Korxonaning aylanma mablag’lari reja




Download 24,47 Kb.
Sana20.08.2024
Hajmi24,47 Kb.
#269682
Bog'liq
KORXONANING AYLANMA MABLAG


KORXONANING AYLANMA MABLAG’LARI

REJA :
  1. Aylanma fondlar va aylanma mablag’lar.


  2. Aylanma mablag’lardan oqilona foydalanish.


  3. Aylanma mablag’lardan foydalanish ko’rsatkichlari.


  4. Aylanma mablag’larni meyorlashtirish




1. Aylanma fondlar va aylanma mablag’lar: tarkibi va tuzilishi Sanoat sohasida turli mahsulotlarni tayyorlash jarayonida moddiy va moliyaviy mablag‘larga bо‘lgan extiyojlar doimo oshib boradi. Sanoat korxonalarida asosiy fondlar bilan bir vaqtda mexnat buyumlari xam harakatda bо‘ladi. Shu sababli ularni aylanma fondlar deb aytiladi. Aylanma fondlar — ishlab chiqarish jarayonida bir marta qatnashib, о‘z qiymatini tayyor maxsulotga о‘tkazib, о‘z shaklini xam о‘zgartiradigan, butunlay yukotib yuboradigan mehnat buyumlaridir. Aylanma fondlarga ishlab chiqarish jamg‘armalari va ishlab chiqarishdagi mablag‘lar, tugullanmagan ishlab chiqarish va kelgusi davr xarajatlari kiradi. Ishlab chiqarish jamg‘armalari aylanma fondlarning asosiy kismini tashkil etadi. Ular korxonalarga keltirilgan, lekin ishlab chiqarish jarayonida hali foydalanilmagan mexnat bumlari, xususan, xomashyo, yarim tayyor mahsulotlar, yoqilg‘i, asosiy va yordamchi materiallar, energiya, ta’mirlash uchun extiyot kismlar, xо‘jalik jihozlari va tez yemiriluvchi buyumlardan iborat. Aylanma fondlarning yana bir qismini tugallanmagan ishlab chiqarish tashkil etadi. Ular ishlab chiqarish jarayoniga allakachon tushgan, lekin ishlov berish tugamagan mexnat buyumlaridir. Bularga korxona о‘zi yaratgan, lekin chala tayyor maxsulotlar va tugallanmagan ishlab chiqarishlar kiradi. Aylanma fondlarning yana bir qismi kelgusi davr xarajatlari xisoblanadi. Ularga yangi turdagi maxsulotlarni loyixalash, tayyorlash va о‘zlashtirish, mutaxassislarni о‘qitish va qayta tayyorlash, xonalarni ijaraga olish, tog‘-sanoat korxonalariga taalluqli xarajatlardan iboratdir. Bu xarajatlarning hammasi tayyor mahsulotning tannarxiga kiritish evaziga koplanadi. Aylanma fondlarning tarkibi turli tarmoqlarda turlicha bо‘ladi. Masalan, umuman, sanoat buyicha ishlab chiqarish jamg‘armasi 64% ga yakin bо‘lsa, elektroenergetika va issiklik energiyasi ishlab chiqarish sohasida 56% ni, mashinasozlikda 54%, kumir sanoatida 33% ni tashkil etadi. Aylanma fondlarning tarkibi fakat tarmoklarda emas, korxonalarda xam bir-biridan farq kilishi mumkin. Bu ishlab chiqarishning texnikaviy darajasiga, joriy etilayotgan texnologiyaning usuliga, yо‘liga, korxonani ixtisoslashish darajasiga, ishlab chiqarish jarayonining davomiyligiga, ishlatiladigan materiallarning tarkibiga bog‘liq. Aylanma fondlarning tarkibini iqtisodiy taxlil etish va ularning tarkibiga ta’sir etuvchi omillarni aniklash xamda ularning ta’sir kuchi natijalarini topish, tarmoklar va korxona tarakkiyotini belgilashga katta yordam beradi. Aylanma fondlarning tarkibini aniklash, ulardan foydalanishni yaxshilash yо‘llarini belgilash uchun moddiy balanslar tuziladi. Bu balanslar xar bir tarmok ikkinchi tarmokka qanday buyumlar yetkazib berishini tavsiflaydi. Sanoat korxonaga ishlab chiqarishni amalga oshirish uchun asosiy vositalar bilan birga aylanma mablag’lar ham kerak bo’ladi. Aylanma mablag’lar asosan korxonaning hisob raqamida pul ko’rinishida jamg’ariladi. Tovar, xom-ashyo, materiallar, yoqilg’i, yem-xashak, mineral o’g’itlar va boshqa mablag’lar negizida ishlab chiqariladi. Aylanma mablag’larni mehnat buyumlari deb ham ataladi. Asosiy kapitalning bir marta aylanishiga aylanma kapitalning bir necha aylanishi to’g’ri keladi. Aylanma kapital yetishmasa asosiy kapitaldan foydalanish yomonlashadi. Shu sababdan aylanma kapital muammolarini o’rganish korxona faoliyatida muhim rol oynaydi. Aylanma mablag’lar ishlab chiqarishning aylanma fondlarini va muomila fondlarini tashkil qilishga qaratilgan pul mablag’laridan iborat. Har bir korxonaning aylanma mablag’lari asosiy fondlarning texnik holati va mahsulot yoki xizmat ko’rsatish dasturi bilan bog’liq. Korxona qanchalik katta va ishlab chiqarayotgan mahsulotlari turi ko’p bo’lsa, aylanma mablag’larga talabchanligi ham shunchalik yuqori bo’ladi. Ishlab chiqarish fondlari o’z qiymatini tayyor mahsulotga o’tkazishiga qarab ikki qismga ajratiladi: Aylanma kapital tarkibiga mehnat predmetlari, kam qiymatli va tez eskiradigan mehnat qurollari kiradi. Masalan: granulalar, butlovchi qismlar,asboblar, xom-ashyo va b. Aylanma ishlab chiqarish fondlarining qiymati birdaniga tayyor mahsulot tannarxiga kiritiladi. Muomala fondlari tarkibiga tovar sotish va sotib olish sohasida xizmat qiluvchi fondlar, tayyor mahsulotlar va pul mablag’lari kiradi. Aylanma mablag’lar va muomala fondlari kapitalning doiraviy aylanishiga xizmat qiladi, avanslangan kapital pul shaklidan tovar shakliga tovar shaklidan unumli kapitalga, so’ngra tovar va yana pul kapitali shakliga o’tadi. P-T < ... I...CH – T takrorlanadi Aylanma ishlab chiqarish fondlarini va muomala fondlarini tashkil qilish, ulardan foydalanish uchun avanslangan kapitalni aylanma mablag’lar deyiladi. Aylanma mablag’lar ikki qismga bo’linadi: A) aylanma ishlab chiqarish fondlari; B) muomala fondlari. Aylanma ishlab chiqarish fondlari – korxona ishlab chiqarish fondlarining bir qismi bo’lib, bir ishlab chiqarish davrida sarflanadi va moddiy-ashyoviy shaklini o’zgartirib, o’z qiymatini to’lig’icha tayyor mahsulot tannarxiga o’tkazadi.
Aylanma ishlab chiqarish fondlari tarkibiga quyidagilar kiradi:
 aylanma ishlab chiqarish zahiralari;(butlovchi qismlar, xom-ashyo)
 aylanma ishlab chiqarish vositalari;(ayrimdetallar, turlivositalar g’amlash)
tugallanmagan ishlab chiqarish;(konveyerdagijihozlar, tugallanmagan binolar)
 ishlab chiqarishning kelgusi davri uchun qilingan xarajatlar.
 Muomala fondlari tarkibiga quyidagilar kiradi:
 muomala uchun zarur bo’lgan o’lchov asboblari;  tayyor mahsulotlar;
 barcha turdagi pul mablag’lari;
 debitor qarzlar.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar yetarli miqdorda aylanma ega bo’lishi muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, ishlab chiqarilayotgan mahsulot birligiga sarflanayotgan xom-ashyo va materiallar, yoqilg’i va energetik resurslar miqdori mahsulot sifatiga salbiy ta‘sir ko’rsatmagan holda qanchalik kam bo’lsa, mahsulot shunchalik arzonlashadi hamda aylanma mablag’lar kamroq sarflanib, ulardan foydalanish samaradorligi yuqori bo’ladi. Aylanma mablag’larning tarkibi korxonaning ixtisoslashuviga, ishlab chiqarishning xarakteriga (qo’l mehnati, mehanizatsiyalashgan, avtomatlashgan, robotlashtirilgan, dasturlashtirilgan), ishlab chiqarish davrining muddatiga qarab turlicha bo’ladi. Masalan, chorvachilikka ixtisoslashgan, paxtachilikka ixtisoslashgan, non ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalarda aylanma mablag’larning tarkibi turlicha bo’ladi.
Aylanma mablag’larni hosil qilinishi manbalariga ko’ra ikki qismga ajratiladi:
A) korxonani mablag’lari;
B) qarzga olingan mablag’lar hisobiga.
Korxonada aylanma mablag’larning me‘yori belgilanadi. Me‘yoriy zahiralar korxonaning minimal ehtiyojlarini qondirishi, mavsumiy davrlarda esa me‘yoriy zahiralar yetishmasligi kuzatiladi.Bundayhollarda korxona qarzga olingan mablag’lar hisobiga aylanma mablag’lar sotib olishimumkin.
2. Aylanma mablag’lardan oqilona foydalanish. Xomashyo, yoqilg‘i, energetika resurslari, ya’ni aylanma fondlarning oqilona foydalanilishi natijasida katta samara olish borasida faqat texnikaviy omillargina katta o’rin tutmasdan, ijtimoiy-iqtisodiy omillar xam yetarli rol о‘ynaydi. Aylanma fondlardan samarali foydalanishda xо‘jalik mexanizmining axamiyati katta. Xususan bunga, xо‘jalik mexanizmining rejalashtirish, baholash, moliyalash, kreditlash, xujalik hisobini yuritish, boshkarish, moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish kabi elementlari ham ta’sir kо‘rsatadi. Aylanma fondlardan oqilona foydalanish uchun rakobatni joriy etish kerak. Rakobat esa, mahsulotni eng sifatli, eng arzon va kо‘plab ishlab chikarish vositasidir. Rakobat bо‘lishi uchun bir xil mahsulotni ishlab chikaradigan korxonalar soni kо‘p bо‘lishi kerak. Aylanma fondlardan rejali foydalanishni tashkil qilishda ularning ayrim turlarini maxsulot birligiga sarf etishni ilmiy asosda normallashtirish katta ahamiyat kasb etadi. Bu ishni bajarish ishlab chikarish xarajatlarini pasaytirish, ishlab chiqarishning rentabelligini oshirish, moddiy texnika ta’minotini tashkil etish, texnika va texnologiyalarni takomillashtirishning asosiy vositasi hisoblanadi. Barcha normalar ilmiy jixatdan asoslangan va uz xususiyatlari bо‘yicha davr talabiga javob beradigan bо‘lishlar zarur.
Moddiy resurslarni sarflash normalari turlicha bо‘lishi mumkin:
1. Foydalanish muddatiga kо‘ra normalar:
a) istiqbolli;
b) yillik va operativ normalar.
2. Qо‘llanish miqyosi bо‘yicha normalar ikki xil: shaxsiy normalar va rasmiylashgan normalar. Z. Normallashtirilayotgan mablag‘ning detallashtirilish darajasi tayyor maxsulot yoki uning ayrim qismlari buyicha ajratilishi mumkin. 4. Materiallarni detallashtirilish bо‘yicha yig‘ma normalar, material sarfi bо‘yicha yiriklashgan normalar bо‘lishi mumkin. Moddiy resurslarni tо‘g‘ri, okilona sarflashni normallashtirish uchun ularning tarkibini belgilash katta ahamiyatga ega. Normalar tarkibida quyidagilar e’tiborga olinadi: - maxsulot birligiga sarflanadigan foydali xomashyo va materialning mikdori. - zaruriy texnik chiqindi va boshkalar. Normalar tajriba, laboratoriya, texnikaviy, analitik, statistik usullar bilan tuziladi. Sanoat korxonalarida aylanma mablag’larni moliyalashtirish manbai ikkiga ajratiladi: 1. o’ziniki 2. qarz Har bir korxona iloji boricha o’z mablag’lari hisobidan xo’jalik yuritishga harakat qilishi zarur. Qarz uchun foiz to’lash kerak, bu korxona foydasini kamaytiradi. Korxona tashkil qilingan vaqtda uning ustav fondi hisobidan aylanma mablag’lar sotib olinadi. So’ngra shuni hisobidan tayyor mahsulot ishlab chiqariladi va sotiladi. Kapitalning doiraviy aylanishi tufayli o’z-o’zini moliyalash davom etaveradi.
Aylanma mablag’larni moliyalashning quyidagi manba‘lari mavjud: 1) Ustav fondi;
2) Barqaror passivlar;
3) Qarzga tovar olish;
4) Kredit olish va boshqa kreditlar.
Barqaror passivlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
a) ish haqi boyicha korxona qarzi;
b) kelgusi davr uchun qilinadigan xarajatlar;
v) mol beruvchi tashkilotlar;
g) byudjetga to’lovlar;
d) qarzga tovar xarid qilish va boshqalar.
Bank krediti hisobiga aylanma vositalarni sotib olish. Korxonaning maxsus fondlarining mablag’laridan foydalanish. Taqsimlanmagan foydadan foydalanish va boshqalar. Tijorat krediti hisobiga aylanma mablag’larni barpo etish. Pulning qadrsizlanishi kredit munosabatlariga salbiy ta‘sir etadi, bankka kredit uchun to’lanadigan foiz stavkasi ortib ketadi. Bunday sharoitda korxonalar uchun ichki manbalar hisobiga aylanma mablag’lar zahiralarni barpo etish muhim rol oynaydi, chunki qarz uchun yuqori foiz to’lash lozim bo’ladi. Aylanma mablag’lar tarkibida xom-ashyo, materiallar va boshqa moddiy boyliklarning hissasi 50 foizdan ortiq bo’ladi, oziq-ovqat sanoati korxonalarda 80 foiz bo’ladi. Shu sababdan ishlab chiqarishni tashkil qilish uchun eng kam aylanma mablag’lar bilan ish yuritish katta ahamiyatga ega. Aylanma mablag’larni korxonada saqlash uchun katta xarajatlar qilishga, soliq to’lashga, kredit uchun foiz to’lashga, kapital sarflashga to’g’ri keladi. Bunda mol beruvchilar bilan yaxshi aloqa qilishga, ular bilan barqaror ishlashga to’g’ri keladi. Aylanma mablag’larning sifati ham katta rol oynaydi. Aylanma mablag’larning qiymati va bahosiga ham e‘tibor berish lozim bo’ladi. Korxona aylanma mablag’larning katta zahirasini hosil qilishda quyidagilar hisobga olinadi: Bunda katta xarajatlar qilinadi... Ta‘minot bo’limida xodimlar kerakli miqdordagi zahirani hisoblashlari va hujjatlashtirishlari lozim bo’ladi. Joriy zahiralarni joylashtirish va saqlash ham katta xarajat talab qiladi. Saqlash sharoitlarini yaratish (harorat, namlik, sanitariya holati), qo’riqlash xizmatidan foydalanish, mas‘ul shaxsga maosh to’lashni shular jumlasiga kiritish mumkin. Agar korxona ushbu zahiralarni bank krediti hisobiga yaratgan bo’lsa, foiz xarajatlarini ham e‘tiborga olish kerak... Korxona to’xtovsiz ishlab chiqarishni davom ettiradi, buning uchun bir necha turdagi materiallar, yoqilg’i, mineral o’g’itlar, urug’liklar va boshqalar kerak, ularni yil davomida sotib olish, tashib kelish va saqlash zarur bo’ladi. Shu sababdan korxona aylanma mablag’lar zahirasini tashkil qilish uchun eng kam xarajatlar qilishga harakat qilishi lozim.
3. Aylanma mablag’lardan foydalanish ko’rsatkichlari Har bir korxonada turli-tuman tovarlarni ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan aylanma mablag’larning zahiralari mavjud bo’lishi zarur. Buning uchun korxona me‘yordagidan ortiqcha zahiralarga ega bo’lishi lozim, aks holda bozor uchun kerak bo’lgan yuqori sifatli tovarlarni uzluksiz ishlab chiqarib bo’lmaydi. Korxonaning aylanma mablag’larga bo’lgan talabini to’g’ri aniqlash muhim ahamiyatga ega. Aylanma mablag’lar yetishmasa ham yoki ortiqcha bo’lsa ham korxonaga zarar keltiradi. Shu sababdan, ehtiyojni to’g’ri rejalashtirish samarali ishlash imkonini beradi. Korxona aylanma mablag’larga bo’lgan ehtiyojini qondirishda xom-ashyo beruvchi korxonaning roli juda katta. Masalan, yoqilg’i, o’g’it, urug’lik ta‘minoti.
Korxonaning aylanma mablag’larga bo’lgan ehtiyojini aniqlashning bir necha usullari mavjud:
1.Analitik usul. Bunda aylanma mablag’larga bo’lgan ehtiyoj korxonada mavjud bo’lgan qoldiqlarga va ishlab chiqarishning o’sishiga qarab aniqlanadi. Bu holda ham ortiqcha mablag’larning to’planishiga yo’l qoyilmaydi.
2. Koefitsient usulini joriy qilish. Bunda maxsulot ishlab chiqarish turlarining o’sishiga bog’liq bo’lgan omillar (xom-ashyo, materiallar, tugallanmagan ishlab chiqarish va hokazo) va ishlab chiqarishga bog’liq bo’lmagan omillar (ehtiyot qismlar, mehnat qurollari, bo’lg’usi davr xarajatlari va hokazo) e‘tiborga olinadi.
Bevosita hisob-kitob usullari. Bunda har bir turdagi aylanma mablag’lar boyicha alohida-alohida hisob-kitob qilish yo’li bilan aylanma mablag’larga bo’lgan ehtiyoj aniqlanadi.Bevosita hisob-kitob usuli aylanma mablag’larning me‘yoriy zahirasini aniqlash hamda ularga sarflanadigan pul mablag’larini rejalashtirish uchun qo’llaniladi. Korxonani aylanma mablag’lar bilan ta‘minlashda ta’minotchilarning ahvoli, iqtisodiy aloqalarning mustahkamligi e‘tiborga olinadi.
Korxonada aylanma mablag’lar zahiralarini barpo qilish quyidagilarga bog’liq:
A) ishlab chiqarish siklining muddatiga;
B) materiallarni ishlab chiqarish vaqtiga;
V) materiallarni ishlab chiqarishda bo’lish davri;
G) ta’minotchilarning joylashuviga, uzoq-yaqinligiga.
Aylanma mablag’larning me‘yori – bu ularni sotib olishdan ishlab chiqarishga berishgacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi.
Bu davrda quyidagilar amalga oshiriladi:
A) aylanma mablag’larni tashish vaqti;
B) aylanma mablag’larni ortish-tushirish va omborga joylashtirish; V) materiallarni laboratoriya tekshiruvidan o’tkazish;
G) materiallarni ishlab chiqarishga berishga tayyorlash;
D) ombor zahiralarni barpo qilish;
Y) ehtiyot zahiralarni barpo qilish.
Bu odatda ombor zahirasining 50 % miqdorida bo’ladi. Aylanma vositalarning me‘yorini aniqlash uchun ularning kunlik me‘yorini tovar mahsulotining tannarxiga ko’paytirish yo’li bilan hisoblanadi. Bu ko’rsatkich quyidagi formula bilan aniqlanadi: N=R x D; Bunda: N-aylanma vositalarning me‘yori; R- aylanma vositalarning bir kunlik sarfi; D- aylanma vositalarning me‘yori, kun hisobida.
Masalan N = R x D = 200 x 15 = 3000 ming so’m.
Korxona boyicha aylanma vositalarning o’rtacha me‘yorini aniqlash uchun umumiy me‘yorni korxona bir kunda chiqaradigan tovar mahsuloti tannarxiga bo’lish yo’li bilan hisoblanadi:
Ns = N/T Aylanma mablag’larning korxonaning pul mablag’lari manbalariga to’g’ri keladigan qismi. Qarzga olingan aylanma mablag’lar. Har bir korxona optimal miqdorda aylanma mablag’larning bo’lishini, ularning mumkin qadar tezroq aylanishini ta‘minlash maqsadga muvofiqdir.
4.Aylanma mablag’larni meyorlashtirish. Aylanishini tezlashtirish Sanoat korxonalari faoliyatining asosiy va aylanma fondlar hamda aylanma mablaglar bilan uzviy bog‘liqligi aloxida axamiyat kasb etadi. Muomaladagi ishlab chiqarish fondlarining yig‘indisi aylanma mablag‘larni ifodalaydi.
Aylanma mablag‘lar 2 ta fondni о‘z ichiga oladi:
 aylanma fondlar;
 muomala fondlari.
Aylanma fondlar, о‘z navbatida ishlab chiqarish jamg‘armasi, tugallanmagan ishlab chiqarish, kelgusi davr xarajatlari va omborlardagi tayyor mahsulotlardan iborat bо‘ladi. Muomala fondlariga jо‘natishga yuklangan mahsulotlar va davlat bankidagi pul mablag‘lari kiritiladi. Aylanma kapital doimo doiraviy aylanishda bo’ladi, uch bosqichda aylanib o’zining shaklini o’zgartirib turadi. Birinchi bosqich P-T ... Ikkinchi bosqich T .... I .... T .... Uchinchi bosqich T-P .... Aylanma mablag’larning ta‘minotidagi uzilish kapitalning doiraviy aylanishiga salbiy ta‘sir qiladi, ishlab chiqarish to’xtaydi yoki ritm buziladi. Aylanma kapitalning aylanishini quyidagi ko’rsatkichlar ifodalaydi: 1. Aylanma kapitalning aylanish soni (Ka). Bu quyidagi formula bilan aniqlanadi:
Ka = Sm / Am
Bunda Sm – sotilgan mahsulot qiymati, so’m: Am – aylanma mablag’larning o’rtacha qoldig’i, so’m.
Ka =2000:500 =4
marta aylangan bir yilda.
2. Aylanma kapitalning bir aylanishiga ketgan vaqt, kun hisobida. Bu ko’rsatkich quyidagi formula bilan aniqlanadi:
K=T:Ka = 360:4=90 kun
3. Aylanma mablag’lardan foydalanish samaradorligi mahsulotning materiallarga bo’lgan talab koefitsienti bilan aniqlanadi.
Ms=M:Sm; bunda,
Ms–material sig’imi; M–sarflangan aylanma mablag’lar, so’m. Sm–sotilgan mahsulot qiymati, so’m:
Misol, Ms=300:1000=0,30 yoki 30%.
Aylanma mablag’lardan foydalanish samaradorligi (Ams). Bu ko’rsatkich yuqoridagining teskarisi:
Ams=Sm : M =1000 : 300 =3,3
Korxonaning aylanma mablag‘lari kengaytirilgan takror ishlab chikarish jarayonida muxim rol о‘ynaydi. Chunki ular ishlab chikarish jarayonining uzluksizligiga sharoit yaratib boradilar. Aylanma mablag‘lari kamayib ketgan korxona (firma)lar bankrotlikka yuz tutadilar. Tashkil etilish usuliga qarab aylanma mablaglar normallashtiriladigan va normallashtirilmaydigan mablag‘larga bо‘linadi. Normallashtiriladigan aylanma mablag‘lar korxonaning uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun kerak bо‘lgan mablag‘larning minimal mikdoridir.
Aylanma mablag‘larning aylanish davri 3 qismdan iborat bо‘ladi:
1. Mablag‘larning ishlab chikarishdagi jamg‘arma shakli;
2. Ishlab chikarish jarayonidagi shakli;
3. Tayyor mahsulot yoki xisob-kitob schyotidagi shakli. Normallashtirishning asosiy vazifasi ishlab chikarish jamg‘armalarini, tugullanmagan ishlab chiqarish xajmini, tayyor mahsulot qoldig‘ini aniklashdan iborat. Normalarga binoan ishlab chikarish jamg‘armalari rejalashtiriladi. Ularning mikdori korxonalarda kamroq, lekin ishlab chikarish jarayoniga yetarli bulishi kerak. Har bir korxona aylanma mablag‘larni saqlash va ulardan oqilona foydalanishni va ularning aylanishini tezlashtirishni ta’minlashi kerak. Faqat shundagina u samarali ishlagan bо‘ladi. Aylanma mablag‘larning iqtisodiy samaradorligi ularning doiraviy shaklda aylanishi tezlashishidir. Bunga erishilganda ortikcha mablag‘larning bо‘shashiga va ular boshka maqsadlarda qо‘llanishiga sharoit yaratiladi.
http://fayllar.org
Download 24,47 Kb.




Download 24,47 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Korxonaning aylanma mablag’lari reja

Download 24,47 Kb.