|
Asakabank mahsulotlari to’g’risida omonat kartalari kreditlari
|
Sana | 22.01.2024 | Hajmi | 370,13 Kb. | | #143176 |
Bog'liq Asakabank mahsulotlari to’g’risida omonat kartalari kreditlari Reja: - Asakabank haqida qisqacha ma’lumot
- Bank omonat kartalari
"Asakabank" — Oʻzbekistondagi ixtisoslashtirilgan aksiyadorlik jamiyati. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga koʻra 1995-yil 7-noyabrda tashkil etilgan. "Asakabank" — Oʻzbekistondagi ixtisoslashtirilgan aksiyadorlik jamiyati. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga koʻra 1995-yil 7-noyabrda tashkil etilgan. Boshqaruvi Toshkent shahrida joylashgan. Respublikaning barcha viloyatlari markazlarida jami 21 ta filiali va 4 ta mini bank mavjud, jumladan, Qoraqalpogʻiston (Nukus shahri)da, Asaka, Qoʻqon, shuningdek Toshkentda („Avtotransport“) filiallari bor. Respublikada avtomobil sanoati va unga xizmat koʻrsatadigan infratuzilmalarni rivojlantirishni moliyalash (asosan, „OʻzDEUavto“ qoʻshma korxonasi va unga butlovchi qismlar ishlab chiqarish loyihalari), Oʻzbekiston fuqarolariga avtomobillar sotib olishda qulayliklar yaratish, yalpi kredit hisob-kitob xizmatlari koʻrsatish, qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalar va boshqa xizmatlarni amalga oshiradi. 2022-yil 1-oktabr holatiga koʻra bankning jami aktivlari 49,5 trln soʻmni tashkil etmoqda. Bankning jami kapitali 6,5 trln.soʻmga teng boʻldi. 20 ta kredit liniyalari 23.5 trln soʻmga yetdi Respublika boʻyicha bank 1 ta savdo ofisi, 21 ta filial, 14 ta bank xizmatlar markazi, 4 ta minibank, 169 ta bankomat, 28 ta Infokiosklar, 65 ta „24/7 ATM“ budkalariga ega. Respublika boʻyicha bank 1 ta savdo ofisi, 21 ta filial, 14 ta bank xizmatlar markazi, 4 ta minibank, 169 ta bankomat, 28 ta Infokiosklar, 65 ta „24/7 ATM“ budkalariga ega. 2021-yilda Markaziy Osiyodagi eng yirik zavod sifatida ish boshlagan „FONON“ zargarlik zavodi „Asakabank“ tomonidan moliyalashtirilgan. Loyihaning umumiy qiymati 28,3 million yevroni tashkil qiladi. Ushbu qiymatning 19 million yevrosi „Asakabank“ mablag‘lari hisobidan tashkil qilingan
E’tiboringiz uchun rahmat!
|
| |