|
Reja uchinchi sinfda musiqa o’qitishning mazmuni va maqsadi. Uchinchi sinf o’quvchilarining psixologik – fiziologik xususiyatlari
|
bet | 1/3 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 58,77 Kb. | | #113134 |
Bog'liq 9-mavzu umumtalim 9-MAVZU: UMUMTA’LIM MAKTABINING 3- SINFDA MUSIQA O’QITISHNING VAZIFALARI VA MAZMUNI 2-SOAT REJA Uchinchi sinfda musiqa o’qitishning mazmuni va maqsadi. Uchinchi sinf o’quvchilarining psixologik – fiziologik xususiyatlari. ahamiyati. Uchinchi sinfda yil, chorak, dars mavzulari va ularni o’quvchilar yoshi va qiziqishiga mosligi. Uchinchi sinf o’quvchilari o’zlari psixologik – fiziologik xarakteriga ko’ra 1 – 2 sinflardan ancha farq qiladi. Ularning diqqat e’tibori turg’un, xotirasi kuchli, ovoz apparatlari shakllangan, nutqi ravon, vokal – xor malakalariga, musiqa haqida bilimga ega bo’ladilar. Uchinchi sinf o’quvchilari ovoz diapazoni do1-mi2. Shunga qaramasdan, darsning har bir elementi tajribalarga asoslanib tushuntirish lozim. Uchinchi sinf dars rejisini tuzganda ayniqsa, ijodiy yondoshish uning strukturasini mantiqan bog’lab turish, asarlar tartibini sinf imkoniyatiga muvofiq belgilash, bolalarni musiqaga qiziqish uyg’otib, badiiy emosional kechinmalarini vujudga keltirish, ularni ovoz diapazoniga moslab reja tuzish kerak O’quvchilarni o’quv jarayonida musiqani hayotiyligi, soddadan murakkabga qarab uzluksiz rivojlanishi, musiqaning nazariyasi va janrlari, tuzilishi va mohiyati, boshqa san’at turlari bilan aloqasi haqida bilimga ega bo’ladilar. Musiqa savodidan notaga qarab kuylash qobiliyatlari ongli ravishda rivojlanadi. O’qituvchining qo’l harakatiga qarab va ularni qo’llarini harakatga keltirib turli mashq va qo’shiqlarni kuylay oladilar. Bu o’rganilayotgan musiqiy asarlarning janrlarini aniqlashda sof intonasiyada to’g’ri kuylashga va qo’shiq mazmunini ifodali qilib, badiiy jihatdan to’g’ri ijro etishda muhim rol o’ynaydi. Bunga misol qilib kompozitor F.Nazarov va shoir P.Mo’minning “Qish chog’lari” qo’shig’i kompozitor Sh.Yormatov va shoir Zulfiyaning “Qor qo’shig’i”, kompozitor N.Norxo’jayev va P.Mo’minning “Salom bergan bolalar”, “Gul terdi gullar” kabi asarlarni keltirishimiz mumkin.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Reja uchinchi sinfda musiqa o’qitishning mazmuni va maqsadi. Uchinchi sinf o’quvchilarining psixologik – fiziologik xususiyatlari
|