Irsiyatning molekular asoslariga doir masalalarni yechish bo`yicha tavsiyalar




Download 14,54 Kb.
Sana07.02.2024
Hajmi14,54 Kb.
#152874
Bog'liq
Masala dnk


Irsiyatning molekular asoslariga doir masalalarni
yechish bo`yicha tavsiyalar
Belgilarning irsiylanishiga doir masalalar yechishda gen va uning ishiga doir ma’lumotlarga ega bo`lish katta ahamiyatga ega. Ma’lumki, gen – irsiy zarracha, u dezoksiribonuklein kislota (DNK) ning ma’lum qismi, u oqsilning birlamchi tarkibini, ya’ni oqsilning polimer zanjirida aminokislotalarning qancha va qanday izchillkda joylashganligini belgilaydi. Irsiy belgilarni nasldan-naslga olib o`tishda, gen bilan belgi o`rtasidagi munosabat gen-oqsil-ferment tartibida amalga oshadi. Gen DNK ning bir bo`lagidir. DNK tuzilishiga ko`ra biologik polimer, qo`sh zanjirdan iborat. DNK ning monomeri nukleotid bo`lib, har bir nukleotid 4 xil azotli asosdan: adenin, guanin, timin, sitozinlardan iborat. Bu asoslar DNK zanjirida komplementarlik qonuni asosida joylashadi. Agar nukleotid zanjirining birida purin asosidan A (adenin) joylashsa, ikkinchi nukleotid zanjirida uning qarshisida T (timin) joylashadi. Guaninning (G) qarshisida sitozin (S) joylashadi. Asoslar Н-ionlari orqali birlashadi. DNK ning polimer zanjirida asosli asoslar fosfat kislota qoldig`i bilan birlashadi. DNK ning asosini dezoksiriboza tashkil etadi.
2-jadval
GENETIK KOD

Kodning birinchi nukleotidi

Kodning ikkinchi nukleotidi

Kodning uchinchi nukleoti-di




U

S

A

G




U

Fenilalanin
Fenilalanin
Leysin
Leysin

Serin
Serin
Serin
Serin

Tirozin
Tirozin
+Nonsens
+Nonsens

Sistein
Sistein
+Nonsens
Triptofan

U
S
A
G

S

Leysin
Leysin
Leysin
Leysin

Prolin
Prolin
Prolin
Prolin

Gistidin
Gistidin
Glutamin kislota
Glutamin kislota

Arginin
Arginin
Arginin

Arginin


U
S
A

G


A

Izoleysin
Izoleysin
Izoleysin
++Metionin

Treonin
Treonin
Treonin
Treonin

Aspargin kislota
Aspargin kislota
Lizin
Lizin

Serin

Serin

Arginin
Arginin


U

S


A
G

G

Valin
Valin
Valin
+++Valin

Alanin
Alanin
Alanin
Alanin

Asparagin
Asparagin
Glutamin
Glutamin

Glitsin
Glitsin
Glitsin
Glitsin

U
S
A
G

+ - Polipeptid zanjirining oxirini ifodalaydi.
++ - Polipeptid zanjirining sintezini boshlovchi polipeptid bog`ining oxirini ifodalaydi.
+++ - Nonsens kodlar.

RNK (ribonuklien kislota) ham nuklein kislota hisoblanib, u bitta zanjirdan iborat. Unda azotli asoslardan: adenin, guanin, sitozin, uratsil, fosfat kislota qoldig`i, pentozalardan-riboza uchraydi. Hujayrada RNK ning 3 xili, ya’ni iRNK (axborot tashuvchi), tRNK (aminokislotalarni tashuvchi) va rRNK (ribosomal) borligi aniqlangan.


DNK dagi nukleotidlar ketma-ketligi ma’lum ma’noga ega. Oqsilning birlamchi tarkibi haqidagi axborot DNK molekulasidagi nukleotidlarning joylanish tarkibi bo`yicha joylashadi. Bu axborotning RNK ga ko`chirilishi genetik kod orqali amalga oshadi. Genetik kod jadvalidan foydalanilgan holda irsiyatning molekular asoslariga doir masalalarni yechish mumkin. Shuningdek, masala yechishda genetik koddagi nukleotidlarning joylanishiga e’tibor berish kerak. Genetik kod jadvalida (vertikal) 2-jadvalning bo`yiga kodning birinchi nukleotidi, eniga (gorizantal) kodning ikkinchi nukleotidi va o`ng tomonda, chetda jadvalning bo`yiga kodning uchinchi nukleotidi joylashtirilgan. Nukleotidlarning kesishgan joyidagi katakchalarda ma’lum bir genetik kod tomonidan tashiladigan aminokislotaning nomi keltirilgan. Masalan: USG –kodoniga serin aminokislotasi to`g`ri keladi.
Download 14,54 Kb.




Download 14,54 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Irsiyatning molekular asoslariga doir masalalarni yechish bo`yicha tavsiyalar

Download 14,54 Kb.