• Dilmurodov Ulugbekning “ Moliya bozori va moliyaviy texnologiyalar ”
  • Pul taklifi. Bank mul’tiplikatori. Pul bozoridagi muvozanat. Pul tushunchasi va uning funktsiyalari. Pul agregatlari.
  • 1) to`lov vositasi (almashinuv vositasi); qiymat o`lchovi vositasi,. jamgarish ( boylik to`plash) vositasi
  • Toshkent moliya instituti sirtqi fakultet




    Download 95,38 Kb.
    bet1/4
    Sana26.09.2024
    Hajmi95,38 Kb.
    #272558
      1   2   3   4
    Bog'liq
    Moliya Bozori Nazorat ishi IX-50-2 Dilmurodov U


    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


    TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI



    SIRTQI FAKULTET

    IQTISODIYOT, BOSHQARUV, SOLIQLAR VA SUG’URTA” KAFEDRASI


    IQTISODIY XAFSIZLIK” TA’LIM YO‘NALISHI


    3-KURS IX-50-2 GURUHI TALABASI
    Dilmurodov Ulug'bekning

    Moliya bozori va moliyaviy texnologiyalar ”




    FANIDAN
    NAZORAT ISHI
    Toshkent 2022


    Mavzu: Pul bozori.

    Reja:


    1. Pul tushunchasi va uning funktsiyalari.

    2. Pul agregatlari.

    3. Pul taklifi. Bank mul’tiplikatori.

    4. Pul bozoridagi muvozanat.



    1. Pul tushunchasi va uning funktsiyalari. Pul agregatlari.

    Pul – iqtisodiyot sub`ektlari mulkining bir turi bo`lib, mulkning boshqa turlaridan ikki xususiyatiga ko`ra farq qilad: birinchidan, pul yuqori likvidliliklar, ya`ni qiska muddatda, sezilarsiz sarf - xarajatlar bilan boshqa buyumga ayirboshlanish qobiliyatiga ega; ikkinchidan baxolar o`zgarmas bo`lgan sharoitda pul yoki xech qanday daromad keltirmaydi, yoki uning daromadliligi darajasi boshqa mulk turlarinikidan ancha kam. Shunga qaramasdan kishilar nima uchun mulk sifatida pulga egalik qilishga xarakat qiladilar? Bu savolga javobni pulning funktsiyalaridan topamiz.
    Odatda pulning uch asosiy funktsiyasi mavjud deb qaraladi.
    Bular : 1) to`lov vositasi (almashinuv vositasi); qiymat o`lchovi vositasi,. jamgarish ( boylik to`plash) vositasi.
    Umumiy ekvivalentlilik, yuqori likvidlilik xususiyatlari pulni ideal to`lov vositasiga aylantiradi. Xozirgi zamon iqtisodiyotida to`lovlar uch yo`l bilan amalgam oshiriladi: 1) naqd pul to`lovi; 2) bankdagi xisobvaraqlarda yozuv orqali, ya`ni naqd bo`lmagan pul ko`chirish orqali; 3) bir shaxsning ikkinchi shaxsga qarzdorliligini tasdiqlovchi xujjatlar( veksellar, qarz majburiyatlari) yordamida.
    Qiymat o`lchovi sifatida pullar tovarlar baxosini ifodalaydi va turli tovarlar qiymatini taqqoslash imkonini beradi.
    O`z tovari uchun olgan pulini sotuvchi doim xam birdaniga ishlatvermaydi. Shu sababga ko`ra pullar ularga o`tkazilgan qiymatni saqlab turishlari juda muxim. Agar pul aytilgan xususiyatga ega bo`lsa, unda u boylik to`plash maqsadida jamg’ariladi. Pulning bu funktsiyasini muqobil tarzda mulkning boshqa turlari - obligatsiyalar, aktsiyalar, ko`chmas mulk xam bajarishi mumkin.
    Rivojlangan iqtisodiyot sharoitida pulning to`lov vositasi sifatidagi vazifasi jamg’arish vositasi vazifasiga nisbatan muximroq axamiyat kasb etadi.
    Pulning yuqori likvidliligi va qiymatni saqlab turishi xususiyatlar barcha turdagi to`lov vositalarida bir xil emas. Naqd pullar va muddatsiz depozitlarning likvidliligi djarajasi muddatli depozitlarga yoki veksellarga qaraganda yuqoriroq. Shu sababli pul massasi likvidlilik darajasining pasayib borishi tamoyiliga asoslangan agregatlarga bo`linadi. Rivojlangan mamlakatlarda pul massasini aniqlashda - M1; M2; M3; M4 deb belgilanadigan pul agregatlaridan foydalaniladi.
    Pul agregatlarining tarkibi va miqdori turli mamlakatlarda o`zaro farq qilish mumkin. Quyida umumlashtirib olingan pul agregatlari tarkibini keltiramiz:
    “M0- bank tizimidan tashqaridagi naqd pullar va tijorat banklarining
    Markaziy bankdagi rezervlari;
    M1 = M0 + muddatsiz depozitlar, yo`l cheklari va boshqalar;
    M2 =M1 + (mikdori va muddati cheklangan) muddatli depozitlar va boshqalar ;
    M3 = M2+(mikdori va muddati cheklanmagan) muddatli depozitlar va boshqalar”*
    Makroiqtisodiy taxlilda M1 va M2 pul agregatlari eng ko`p foydalaniladi. Pul agregatlarining dinamikasi turli sabablarga bog’liq. Masalan, daromadlarning oshishi natijasida M1ga talab tezroq o`ssa, foiz stavkasining o`sishi natijasida M2 va M3ga talab M1ga nisbatan tezroq o`sadi.

    Download 95,38 Kb.
      1   2   3   4




    Download 95,38 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent moliya instituti sirtqi fakultet

    Download 95,38 Kb.