|
Toshkent moliya instituti sirtqi fakultet
|
bet | 2/4 | Sana | 26.09.2024 | Hajmi | 95,38 Kb. | | #272558 |
Bog'liq Moliya Bozori Nazorat ishi IX-50-2 Dilmurodov UPul bozori — moliya bozorining asosan qisqa muddatli (bir yilgacha) kredit operatsiyalari amalga oshiriladigan qismi. Pul bozoridagi operatsiyalar firmalarning aylanma kapitali harakatiga, banklarning qisqa muddatli resurelariga xizmat koʻrsatadi. Keng maʼnoda Pul bozori xususiy shaxslar, davlat, nobank davlat muassasalari pulga talab bilan va banklar pul taklifi bilan chiqadigan bozordir. Pul bozori vaqtincha yetishmayotgan aylanma vositalarni toʻldirish imkoniyatini beradi. Pul bozorining asosiy ishtirokchilari — Markaziy bank va tijorat banklari hisoblanadi. Keyingi yillarda bankdan tashqari moliya vositachilari (mas, AQShdagi P.b, hamkorlik fondlari) ham ishtirok etadi. Pul bozorida yuqori likvidlikka ega boʻlgan qimmatbaho qogʻozlar — xazina va tijorat veksellari, depozit sertifikatlari, bank akseptlari, qimmatli qogʻozlar, munitsipal veksellari va boshqa qatnashadi. Pul bozori iqtisodiyotni boshqarishning muhim obʼyektlaridan biridit. Pul bozori davlat harajatlarini kreditlash va byudjet taqchilligini qoplashning manbai sifatida katta ahamiyatga ega. Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari rivojlanishi bilan xalqaro Pul bozorilari paydo boʻldi (eng yiriklari Amerika Pul bozori, Yevropa Pul bozori).1
Pul taklifi. Bank mul’tiplikatori.
Pul taklifi (Ms) o`z ichiga bank tizimidan tashqaridagi naqd pullar (S) va zarur bo`lganda (D) iqtisodiy agentlar bitimlar uchun ishlatishi mumkin bo`lgan depozitlarni oladi:
Ms = S+D.
Aksariyat mamlakatlarda davlat pul chiqarishda monopol xuquqka ega.. Uni amalga oshirish xuquqi nisbatan mustaqil muassasa Markaziy bank ixtiyorida. “Markaziy bank O`zbekiston Respublikasi xududida qonuniy to`lov vositasi sifatida banknotlar va tangalar ko`rinishidagi pul belgilarini muomalaga chiqarish mutlaq xuquqiga ega”. Ammo pul taklifini ko`paytirish imkoniga yoki pul yaratish qobiliyatiga tijorat banklari xam ega. Ular kreditlar bera borib, to`lov vositalari emissiyasini yoki kredit mul’tiplikatsiyasini amalga oshiradi. Masalan, A bankning depoziti 2000 so`mga o`sgan bo`lsa, zaxira normasi 20 % ga teng bo`lganda (zaxira normasi – tijorat banklar depozitlarining ma`lum qismini Markaziy bankda saqlab turish normasi), u 400 so`mni Markaziy bankda zaxiralab, qolgan 1600 so`mni karzga beradi. Shunday kilib, A bank pul taklifini 1600 so`mga ko`paytiradi va u endi 2000+1600=3600 so`mni tashkil etadi. Ya`ni, omonatchilarning depozitlardagi 2000 so`mdan tashqari yana 1600 so`m qarz oluvchilar qo`lida qoladi. Agar, 1600 so`m yana banka tushsa, (masalan, B bankka) unda 20 % ga teng bo`lgan zaxira normasida u 320 so`mni zaxirada qoldirib, 1280 so`mni kreditga beradi xamda shu miqdorda pul taklifini oshiradi. Kredit berishning bu jarayoni so`nggi pul birligidan foydalanishga qadar davom etadi. Yakuniy xisob kitob bank depozitlari jami 10000 so’mga ko`payganligini ko`rsatadi. Bu jarayonni formula ko`rinishida quyidagicha yozishimiz mumkin:
M = (1/ rr ) x D
Bunda: M- pul taklifi xajmi; rr – majburiy zaxiralash normasi ;
D - dastlabki depozit.
Keltirilgan formuladan ko`rinib turibdiki, pul taklifi 1/rr koeffitsentiga bog’liq bo`lib, uni bank mul’tiplikatori yoki pul ekspansiyasi mul’tiplikatori, deb ataladi. U ushbu bank zaxiralar normasida ortiqcha zaxiralarning bir pul birligi bilan yaratilishi mumkin bo`lgan yangi kredit pullarining eng ko`p miqdorini bildiradi.
|
| |