• Xulosa
  • O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy – hududiy tuzilishi  2




    Download 0,71 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet7/7
    Sana20.12.2023
    Hajmi0,71 Mb.
    #124355
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    kons.Full

    1.O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy – hududiy tuzilishi 
    2. O‘zbekiston Respublikasi viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar
    qishloqlar, ovullar, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasidan iborat. 
    3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi. 
    4.Xulosa. 
    5.Foydalanilgan adabiyoti. 


    O‘zbekiston Respublikasi viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, 
    qishloqlar, 
    ovullar, 
    shuningdek 
    Qoraqalpog‘iston 
    Respublikasidan 
    iborat.Qoraqalpog‘iston 
    Respublikasi, 
    viloyatlar, 
    Toshkent 
    shahrining 
    chegaralarini o‘zgartirish, shuningdek viloyatlar, shaharlar, tumanlar tashkil qilish 
    va ularni tugatish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining roziligi bilan amalga 
    oshiriladi.Suveren Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi 
    tarkibiga kiradi.Qoraqalpog‘iston Respublikasining suvereniteti O‘zbekiston 
    Respublikasi tomonidan muhofaza etiladi.Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘z 
    Konstitutsiyasiga 
    ega.Qoraqalpog‘iston 
    Respublikasining 
    Konstitutsiyasi 
    O‘zbekiston 
    Respublikasining 
    Konstitutsiyasiga 
    zid 
    bo‘lishi 
    mumkin 
    emas.O‘zbekiston Respublikasi qonunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida 
    ham majburiydir.Qoraqalpog‘iston Respublikasining hududi va chegaralari uning 
    roziligisiz o‘zgartirilishi mumkin emas. Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘z 
    ma’muriy-hududiy tuzilishi masalalarini mustaqil hal qiladi.Qoraqalpog‘iston 
    Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi tarkibidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
    xalqining umumiy referendumi asosida ajralib chiqish huquqiga ega.O‘zbekiston 
    Respublikasi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasining o‘zaro munosabatlari 
    O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘rtasida O‘zbekiston 
    Respublikasi Konstitutsiyasi doirasida tuzilgan shartnomalar hamda bitimlar bilan 
    tartibga solinadi.O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
    o‘rtasidagi nizolar murosaga keltiruvchi vositalar yordamida hal etiladi. 
    Viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlar (Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
    bo‘ysunuvidagi shaharlar) — aholisining soni, qoida tariqasida, kamida o‘ttiz ming 
    kishi bo‘lgan, muhim ma’muriy ahamiyatga, rivojlangan infratuzilmaga ega, 
    shuningdek istiqbolli iqtisodiy va madaniy markazlar bo‘lgan aholi 
    punktlari;ma’muriy-hududiy tuzilish — O‘zbekiston Respublikasi hududini 
    ma’muriy-hududiy birliklarga bo‘lish;ma’muriy-hududiy tuzilish masalalari — 
    ma’muriy-hududiy birliklarni tuzish, tugatish va ularning chegaralarini o‘zgartirish, 
    ma’muriy-hududiy birliklarning ma’muriy markazlarini belgilash va ko‘chirish, 
    ma’muriy-hududiy birliklarning bo‘ysunuvini o‘zgartirish;respublika 
    bo‘ysunuvidagi shaharlar — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining 
    qarorlari bilan aniqlanishi mumkin bo‘lgan, strategik ahamiyatga, yirik sanoat 
    korxonalariga va rivojlangan infratuzilmaga ega, shuningdek istiqbolli iqtisodiy va 
    madaniy markazlar bo‘lgan aholi punktlari;tuman bo‘ysunuvidagi shaharlar — 
    aholisining soni, qoida tariqasida, kamida yetti ming kishi bo‘lgan, sanoat 
    korxonalariga va rivojlangan infratuzilmaga ega bo‘lgan aholi punktlari;tumanlar 
    — viloyatlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarkibidagi, qoida tariqasida, 
    shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullardan iborat bo‘lgan ma’muriy hududiy 
    birliklar;chegara chizig‘ining tavsifi — chegara chizig‘ining yo‘nalishi va 
    ma’muriy-hududiy birlik chegaralarining kartografik chizmasida ko‘rsatilgan, 
    chegara chizig‘ini burilish nuqtalarining koordinatalari, shuningdek joyning 


    tegishli topografik elementlari bilan bog‘laydigan chegara nuqtalari o‘rtasidagi 
    masofa ko‘rsatilgan holda, chegara chizig‘ining o‘tish tavsifini o‘z ichiga olgan 
    asosiy hujjat;shaharlardagi tumanlar — shaharlarning ma’muriy-hududiy birlik 
    maqomidagi, aholisining soni, qoida tariqasida, kamida yigirma ming kishi bo‘lgan, 
    fuqarolar yig‘inlaridan (mahallalardan) iborat bo‘lgan qismi;shaharchalar — 
    aholisining soni, qoida tariqasida, kamida ikki ming kishi bo‘lgan, sanoat 
    korxonalari, temir yo‘l stansiyalari va boshqa muhim obyektlar yaqinida 
    joylashgan, fuqarolar yig‘inlaridan (mahallalardan) iborat bo‘lgan aholi 
    punktlari;O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy birliklari — viloyatlar, 
    tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullar, shuningdek 
    Qoraqalpog‘iston Respublikasi;qishloqlar va ovullar — tumanlar hududida 
    joylashgan, fuqarolar yig‘inlaridan (mahallalardan) iborat bo‘lgan aholi 
    punktlari.O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi sohasidagi 
    asosiy prinsiplar quyidagilardan iborat: 
    O‘zbekiston Respublikasi hududining yaxlitligi va 
    bo‘linmasligi;qonuniylik;ma’muriy-hududiy birliklardagi davlat boshqaruvining 
    samaradorligi;ma’muriy-hududiy birliklarning ijtimoiy-iqtisodiy 
    rivojlantirilishi.O‘zbekiston Respublikasi viloyatlar, tumanlar, shaharlar, 
    shaharchalar, qishloqlar, ovullardan, shuningdek Qoraqalpog‘iston 
    Respublikasidan iborat.Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlar, shaharlar, 
    shaharchalar, qishloqlar va ovullardan iborat.Viloyatlar tumanlardan, shuningdek 
    viloyat va tuman bo‘ysunuvidagi shaharlardan, shaharchalar, qishloqlar hamda 
    ovullardan iborat. Viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlar doirasida ham tumanlar tashkil 
    qilinishi mumkin.Viloyatlarning ma’muriy-hududiy chegaralari doirasida 
    respublika bo‘ysunuvidagi shaharlar bo‘lishi mumkin. 
    Toshkent shahri tumanlardan iborat.O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
    palatalari o‘z vakolatlari doirasida:O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-
    hududiy tuzilishi masalalariga doir qarorlar qabul qiladi;O‘zbekiston Respublikasi 
    Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy 
    tuzilishi masalalariga doir takliflarini ko‘rib chiqadi;Qoraqalpog‘iston 
    Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Qoraqalpog‘iston Respublikasining ma’muriy-
    hududiy tuzilishi masalalariga doir takliflarini kelishadi.O‘zbekiston 
    Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi masalalarini ko‘rib chiqish 
    O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan ularning reglamentlari 
    asosida amalga oshiriladi.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o‘z 
    vakolatlari doirasida:O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi 
    masalalariga doir takliflar tayyorlaydi;O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-
    hududiy tuzilishi masalalariga doir takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy 


    Majlisiga ko‘rib chiqish uchun kiritadi;viloyatlar va Toshkent shahar 
    hokimlarining O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi 
    masalalari bo‘yicha iltimosnomalarini ko‘rib chiqadi;O‘zbekiston 
    Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi masalalari bo‘yicha komissiya 
    tashkil etadi.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonun hujjatlariga 
    muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.Qoraqalpog‘iston 
    Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi o‘z vakolatlari doirasida:Qoraqalpog‘iston 
    Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi masalalariga doir qarorlar qabul 
    qiladi;Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Qoraqalpog‘iston 
    Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi masalalariga doir takliflarini ko‘rib 
    chiqadi;Qoraqalpog‘iston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi 
    masalalariga doir takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga ko‘rib 
    chiqish uchun kiritadi.Qoraqalpog‘iston Respublikasining ma’muriy-hududiy 
    tuzilishi masalalarini ko‘rib chiqish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i 
    Kengesi tomonidan uning Reglamenti asosida amalga oshiriladi. 
    Xulosa:
     
     
     
     

    Download 0,71 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 0,71 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy – hududiy tuzilishi  2

    Download 0,71 Mb.
    Pdf ko'rish