|
Toshkent moliya instituti sirtqi fakultet
|
bet | 3/4 | Sana | 26.09.2024 | Hajmi | 95,38 Kb. | | #272558 |
Bog'liq Moliya Bozori Nazorat ishi IX-50-2 Dilmurodov UPul bozoridagi muvozanat.
Pul bozori modeli pulga talab va taklifni birlashtiradi. Dastlab, soddalik uchun pul taklifi Markaziy Bank tomonidan nazorat qilinadi va (M/P)s darajasida qayd qilingan deb olamiz.
Agarda M -pul taklifini, P-narxlar darajasini bildirsa, M*/P* pul vositalarining real zaxirasi miqdorini ko`rsatadi.
(M/P) s = M*/P* Bu erda: M - pul taklifi darajasini bildiradi;
P – baxolar darajasi (ushbu modelda ekzogen o`zgaruvchi )ni ko`rsatadi.
Shuning uchun real pul vositalari taklifi grafikda ko`rsatayotganimizdek vertikal chiziq ko`rinishiga ega bo`ladi. Bu xolat foiz stavkasi qanchalik o`zgarishiga qaramasdan real pul taklifi mikdori o`zgarmasdan qolgan vaziyatni aks ettiradi.
Baxolar darajasini xam barqaror deb qabul qilamiz. Bu xolatda real pul taklifi M*/P* ga teng va grafikda Ms to`gri chiziq ko`rinishiga ega bo`ladi.
Pul talabi berilgan daromad darajasida foiz stavkasiga teskari proportsional egri chiziq ko`rinishiga ega. Muvozanat nuqtasida pul talabi va taklifi o`zaro teng.
Pul bozorida muvozanatni o`rnatish va saqlab turish mexanizmi qimmatli qogozlar bozori rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitida muvafaqqiyatli amal qiladi. Pul bozoridagi muvozanat tovarlar va xizmatlar bozoridagi muvozanat singari makroiqtisodiy muvozanatning muxim tarkibiy qismidir.
XULOSA
Pul to`lov, jamgarish va qiymat o`lchovi funktsiyalarini bajaruvchi, yuqori likvidli tovardir. Pul tushunchasi faqatgina naqd pullar bilan cheklanib qolmasdan, uning tarkibiy elimentlari likvidlilik darajasi tushib borishiga qarab agregatlarga ajratilgan. Makroiqtisodiy taxlilda e`tibor ko`proq M1 va M2 agregatlariga qaratiladi.
Pulga bo`lgan umumiy talab bitimlar uchun pulga talab, extiyotkorlik vajidan pulga talab va moliyaviy aktivlar uchun pulga talab yig’indisidan iborat.
Pulga bo`lgan talab xajmi YAIM (daromad) xajmi, baxolar darajasi, pulning aylanish tezligi va foiz stavkasiga bog’liq.
Pul emissiyasi faqat Markaziy bank vakolatiga kirsada, tijorat banklari xam kredit berib pul taklifini ko`paytirish qobiliyatiga ega.
Tijorat banklarining pul taklifini keltirib chiqarish imkoniyati majburiy zaxira normasini belgilash orqali tartibga solib turiladi.
Umumiy pul taklifi nafaqat joriy xisoblardagi mablag’lardan, balki axoli qo`lidagi naqd pullardan xam tashkil topadi. Pul taklifi miqdori majburiy zaxira normasi, deponentlash koefitsenti va pul bazasi miqdoriga bog’liq.
Maxsulotlar bozoridagi kabi pul bozorida xam pulga bo`lgan umumiy talab va taklif muvozanat nuqtada kesishadi. Maxsulotlar bozorida muvozanat nuqtani narxlar tengligi asoslasa, pul bozorida esa bunday tenglikni foiz stavkasi belgilaydi.
|
| |