• Iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik huquqlar
  • Yangi taxrirdagi konstitutsiya




    Download 0,71 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/7
    Sana20.12.2023
    Hajmi0,71 Mb.
    #124355
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    kons.Full

    Siyosiy huquqlar. 
    O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini 
    boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga ega. 
    Bunday ishtirok etish o‘zini o‘zi boshqarish, referendumlar o‘tkazish va davlat 
    organlarini demokratik tarzda shakllantirish, shuningdek davlat organlarining 


    faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati vositasida amalga oshiriladi.Davlat 
    organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish tartibi 
    qonun bilan belgilanadi.O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari davlat xizmatiga 
    kirishda teng huquqqa egadirlar. 
    Davlat xizmatini o‘tash bilan bog‘liq cheklovlar qonun bilan 
    belgilanadi.Fuqarolar o‘z ijtimoiy faolliklarini O‘zbekiston Respublikasi 
    qonunlariga muvofiq mitinglar, yig‘ilishlar va namoyishlar shaklida amalga 
    oshirish huquqiga ega. Hokimiyat organlari faqat xavfsizlik nuqtai nazaridangina 
    bunday tadbirlar o‘tkazilishini to‘xtatish yoki taqiqlash huquqiga ega.O‘zbekiston 
    Respublikasi fuqarolari kasaba uyushmalariga, siyosiy partiyalarga va boshqa 
    jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqiga 
    egadirlar.Siyosiy partiyalarda, jamoat birlashmalarida, ommaviy harakatlarda, 
    shuningdek davlat hokimiyati vakillik organlarida ozchilikni tashkil etuvchi 
    muxolifatchi shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qadr-qimmatini hech kim 
    kamsitishi mumkin emas.Har kim bevosita o‘zi va boshqalar bilan birgalikda 
    davlat organlariga hamda tashkilotlariga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish 
    organlariga, mansabdor shaxslarga yoki xalq vakillariga arizalar, takliflar va 
    shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqiga ega.Arizalar, takliflar va shikoyatlar 
    qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda ko‘rib chiqilishi shart. 
    Iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik huquqlar 
    Har bir shaxs mulkdor bo‘lishga haqli.Bank operatsiyalarining, 
    omonatlarning va hisobvaraqlarning sir tutilishi, shuningdek meros huquqi qonun 
    bilan kafolatlanadi.Har kim munosib mehnat qilish, kasb va faoliyat turini erkin 
    tanlash, xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan qulay mehnat 
    sharoitlarida ishlash, mehnati uchun hech qanday kamsitishlarsiz hamda mehnatga 
    haq to‘lashning belgilangan eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan tarzda adolatli 
    haq olish, shuningdek ishsizlikdan qonunda belgilangan tartibda himoyalanish 
    huquqiga ega.Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori insonning munosib 
    turmush 
    darajasini 
    ta’minlash 
    zarurati 
    hisobga 
    olingan 
    holda 


    belgilanadi.Homiladorligi yoki bolasi borligi sababli ayollarni ishga qabul qilishni 
    rad etish, ishdan bo‘shatish va ularning ish haqini kamaytirish taqiqlanadi.Davlat 
    fuqarolarning bandligini ta’minlash, ularni ishsizlikdan himoya qilish, shuningdek 
    kambag‘allikni qisqartirish choralarini ko‘radi.Davlat fuqarolarning kasbiy 
    tayyorgarligini va qayta tayyorlanishini tashkil etadi hamda rag‘batlantiradi.Sud 
    qarori bilan tayinlangan jazoni ijro etish tartibidan yoxud qonunda nazarda tutilgan 
    boshqa hollardan tashqari majburiy mehnat taqiqlanadi.Bolalar mehnatining 
    bolaning sog‘lig‘iga, xavfsizligiga, axloqiga, aqliy va jismoniy rivojlanishiga xavf 
    soluvchi, shu jumladan uning ta’lim olishiga to‘sqinlik qiluvchi har qanday 
    shakllari taqiqlanadi.Har kim dam olish huquqiga ega.Yollanib ishlovchilarga dam 
    olish huquqi ish vaqtining davomiyligini, dam olish va ishlanmaydigan bayram 
    kunlarini, haq to‘lanadigan har yilgi mehnat ta’tilini belgilash orqali 
    ta’minlanadi.Har kim qariganda, mehnat qobiliyatini yo‘qotganda, ishsizlikda, 
    shuningdek boquvchisini yo‘qotganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa 
    hollarda ijtimoiy ta’minot huquqiga ega.Qonunda belgilangan pensiyalar, nafaqalar 
    va boshqa turdagi ijtimoiy yordamning miqdorlari rasman belgilangan eng kam 
    iste’mol xarajatlaridan oz bo‘lishi mumkin emas.Har kim uy-joyli bo‘lish huquqiga 
    ega.Hech kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi 
    mumkin emas. Uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati hamda 
    u ko‘rgan zararlarning o‘rni qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda oldindan 
    hamda teng qiymatda qoplanishi ta’minlanadi.Davlat uy-joy qurilishini 
    rag‘batlantiradi va uy-joyga bo‘lgan huquqning amalga oshirilishi uchun shart-
    sharoitlar yaratadi.Aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarini uy-joy bilan 
    ta’minlash tartibi qonun bilan belgilanadi.Har kim sog‘lig‘ini saqlash va malakali 
    tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega.O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari 
    tibbiy yordamning kafolatlangan hajmini qonunda belgilangan tartibda davlat 
    hisobidan olishga haqli.Davlat sog‘liqni saqlash tizimini, uning davlat va nodavlat 
    shakllarini, tibbiy sug‘urtaning har xil turlarini rivojlantirish, aholining sanitariya-
    epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash choralarini ko‘radi.Davlat jismoniy 


    tarbiya va sportni rivojlantirish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini 
    shakllantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi. 

    Download 0,71 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 0,71 Mb.
    Pdf ko'rish