Jizzax viloyati
53 ta til
lotin/кирилл
Mutolaa
Tahrirlash
Manbasini tahrirlash
Tarix
Asboblar
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jizzax viloyati
|
viloyat
|
Maʼmuriy markazi
|
Jizzax
|
Yirik shaharlari
|
Jizzax, G'allaorol, Gagarin, Paxtakor,Zarbdor, Zomin
|
Asos solingan sanasi
|
1935-yil
|
Hokim
|
Ergash Saliyev
|
Rasmiy tili
|
o'zbek
|
Maydoni
|
21200 km²
|
Balandligi
dengiz sathidan
Baland choʻqqisi
|
4200 m
|
Vaqt mintaqasi
|
UTC+5
|
Kod ISO 3166-2
|
UZ-JI
|
Telefon kodi
|
+99872
|
Pochta indeksi
|
130100
|
Avtomobil raqami kodi
|
25
|
Rasmiy sayti
|
Rasmiy sayt
|
Xaritada
|
|
|
Jizzax viloyati VikiOmborda
|
Koordinatalari: 40°25′0″N 67°40′0″E G O
|
Jizzax viloyati — Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. Respublikaning markaziy qismida joylashgan. 1973-yil 28-dekabrda viloyat sifatida tashkil etilgan. Shimoliy-sharqda Qozogʻiston Respublikasi va Sirdaryo viloyati, janubi-gʻarbda Samarqand, Navoiy viloyatlari, janubi-sharqda Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh. Maydon 21,2 ming km2. Aholisi 1 mln 483,1 ming kishi (2022.04). Jizzax viloyatida 12 ta tuman bor: Arnasoy, Baxmal, Doʻstlik, Sharof Rashidov, Zarbdor, Zafarobod, Zomin, Mirzachoʻl, Paxtakor, Yangiobod, Forish, Gʻallaorol. 20 ta shahar va shaharchalar (Gagarin, Dashtobod, Doʻstlik, Jizzax, Marjonbuloq, Paxtakor, Gʻallaorol, Zarbdor, Zomin, Boʻston, Zafarobod, Oʻsmat, Uchquloch, Bogʻdon, Pishagʻar, Qoʻytosh, Sharq yulduzi, Arnasoy), 400 qishloq fuqarolari yigʻini bor (2022). Markazi — Jizzax shahri.
Tabiati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Relyefi togʻlik, qir va tekisliklardan iborat. Janubiy qismini Turkiston tizmasining tarmoqlari (Morguzar tizmasi), gʻarbini Nurota tizmasining sharqiy qismi egallagan. Shimoliy, shimoli-gʻarbi va sharqiy qismi (Mirzachoʻl va Qizilqum choʻlining janubi-sharqi) tekislikdan iborat. Iqlimi keskin kontinental. Yanvarning oʻrtacha tempaturasi —4° gacha, iyulniki 28°. Togʻ oldilarida iqlim choʻl va dashtlarga nisbatan yumshoq. Yillik yogʻin viloyat janubida 400—500 mm, shimolida 250—300 mm. Vegetatsiya davri 210—240 kun. Yillik quyoshli kunlar 2800—3000 soat. Eng yirik daryolari — Sangzor, Zominsuv. Togʻlardan oqib tushuvchi soy koʻp. Ekinlarni sugʻorish uchun Tuyatortar kanali, 1- va 2-Janubiy Mirzachoʻl kanallari, Jizzax, Zomin, Qorovultepa suv omborlari qurilgan. 2001-yilda Arnasoy suv ombori qurila boshlandi. Arnasoy, Aydarkoʻl va Tuzkon koʻllaridan baliqchilikda foydalaniladi. Togʻ yon bagʻirlarida yovvoyi jiyda, archa, bodom, yongʻoq, naʼmatak, zira, rovoch, zirk kabilar oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan oq tirnoqli ayiq, chiyaboʻri, tulki, quyon, qobon, boʻrsiq, jayra uchraydi; burgut, lochin, qora turna, bulduruq, tuvaloq, tustovuq, qirgʻovul, yovvoyi oʻrdak, kaklik kabi qushlarning 150 dan ortiq turi mavjud. Viloyatda Zomin milliy bogʻi, Zomin va Nurota davlat qo'riqxonalari tashkil qilingan.
Jizzax viloyati Aydarko'l Arnasoy ko'llari
Jizzax viloyati Aydarko'l Arnasoy ko'llari
Jizzax viloyati Zomin tumani
Jizzax viloyati tabiati
Tarkibida temir, oltingugurt, vodorod, radiy, kremniy kislotasi, karbon gazi, ishqor boʻlgan shifobaxsh mineral suvlar bor. Gʻallaorol, Forish, Mirzachoʻl tumanlarida balneologik sanatoriylar faoliyat koʻrsatadi. Sulfatxlorid natriyli Chimqoʻrgʻon balchigʻidan fizioterapiya va davolash profilaktika muassasalarida foydalaniladi.
Foydali qazilmalardan oltin, kumush, volfram, qoʻrgʻoshin, rux, temir, molibden, marmar, vollastonit, bazalt, granit, korund, ohak bor.
Aholisi 1 km2 ga 46,9 kishi toʻgʻri keladi (2001). Aholining koʻpchiligi oʻzbeklar, shuningdek, qozoq, qirgʻiz, tojik, rus, tatar, turk, ukrain, nemis, fors, arman va boshqalar. Jami 70 dan ortiq millat vakili yashaydi. Shaharliklar 30 %, qishloq aholisi 70 % ni tashkil etadi.
Xoʻjaligi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Jizzax viloyati respublika ishlab chiqarishda va madaniy taraqqiyotida salmoqli oʻrin tutadi. Xususan, paxta, gʻalla, sabzavot, meva, chorva mahsulotlari yetishtiriladi. Bogʻdorchilikni rivojlantirishga eʼtibor berilmoqda. Qurilish materiallari, xalq isteʼmol mollari ishlab chiqaradigan korxonalar salmogʻi oshdi. Viloyatda tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida 2,5 mlrd. soʻmdan ziyod kredit mablagʻlari ajratildi. Faoliyat koʻrsatayotgan 9400 ga yaqin xoʻjalik subyektlarining qariyb 8300 tasi nodavlat xoʻjaliklaridir.
Hududiy boʻlinishi[tahrir | manbasini tahrirlash]
|