professor Zufarov P.S.
«27» avgust 2015y.
Ma'ruza mavzusi:
O‘TKIR IChAK TUTILIShI
Davolash fakultetlarining 4-5 kurs talabalari uchun
Ma'ruza talabada mustakil fikr yuritishga, uz maksadiga erishishda mexnatsevar bulishni, kat'iyyatlikni, javobgarlik xissini va shaxs sifatida shakllanishni rivojlantiradi. Davlat mikyosiga ega bulgan bu ogir kasalliklarni davolash va profilaktikasida kelajakda vrach sifatida uning majburiyatlari va rolini shakllanishiga katta ta'sir kursatadi.
1. O‘tkir ichak tutilishi nimaligini – terminologiya.
2. O‘tkir ichak tutilishi klassifikatsiyasi.
3. O‘tkir ichak tutilishi klinikasi, diagnostika va diff. Diagnostika.
4. Xirurgik davo prinsiplari
5. Asoratlar va o‘lim.
O‘tkir ichak tutilishi (ichakning o‘tkir tutilishi, ileus, utkir ileus) – ichak yo‘lidagi tarkibiy kism passajining buzilishi bilan rivojlanuvchi xolat.
Korin bo‘shligi a'zolarining o‘tkir xirurgik kasalliklari o‘rtasida o‘tkir ichak tutilishi 3,5-9% ni tashkil etadi. Ko‘pincha ichak tutilishi 40-60 yoshda uchraydi. Ichak tutilishi ayollarga karaganda erkaklarda ko‘prok uchraydi. Yoz va kuz oylarida (iyul-oktyabr) o‘tkir ichak tutilishi bilan kasallanganlar soni ko‘prok uchraydi, chunki bu davrda o‘simlik ozukalari tarkibidagi kletchatka tushishi xisobiga ichaklar ko‘prok zo‘rikadi.
O‘tkir ichak tutilishi bilan bemorlarni davolashning natijalari avvalo kasallikni o‘z vaktida aniklashga boglik. Operatsiyadan keyingi o‘lim ko‘rsatkichi kasallik boshlanishidan boshlab 6 soatgacha kasalxonaga yotkizilgan bemorlar orasida 2,1—3,1% ni, 24 soatdan kechikib yotkizilganlar orasida 16,4—19,9% ni tashkil kiladi (Zaytsev V. T. muallifdoshlari bilan, 1989).
O‘tkir ichak tutilishidagi xar xil aspektlarni o‘rganish uzok tarixga ega. Bu kasallik xakidagi birinchi tushunchani Gippokrat bergan. Uning fikricha, ileus ichaklardagi gazlar xisobiga xosil bo‘ladigan yalliglanishlar natijasidagi kelib chikadigan xolat.
Gaz - 1) uzunlik va masofani oʻlchash uchun moʻljallangan qad. oʻlchov birligi; arshin. Oʻrta Osiyo, shu jumladan Oʻzbekistonning baʼzi joylarida zar deb ham yuritilgan. Qiymati 0,71 m deb qabul qilingan.
Galen o‘z ishlarida ichak tutilishiga yalliglanish xisobiga ichaklar peristaltikasi buzilishi sabab bo‘lishiga e'tibor kilgan. Bu olimlar laborator, patalogoanatomik tekshiruvlarsiz xamda zamonaviy anatomiya va fiziologiya bilimlariga ega bo‘lmay, ichak tutilishi patogenezida zaruriy elementlar – ichak xarakatini buzilishi, gaz va suyukliklar natijasida ichaklar kengayishini ko‘rsatib o‘tishgan. XVII asr boshlarida Riolan o‘tkir ichak tutilishida mexanik, obstruktiv va strangulyasion turlari mavjudligini isbotladi. Bu esa ileusni operativ davolash urinishlar boshlanishiga olib keldi.
Xozirgi kunda V.P. Petrov va I.A. yeryuxin (1985) taklif etishgan klassifikatsiyasi ko‘llaniladi.
Utkir ichak tutilishi klassifikatsiyasi:
-
Kelib chikishi bo‘yicha – tugma va orttirilagan.
Tugma ichak tutilishiga rivojlanish nuksonlari, ingichka va yo‘gon ichaklar atreziyalari sabab bo‘ladi.
-
Kelib chikish mexanizmi bo‘yicha – mexanik va dinamik.
2.1. Mexanik ichak tutilishi obturatsion (tutkich tomirlarini sikib ko‘ymasdan) va strangulyasion (tutkich tomirlarini sikib) va aralash (strangulyasion va obturatsion kombinatsiyasi) turlariga bo‘linadi.
2.2 Dinamik ichak tutilishi spastik va paralitik turlariga bo‘linadi.
3. Tutilish joyiga karab – yukori (ingichka ichak) va pastki (yo‘gon ichak).
4. Klinik kechishi bo‘yicha – to‘lik va kisman, o‘tkir va surunkali.
Ichakning dinamik (funksional) tutilib kolishi deganda ichakning motor faoliyati buzilishi bilan o‘tadigan patologik xolatlar tushuniladi, bunda mexanik to‘sik bo‘lmagani xolda uning tutilib kolishi sodir bo‘ladi.
Dinamik ichak tutilishiga korin bo‘shligidagi o‘tkir yalliglanish kasalliklari (appenditsit, xoletsistit, pankreatit, peritonit va boshkalar), korin orti soxasining yalliglanish kasalliklari (paranefrit), shikastlar va travmatik jarroxlik amaliyotlar, korin bo‘shligi a'zolarida kon aylanishni o‘tkir buzilishlari (talok infarkti, tutkich tomirlarini trombozi) sabab bo‘lishi mumkin. Undan tashkari dinamik ichak tutilishga metabolik o‘zgarishlar (diabetik, uremik koma), zaxarlanishlar (morfin, ko‘rgoshin bilan) olib kelishi mumkin.
Dinamik ichak tutilishi spastik va paralitik turlariga bo‘linadi.
Mexanik ichak tutilishida dinamik ichak tutilishidan farkli ravishda ichak bo‘ylab tarkibiy kismni passajini buzilishi mexanik to‘sik borligi bilan boglik.
Obturatsion ichak tutilishida (5-8% tashkil etadi) jarayonga ichak tomirlari ko‘shilmagani xolda ichak bo‘shligining ichkaridan bekilib kolishi ro‘y beradi. Uning sabalari o‘smalar, gijjalar, fitobezoarlar, o‘t toshlari, yot jismlar, najas toshlari bo‘lishi mumkin. Obturatsion tutilishi ichakni tashkaridan, yakin joylashgan a'zolardan chikkan usmalar, kistalar, xamda chandiklar xisobiga xam rivojlanishi mumkin. Lekin bunda tutkich tomirlari sikilmagan xolda bo‘lishi kerak.
Strangulyasion ichak tutilishida esa aksariyat ichak bo‘shligini tashkaridan sikib ko‘yishdan tashkari tutkich tomirlari sikilishi kuzatiladi. Bu esa ichakning kisilgan kismida kon aylanishini buzilishiga ko‘prok olib keladi. Ichak tutilishini bu turida ko‘prok destruktiv jarayon kuzatildi, endotoksikoz va peritonit tezrok rivojlanadi. Strangulyasion ichak tutilishi ichak tutilishni xamma turlari ichida 15-40% xolatlarida uchraydi.
Strangulyasion ichak tutilishiga ichaklar buralib kolishlari, tugun xosil bo‘lishi, churra darvozasida ichak kisilishlar kiradi.
Mexanik ichak tutilishining aralash turida obturatsiya xamda strangulyasiya birgalikda keladi. Bu xolatga yakkol misol deb invaginatsiyani keltirish mumkin. Invaginatsiya ko‘prok yosh bolalarda uchraydi. Unda ichakni bir kismi va uning tutkichi yonida joylashgan ichakka kirib koladi. Bunda ichak mexnik to‘sik rolida ishtirok etadi, tutkichi kisilib kolishi xisobiga tutkichs tomirlarda kon o‘tish to‘xtaydi.
Oxirgi vaktlarda aralash ichak tutilishiga ayrim mutaxasisslar chandikli ichak tutilishini kirita boshladilar. Chunki chandikli jarayonda xam ayna aralash ichak tutilishga xos xolat kuzatiladi.
Ichakning mexanik ayniksa strangulyasion o‘tkir tutilib kolishida kasallikning bir xil ogirlikda kechmasligini xisobga olib, yukori va past tutilib kolishni fark kilish muxim (yukori tutilib kolish birmuncha ogir kechadi).
Etiologiyasi va patogenezi. O‘tkir ichak tutlishini etioligik omillari ichida moyillik va olib keltiruvchi sabablarini achratish mumkin.
Moyillik xolatlar o‘tkir ichak tutilishi paydo bo‘lishiga asos bo‘lib koladi. Ular tugma va orttirilgan bo‘lishlari mumkin.
Tugma moyillik xolatlarga ichak tuzilishini anatomik anomaliyalari: ichakning ayrim kismlarini uzun yoki keng bo‘lishi (megakolon – kengaygan ichak, dolixosigma – uzun ichak), ichak burilishini noto‘lik bo‘lishi, tugma stenozlar, okklyuziyalar xamda ichakning nerv-mushak apparatining tugma nuksonlari (Girshprung kasalligi) kiradi.
Orttirilagan xolatlarga korin bo‘shligida bajarilgan jaroxlik amaliyotdan keyin va yalliglanishlardan keyingi paydo bo‘lgan chandiklar, orttirilgan churralar, o‘smalar, o‘t toshlari, fitobezoarlar, gijjalar, najas toshlari kiradi.
Moyllik xolatlarga balanssiz, noto‘gri ovkatlanishlar kirishi tasdiklangan.
Bir necha moyillik xolatlar bo‘lishiga karamay o‘tkir ichak tutilishi fakat olib keluvchi sabablar bo‘lganida rivojlanadi. Ular ichiga korin bo‘shligida birdan bosim oshib ketishi, ogir jismoniy zo‘rikish, ko‘p mokdorda ovkatlanish kiradi.
O‘tkir ichak tutilib kolishi bilan kasallangan bemorlarni davolash natijalari kasallikni o‘z vaktida aniklashga boglik.
Klinikasi va diagnostikasi.
O‘tkir ichak tutilishini diagnostika kilish kasallik anamnezi va bemor shikoyatlarini to‘gri taxlil kilish, umumiy xolatga va patologik jarayonning lokal ko‘rinishlariga, shuningdek turli xil ko‘shimcha yoki maxsus tekshirish usullari natijalariga baxo berishga asoslanishi kerak.
Ichak mexanik tutilib kolishining eng xarakterli simptomi - korinning tutib-tutib ogrishidir.
Ichakdagi suyuklikning so‘rilishiga to‘sik paydo bo‘lganligiga organizm muxofaza reaksiyasi bilan javob beradi, bu to‘lgoksimon ogrik ko‘rinishida yuzaga chikadigan kuchli peristaltika bilan ifodalanadi.
To‘sik xajmi ogrik xurujlarining kuchi, tezligi va davomliligi o‘zgarib turishi mumkin.
Obturatsion tutilib kolish uchun, masalan, u yo‘gon ichakda bo‘lsa, ogrik unchalik kattik bo‘lmaydi. Bemordan so‘rab-surishtirganda ogrik uni bir necha sutkadan bun bezovta kilayotganini aniklasa bo‘ladi. Aksincha tutilib kolishning strangulyasiya shakllari (buralib kolish va ayniksa tugun xosil kilish) deyarli to‘satdan keskin ogrik paydo bo‘lishi bilan kechadi, bunda nisbatan kiska fursatlar ichida birin-ketin ogrik xurujlari bo‘lib turadi.
Ogrik asta-sekin orta boradi, parez rivojlangandan keyin to‘sikdan yukorida u doimiy bo‘lib koladi. Bu peristaltikaning susayib ketishi bilan boglik. Buralgan joy kanchalik yukori joylashgan bo‘lsa, ogrik xuruji davomliligi shunchalik kam va xurujning o‘zi ogirrok bo‘ladi.
Ogrik reaksiyasini sinchiklab taxlil kilish kator xollarda mexanik tutilib kolishni dinamik tutilib kolishdan ajratibgina kolmay, balki uning strangulyasion turini obturatsion turidan ajratish imkonini beradi. Obturatsion tutilib kolishda xurujlar yo‘k paytida bemorlar deyarli ogrik sezmaydilar. Strangulyasion tutilib kolishda esa bemorlarda xuruj bo‘lmagan vaktida xam ogrik saklanib koladi, chunki ularda ogrik sindromi ikkita yo‘l bilan kelib chikadi: keskin to‘lgoksimon ogrik peristaltik to‘lkinlar natijasi bo‘lsa, to‘lgoksimon ogrik bo‘lmay turgan vaktlardagi simillagan doimiy ogrik - jarayonga tortilgan ichak tutkich segmenti tomirlari va nervlarining kisilishi okibati xisoblanadi.
Kasallikning boshida ayrim bemorlar ogrik paydo bo‘lgan yoki yo‘kolgan joyni yetarli darajada ko‘rsatib bera oladilar. Birok ko‘pincha ogrik butun korin bo‘ylab yoyiladi yoki kindik yoxud bel soxasida joylashadi.
Ogrik sindromi xarakteri va xususiyatlarini bemorni birinchi marta ko‘zdan kechirishning o‘zidayok aniklab olishga xarakat kilish kerak. Bemorning vakti-vakti bilan bezovtalanib turishi, yuz kiyofasidan ogrikdan iztirob chekayotganini paykash, peristaltik shovkinlarning shundokkina eshitilib turishi xurujsimon ogrik borligidan dalolat berishi mumkin. Xaddan tashkari ozgan bemorlarda ba'zan korin devori orkali ichak peristaltikasini ko‘rish mumkin.
Birok peristaltika xolati to‘grisidagi batafsil axborotni olish uchun korin bo‘shligini auskultatsiya kilish kerak bo‘ladi. Bunda uning fakat kuchayishi yoki sekinlashishini emas, balki paydo bo‘lgan joyi, shuningdek tarkalish zonasini xam kayd kilishga muvaffak bo‘ladi.
Korinni vakti-vaktida eshitib turish kasallik dinamikasi to‘grisida ma'lum darajada xulosa chikarishga imkon beradi. Korin bo‘shligini auskultatsiya kilishda aniklanadigan «tushayotgan tomchilar» simptomi (Spasokukotskiy simptomi) ichak o‘tkir tutilib kolishining xarakterli patognomonik belgisi xisoblanadi. Bu singib ketgan nom simptomining kelib chikishiga unchalik muvofik kelmaydi: gan «tushayotgan tomchilar» ustida emas, balki o‘zida suyuklik yoki gaz saklab turgan biror bo‘shlikka suyuklik yoki xavo pufakchalari kuyilishi to‘grisida borayapti.
Bu simptom ichakning shishib chikkan kovuzloklarida suyuklik va ozod gaz borligidan dalolat berib, ularda o‘tkazuvchanlikning bo‘zilganligini ko‘rsatadi. U to‘lik sustlashib kolgan va tez orada yo‘koladigan peristaltika vaktidagina aniklanadi. Bu simptomning topilishi xirurgga ichakning o‘tkir tutilib kolishi diagnozini kuyishga to‘lik asos bo‘la oladi.
Ayrim xolatlarda korinni auskultatsiya kilganda nafakat ichak peristaltikasi yo‘kolishi, balki yurak urishi va nafas olish eshitiladi (Loteissen simptomi).
«Ogrik boskichi» tugagandan va peristaltika yo‘kolgandan keyin ichakning mexanik tutilib kolishi emas, balki funksional tutilib kolishi birinchi o‘ringa chikadi. Dam bo‘lgan korinda doimiy tutash ogrik bo‘lgan, intoksikatsiya xodisalari ortib borayotgan bu davrda - kasallikning dastlabki tabiatini aniklash goyat kiyin.
Odatda, xirurg ichakning mexanik tutilib kolishining asorati - peritonit deb diagnoz ko‘yadi.
O‘tkir ichak tutilishda ko‘ngil aynishi va kusishning mustakil diagnostik axamiyati yo‘k. Chunki korin bo‘shligi a'zolarining deyarli xar bir o‘tkir kasalligida ko‘ngil aynishi va kusish bo‘ladi. Lekin kusish xarakteri ichak tutilib kolishining xar xil turlarida bir xil bo‘lmaydi. Odatda past strangulyasion tutilib kolishning boshlanishi bir yoki ikki marta reflektor kusish bilan o‘tadi. Yukori tutilib kolishda bemor ko‘p kusadi, kusish uni xoldan toydiradi, ko‘ngil bexuzur bo‘ladi, ko‘pincha xikichok tutishi va kekirish bezovta kiladi.
Mexanik va funksional tutilib kolishning kechikkan muddatlaridagi kusish birmuncha xarakterli, bunda peritonit belgilari paydo bo‘lishi motorika buzilib, ichak bo‘shligida yigilib borayotgan suyuklik yukoriga otilib chikadi. Shunga ko‘ra kusish xech kachon axvolni yengillashtirmaydi. Kasallik zurayib ketgan xollarda ichakning to‘sikdan yukori kismidagi suyukligi chirib parchalanishi natijasida axlat aralash kusish degan xolat ro‘y beradi.
Ichak tutilib kolishining patognomonik simptomi ichning kechikib kelishi yoki kelmasligi va yel chikmasligi xisoblanadi. Ayrim mualliflar ma'lumotlariga ko‘ra bemorlarning 60-70% ichning sira kelmasligi va yel chikmasligini, 16% - kisman ich kelmasligini kayd kilgan.
Ich kelmasligi va yel chikmasligining diagnostik axamiyatiga to‘gri baxo berish uchun kasallikning xar bir xodisasiga aloxida yondoshish kerak. Bu simptom ikkita xolda: chambar ichak terminal bo‘limida mexanik to‘sik bo‘lganda (sigmasimon chambar ichak buralishi, chambar ichak chap yarmi bo‘shligining to‘lik obturatsiyasi) va xazm trakti to‘lik adinamiyasida (falaji) bo‘ladi. Ichakda ajralmalar chikmasligi aksariyat uning tutilib kolganidan darak beradi.
Birok bemorda ich kelishi va yel chikishi bu patologiyani inkor etmaydi. Yil sayin ichakning bitishmalar sababli tutilib kolish xollari ko‘payib borayapti, bu aksariyat ingichka ichak kovo‘zloklaridagi jarayon bilan chegaralanib koladi. Shuning uchun bitishma jarayoniga ko‘shilmagan yo‘gon ichak bo‘shalib turishi mumkin. Shu munosabat bilan bemordan so‘rab-surishtirishda necha marta ich kelishi, uning o‘zicha kelish-kelmasligini aniklash muxim. Aksariyat ko‘shimcha ragbatlantiruvchi tadbirlardan keyingina juda oz mikdorda ich kelishi va yel chikishi kuzatilib turadi.
Korinni ko‘zdan kechirish ko‘p xollarda diagnoz ko‘yishda xal kiluvchi omil bo‘lishi mumkin. Korinda xar kanday xarakterdagi ogrik bo‘lgan bemorning korin devoridagi jarroxlik amaliyotdan keyingi chandiklar ichakning bitishmalardan tutilib kolganligini ko‘rsatadi. Bir muncha mualliflar ma'lumotlariga ko‘ra korin bo‘shligidagi bitishmalar 75—80% xollarda mexanik tutilib kolishga, 30—45% xollarda funksional (dinamik) tutilib kolishga sababchi bo‘ladi.
Korin dam bo‘lishi ichak tutilib kolishining muxim simptomi xisoblanadi. Darxakikat, ich kelmasligi va yel chikmasligi tez orada korin xajmining kattalashuviga olib keladi. Birok ko‘rsatib utilgan belgiga tankidiy baxo berish lozim. Aftidan, korinning dam bo‘lib shishib chikishi ichak tutilib kolishining erta belgisi bo‘lmasa kerak.
Ichakning mexanik tutilib kolishining xarakterli belgisi Val simptomi xisoblanadi. Val simptomi shishib chikkan ichak kovuzlogi tufayli chegaralangan meteorizm paydo bo‘lishidir.
Korinni paypaslab ko‘rish va perkussiya kilish korin bushligidagi o‘zgarishlar to‘grisida eng to‘lik tasavvur beradi. Perkussiya yordamida sigmasimon chambar yoki ko‘richak buralganda kisilgan kovuzlok chegarasini aniklash - yukori chegaralangan timpanit simptomi (Kivul simptomi), peritonit sababli funksional tutilib kolishda korin bo‘shligida ozod suyuklik borligidan paykash mumkin.
Ichak tutilib kolganligini aniklashda korinni palpatsiya kilish auskultatsiya singari katta axamiyatga ega. Xirurg korinni paypaslab ko‘rishda korin pardasi ta'sirlanish simptomlari bor-yo‘kligini, «chaykalish shovkini» (Mate-Sklyarov simptomi) borligini aniklashga xarakat kilib ko‘rishi kerak.
O‘tkir ichak tutilishida korin, odatda, yumshok bo‘ladi va ichak devori destruksiyasida va peritonit rivojlangandan keyingina muskullari tarang tortadi. Birok bu simptom anik namoyon bo‘lish davri odatda kiska bo‘ladi, chunki tez orada meteorizm paydo bo‘ladi.
Shishib chikmagan korinni paypaslab ko‘rishda invaginatsiyada kolbasasimon shish, yalliglanish infiltrati va boshka tuzilmalar anikdanishi mumkin.
«Chaykalish shovkini» ichak o‘tkir tutilib kolishining patognomonik simptomi xisoblanadi. Uni ichak kovuzloklarida ma'lum mikdorda dimlangan suyuklik paydo bo‘lganda va kamrok xollarda bitta kovuzlok kisilib kolganda aniklash mumkin.
Tugri ichakni barmok bilan, ayollarda esa kinni tekshirish zarur. Bu tadbir kovuk bo‘shatilgandan keyin bajarilishi kerak. Ichakning obturatsion tutilib kolishida o‘sma yoki obturatsiya kiladigan boshka to‘zilma aniklanishi mumkin. Birok u yoki bu patologik tuzilmalar aksariyat kasallikning kechikkan boskichlarida topiladi. Kichik chanok bo‘shligida suyuklik yigilishi kin gumbazi orka kismining osilib kolishi yoki kalkib turishi, tekshirishda ogrishi bilan yuzaga chikadi.
Sigmasimon chambar ichak uchun xarakterli belgi - to‘gri ichak sfinkteri ochik turgan xolatda uning ampulasi bo‘sh xolatda (ballonsimon kengayish) bo‘lib, unga Obuxov kasalxonasi simptomi deyiladi.
Instrumental tekshirish usullari.
O‘tkir ichak tutlishi bilan bemorlarga tashxis ko‘yishda rentgenologik tekshirish kata axamiyatga ega. Rentgenologik tekshirish ichak tutilib kolishining xarakterini va darajasini aniklashga imkon beradi.
Ichak tutilishida rentgenologik tekshiruv asosini (kontrast moddalar ko‘llamasdan) ichak kovuzloklarida yel va suyuklik satxlarini (Kloyber kosachalari) aniklash mumkin. Rentgenologik tekshiruvida normada korin bushligi gomogen korongilashgan, fakat chap diafragma ostida me'daning gaz pufagi va undagi suyuklik satxini ko‘rish mumkin; chambar ichakning chap yarmi xam odatda ozrok mikdorda gaz tutadi. Ingichka ichak kovuzloklarida gaz bo‘lmaydi.
Kloyber kosachalarini aniklash uchun bemorni vertikal xolatda turganda tekshirish kerak. Birok bemor axvolining ogirligidan xamma vakt shunday kilishga imkon bo‘lavermaydi. Bunday xollarda tekshirishni lateropozitsiyada o‘tkazish, ya'ni bemorni o‘ng yoki chap yonboshi bilan yotgan xolatida tekshirish maksadga muvofik bunda rentgen nurlari orka tomondan yunaltirilishi lozim.
Kloyber kosachalarini joylashishi va shakliga karab ichak tutilishini joyini aniklash mumkin. To‘sik ingichka ichakda bo‘lsa Kloyber kosachalari kichik bo‘lib, suyuklik satxining gorizontal kengligi uning ustidagi gazning vertikal o‘lchamidan uzun bo‘ladi. Gaz fonida shillik kavat burmalari yaxshi ko‘rinadi (Kerkring burmalari). Ular spiral shakllga ega buladi. Kloyber kosachalari ko‘prok korin bo‘shligining o‘rtasida joylashgan bo‘lib, soni ko‘p bo‘ladi.
Yo‘gon ichak tutilishida Kloyber kosachalari korin bo‘ligining chetlarida joylashib, soni kam bo‘ladi. Suyuklik satxining gorizontal kengligi uning ustidagi gazning vertikal o‘lchamidan kiska.
Dinamik ichak tutilishida gorizontal suyuklik satxilar xam ingichka, xam yo‘gon ichaklarda bo‘ladi.
Ayrim xollarda rentgenkontrast tekshiruv kilish lozim bo‘ladi. Ularga ayaydigan irrigoskopiya va yarimstakanli bariy sinamasi kiradi.
Bu tekshiruvlardan tashkari zond orkali enterografiya kilish xam mumkin. Bunda kontrast modda to‘gridan-to‘gri 12 barmogli ichakka tushadi va oshkozonda kontrast moddani turib kolishlardan ozod kiladi.
Xozirgi kunda o‘tkir ichak tutilishi tashxisi ko‘yishda ultratovush tekshiruvlari ko‘llanilyapti. UTT da ichak bo‘ligida ichak maxsuloti yigilib kolganini aniklash mumkin.
Konni taxlil kilganda degidratatsiya va gemokonsentratsiya belgilarini aniklash mumkin – gemoglobin va eritrotsitlar ko‘pligi, gematokritni oshishi. Kasallikni oxirgi boskichlarida esa leykotsitoz va EChTni oshishi kuzatiladi. Konni taxlil kilgada ko‘prok uning elektrolitlar mikdori axamiyatga ega. Unda kaliy va xloridlar mikdorini kamayib ketganligi xamda kislota-ishkoriy muxitni alkalozga (kasallik boshlanish davrida) yoki atsidozga (kasallik rivojlanish davrida) o‘zgarganligi aniklanadi.
Differensial diagnostikada bemorni kasallik dinamikasida (2-3 soat ichida) tekshirish katta axamiyatga ega. Ichak mexanik tutilib kolganda peristaltika anik ko‘rinadi (kovuzloklar o‘z joyini o‘zgartiradi), Kloyber kosachalarining joylashgan joyi o‘zgaradi; gaz bo‘lishiga karamay, ingichka ichak diametri yo‘gon ichak diametridan xech kachon oshmaydi. Ichakning funksional tutilib kolishi peristaltik to‘lkinlar bo‘lmasligi bilan xarakterlanadi, gaz va suyuklik yo‘gon va ingichka ichaklarda joylashadi, bu manzara ko‘p soatlar mobaynida amalda o‘zgarmaydi Kloyber kosachalari sonigina oshadi va meteorizm ko‘payadi. Aksariyat ingichka ichak diametri yo‘gon ichak diametridan kattarok.
Kiyin diagnostik xollarda kontrast moddalar yuborib rentgenologik tekshirish tavsiya etiladi.
Korin bo‘shligini odatdagi obzor tekshirishdan farkli ravishda kontrast modda ko‘llanib rentgenoskopiya kilish metodining diagnostik imkoniyatlarini birmuncha kengaytiribgina kolmay, balki tutilib kolgan joyning ko‘rinishi va uning joylashgan o‘rnini anik belgilash imkonini beradi. Bundan tashkari, Kloyber kosachalari, Kerking burmalari kabi simptomlar kontrast modda ko‘llangan sharoitlarda birmuncha ravshan bo‘lib koladi.
Endoskopik tekshirish usullari ichak tutilib kolishi diagnozini aniklashda katta yordam berishi mumkin. Rektoromanoskopiyada, kolonoskopiyada yo‘gon ichakda uning obturatsiyasini keltirib chikaradigan o‘smani aniklash mumkin (kolonoskop yordamida yonbosh ichakning distal kismini ko‘zdan kechirishga muvaffak bo‘ladi).
Shubxali diagnostika xollarida taktik yo‘llanma xammaga ma'lum: bemor kasalxonaga keltirilgan vaktdan boshlab 2 soat ichida o‘tkir ichak tutilishini istisno kilish mumkin bo‘lmasa, bemor axvoli esa yomonlashib boraversa, diagnostik laparotomiya kilishga utiladi.
O‘tkir ichak tutilishida xirurg xatti-xarakati va konservativ davolash usullari. O‘tkir ichak tutilishi bo‘lganda, shuningdek shu kasallikka taxmin kilingan xamma bemorlar shoshilinch jarroxlik bo‘limiga yotkizilish kerak.
Ularga ogrik, giperperistaltikaga karshi kurash, intoksikatsiyani bartaraf kilish va gomeostaz buzilishlarini (OTSKni to‘ldirish, suv-elektrolit va oksil almashinuvini tiklash) izga solishga karatilgan konservativ davolashni buyurish zarur.
| Kurash - sport turi, belgilangan qoidaga muvofiq ikki sportchining yakkama-yakka olishuvi. Kurashish sanʼati koʻp xalqlarda qadim zamonlardan buyon maʼlum. K. ayniqsa Yunonistonda keng tarqalib, qad. olimpiada musobaqalaridan doimiy oʻrin olib kelgan. |
Infuzion davolash xajmi bemor axvolining ogir-yengilligi va kasallikning kancha muddatdan buen borligi bilan belgilanadi.
Diagnoz noanik bo‘lganda promedol va narkotik analgetiklar ko‘llanishdan saklanib turish kerak.
Konservativ davolash bemorni tekshirish bilan parallel xolda maksimal xajmda o‘tkaziladi. Ichak tutilib kolishi ogir kechayotgan bemorlarda konservativ davolash operatsiyadan oldingi tayyorgarlik sifatida, ko‘pi bilan 30—40 minut ichida o‘tkaziladi.
O‘tkir ichak tutilishi diagnozi tasdiklangan bemorlarda konservativ davolash ko‘pi bilan 2 soat utkaziladi.
Konservativ davolash kompleksi oshkozon ichak traktini yukori bo‘limlarini me'daga (yoki yaxshisi o‘n ikki barmokli ichakka) zond kiritish vositasida turib kolgan suyuklikni passiv okizish yoki past bosim ostida (masalan, suv okimi nasosi yordamida) chikarishni o‘z ichiga oladi. Me'dani 1-2% li natriy gidrokarbonat eritmasi bilan yuvish maksadga muvofik.
Venaga 10% li natriy xloridni sutkasiga 1-2 marta 20 ml dan, 500-1000 ml dan 5-10% li glyukoza eritmasiga insulin ko‘shib (4g kuruk glyukoza moddasiga 1 TB xisobida), elektrolit, ayniksa kaliy almashinuvini normaga solish yo‘li bilan motorikani tiklasa bo‘ladi. Kaliy tankisligi nerv impulslarining sinaptik tuzilmalarga o‘tishiga yomon ta'sir kiladi; ichak atoniyasining gipokaliemiya natijasida rivojlanishi yaxshi ma'lum. Birok kaliy darajasining o‘zigina emas, balki kaliy, natriy va kalsiy ionlarining normal nisbati xam muxim.
Konservativ davolashning ta'sirchanligiga baxo berishga bemorning umumiy xolati (shikoyatlari, gemodinamika ko‘rsatkichlari va b.) va, nixoyat, korin tomonidan bo‘lgan o‘zgarishlar (o‘lchami, peristaltika borligi, korin pardasining ta'sirchanligi, motorika ragbatlantirilgandan keyin ich kelishi va b.), davolash jarayonidagi rentgenologik manzara dinamikasi mezon bo‘lib xisoblanadi. Utkazilayotgan davolashning naf bermasligi, ustiga-ustak bemor umumiy xolatining yomonlashuvi (meteorizm oshishi, intoksikatsiya) operatsiya kilishga ko‘rsatma bo‘ladi.
Ichakdagi destruksiya simptomlarida (keskin lokal ogrik korin pardasi ta'sirlanishining lokal simptomlari, defans, meteorizm, kusish, peristaltika bo‘lmasligi, «chaykalish shovkini» va b.) asosiy davolash tadbiri sifatidagi operatsiyaga mutlok ko‘rsatmalar vujudga keladi. Konservativ davolashni operatsiyadan oldingi jadal tayyorgarlik doirasida o‘tkaziladi, xolos.