uni tan oldirish yo’lidan bordi. O’zbekiston Respublikasi Oliy
Kengashining 1991 yil 18 noyabrida bo’lib o’tgan VIII sessiyasi “O’zbekiston
Respublikasining davlat bayrog’i to’g’risida” qonun qabul qildi.Shuni alohida
ta’kidlash kerakki, O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i mamlakatimiz
hududida ilgari mavjud bo’lgan g’oyat qudratli saltanatlar an’analariga mos
keladigan ularning tuglari ifoda etgan g’oyalarni davom ettiradigan, ulug’
ajdodlarimizning aqida va maslaklariga mos keladigan, qarashlarini davom ettirgan
holda millat tabiati va xalqimiz ruhiyatidan kelib chiqib, uning milliy va ma’naviy
jihatlarini ham o’zida aks ettirmog’i kerak edi.
Serquyosh hur o’lkam, elga baxt najot,
Sen o’zing do’stlarga yo’ldosh, mehribon.
Yashnagay to abad ilmu fan, ijod.
Shuhrating porlasin toki bor jahon!
N a q o r a t:
Oltin bu vodiylar – jon O’zbekiston
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug’ xalq qudrati jo’sh urgan zamon
Olamni mahliyo aylagan diyor!
Bag’ri keng o’zbekning o’chmas iymoni,
Erkin, yosh avlodlar senga zo’r qanot!
Istiqlol mash’ali, tinchlik posboni,
Haqsevar, ona yurt, mangu bo’l obod!
N a q o r a t:
Oltin bu vodiylar – jon O’zbekiston
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug’ xalq qudrati jo’sh urgan zamon
Olamni mahliyo aylagan diyor!
O’zbekiston o’z suverenitetini qo’lga kiritgandan so’ng bu haqda respublika
ichkarisida ham, uning tashqarisida ham ayrim kishilar turlicha qarashlarni ilgari
surdilar. Jumladan: “O’zbekiston osongina, kurashsiz mustaqil bo’lib oldi”, –
degan fikrlar paydo bo’ldi. To’g’ri, 1991 yilning o’rtalariga kelib sobiq SSSRning
yemirilishi, Ittifoq hukumati esa boshqaruv jilovini qo’ldan chiqarib yuborganligi
tufayli mustaqillikka erishish uchun qulay tarixiy shart-sharoit paydo bo’ldi. Biroq,
tarixiy tajriba shuni isbotladiki, o’ta murakkab rahbarlik siyosatining muhim
jihatlaridan biri hal qiluvchi qadamni to’g’ri belgilash va qat’iy harakat
boshlashdan iborat.O’zbekiston rahbariyati ana shunday donolik bilan harakat
qildi, eng qulay paytdan dadillik bilan foydalanib, respublikaning davlat
mustaqilligini e’lon qildi.Mustaqillik bu in’om emas, balki butun xalqning,
millionlarning uzoq yillik intilishi tufayli qo’lga kiritilgan tarixiy kurashning
natijasi – buyuk g’alaba. Zotan, O’zbekisonning davlat mustaqilligiga ega
bo’lganligi buyuk tarixiy ahamiyatiga ega voqea hisoblanadi.Birinchidan, shuni
uqtirish lozimki, o’zbek xalqi o’z taqdirini o’zi belgilash huquqiga ega bo’ldi, xalq
davlat hokimiyatining birdan-bir sohibi, egasi, xo’jayini bo’lib qoldi.Ikkinchidan,
O’zbekiston mustaqilligi respublikada adolatli, demokratik, insonparvar jamiyat
qurish uchun yo’l ochib berdi, o’z milliy davlatchiligini barpo qilishga imkoniyat
yaratdi.Uchinchidan, mustaqillik tufayli O’zbekiston xalqaro miqyosda o’zini
tanitish, ayni choqda xalqaro huquq me’yorlari asosida jahondagi barcha davlatlar
bilan teng hamkorlik qilish imkoniyatini qo’lga kiritdi. Jahon xaritasida
O’zbekiston yangi, yosh mustaqil davlat sifatida o’z o’rniga ega
bo’ldi.To’rtinchidan, iqtisodiyotda tub o’zgarishlar qilish uchun imkoniyat
yaratildi. Ya’ni jahon amaliyoti isbotlagan bozor iqtisodiyotiga o’tish uchun
sharoit barpo etdi. Mulkka munosabat tubdan o’zgarib, jamiyatda yangi mulkdorlar
sinfini shakllantirish uchun imkon ochildi.Beshinchidan, mustaqillik xalqning
ma’naviy uyg’onishi uchun to’la imkoniyat yaratdi. Yurt tarixi, qadimiy madaniyat
tiklana boshladi. Xalqning azaliy urf-odatlar, ma’naviy qadriyatlari unga qaytarib
berildi. Dinga munosabat mutlaqo ijobiy tomonga o’zgardi.Shunday qilib, qo’lga
kiritilgan mustaqillik o’zbek xalqi tarixida tamoman yangi davrni boshlab berdi,
milliy dunyoqarashda yangicha tafakkur shakllana bordi. Xalq yengil nafas olish
imkoniyatiga ega bo’ldi. U endi kelajakka ishonch bilan qaray boshladi. O’z
yurtining to’la xo’jayini ekanligini, o’z taqdirini o’zi belgilash imkoniyatini qo’lga
kiritganligini his qila boshladi. Bu buyuk olamshumul yutuq edi.
|