• 1. Mehnatni ilmiy tashkil etish
  • 4-mavzu. O‘quv ustaxonasini tashkil etish va jihozlash Tayanch so‘zlar




    Download 1,4 Mb.
    bet1/16
    Sana29.11.2023
    Hajmi1,4 Mb.
    #107751
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
    Bog'liq
    4-Ma\'ruza.


    4-mavzu. O‘quv ustaxonasini tashkil etish va jihozlash
    Tayanch so‘zlar: mehnatni ilmiy tashkil etish, mehnat intizomi, mehnat rejimi, mehnat unumdorligi,vaqt normasi, ish normasi,o‘qituvchining ish o‘rni, oquvchining ish orni, sanitariya-gigiyena qoidalari.
    1. Mehnatni ilmiy tashkil etish
    O‘quv ustaxonalari binosiga va asbob-uskunalarni joylashtirishga oid talablar, qo‘shimcha maktablarning yangi mazmunda ta’lim berishga o‘tishi faqat ta’lim darajasini va sifatini oshirishnigina emas, balki umuman maktablarning va o‘quv ustaxonalarining mehnat va kasb ta’limi uchun moddiy-texnika bazasini tubdan yaxshilashni ob’yektiv ravishda zarurat qilib qo‘ydi.
    Pedagoglar mehnatini ilmiy asosda tashkil etish deganda o‘quvchilar bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiya ishlarida o‘qituvchi va o‘quvchiIar tomonidan oz vaqt, kuch va mablag‘ sarflangan holda eng yuqori natijalarni qo‘lga kiritish uchun ta’lim jarayoniga tatbiq qilinadigan va ilmiy jihatdan asoslangan tashkiliy metodik tadbirlar majmuasini tushunish kerak.
    O‘quv ustaxonalaridagi mashg‘ulotlarga tatbiq qilinganda pedagoglar mehnatini ilmiy asosda tashkil etishda quyidagi tadbirlarni bajarish nazarda tutiladi: sanitariya-gigiyena va o‘quv pedagogik talablariga to‘la javob beradigan o‘quv ustaxonalari va xizmat ko‘rsatish mehnat xonalarini tashkil etish.
    Barcha rejalashtiruvchi hujjatlar (taqvimiy mavzuli reja, o‘quv ishlab chiqarish ishlari ro‘yxati va h.k.lar) aniq ishlab chiqilishi texnologiya ta’limi dasturiga to‘la-to‘kis javob berishi, tanlab olingan ish turlari esa muayyan didaktik izchillikda, murakkablik darajasiga qarab joylashtirilishi va ularni o‘quvchilar tayyorlash uchun asoslangan vaqt hajmi belgilangan bo‘lishi kerak. O‘quv ishlab chiqarish ishlarining ro‘yxati ham, o‘quvchilarni ish joylariga almashlab qo‘yish jadvallari ham yaxshilab bezatilgan va o‘quvchilar ko‘radigan qilib osib qo‘yilishi kerak. Shu yerning o‘zida oddiy va sanitariya kunlaridagi navbatchilarning jadvali va muntazam bajariladigan ishlarning ro‘yxati ham osib qo‘yiladi.
    O‘quv ustaxonalaridagi mashg‘ulotlar vaqtida o‘qituvchi darslar orasida tanaffus berishi, o‘quvchilarga ustaxonani yaxshilab shamollatish va mehnat faoliyatini davom ettirish uchun ustaxonadan chiqib turishlarini taklif qiladi. O‘quv ustaxonalaridagi asbob-uskunalar va inventarlarning saqlanishi uchun ularning har biriga bir o‘quvchi biriktirilib qo‘yiladi. U ana shu asboblarning yaxshi saqlanishi va buzilmasligi uchun o‘qituvchi va jamoa oldida javob beradi. Yaxshi tashkil etilgan o‘quv ustaxonasi navbatdagi mashg‘ulotga tayyorgarlik ko‘rish uchun unchalik ko‘p vaqt talab qilmaydi. Texnologiya ta’limi o‘qituvchisi uchun bu narsa juda muhimdir, chunki uning vaqti tig‘iz bo‘ladi. Shu sababli pedagoglar mehnatini ilmiy asosda tashkil etish nuqtai nazardan o‘quv ustaxonalarida mashg‘ulotlarning to‘g‘ri tashkil etilishi texnologiya ta’limi o‘qituvchisi uchun o‘quv vaqtidan anchagina tejab qolish imkonini beradi. O‘quv va shaxsiy vaqtni tejashda texnologiya ta’limi o‘qituvchisining shaxsiy kutubxonasida zarur qo‘llanmalar, o‘quv darsliklari, ilmiy-metodik adabiyotlar, maxsus va so‘rovnoma adabiyoti: gazeta va jurnallar, dasturning ma’lum mavzulari bo‘yicha gazeta va jurnallaridan qirqib olingan maqolalar solingan papkalar mavjud bo‘ladi.
    Navbatdagi mashg‘ulotga tayyorlanishda ayrim faktlar, fikrlar, misollar, qoidalar, zarur kitoblarning qisqa annotatsiyalari yozib (.qo‘yiladigan kartochkalar katta foyda beradi. Bunday kartochkalar kun sayin tuzib boriladi. Ular dastur mavzulari bo‘yicha xillarga ajratiladi, kartotekalarga muayyan tartibda joylashtiriladi, mehnat bo‘yicha navbatdagi mashg‘ulotlarga tayyorlanishda yaxshi
    didaktik material bo‘lib xizmat qiladi, eng muhimi esa tayyorgarlik ko‘rishda vaqtni tejaydi.
    Ko‘rgazma qurollari uchun mo‘ljallangan yashikda plakatlar, sxemalar, jadvallar chizmalar namunali tartibda va sistemada saqlanish kerak. O‘quv ustaxonalaridagi mashg‘ulotlarning o‘ziga xos xususiyati o‘quvchilardan ham, shuningdek usta hamda o‘qituvchidan ham nazorat-o‘lchov operatsiyalarini bajarish va mehnat usullarini ko‘rsatish vaqtida diqqat bilan nazar tashlashni talab qiladi.
    Bu jihatdan to‘g‘ri burchak shaklidagi ustaxonalar bir qancha jiddiy kamchiliklarga egadir: asbob-uskunalar (dastgohlar)ning 7-8 qator qilib ketma-ket joylashtirilishi (dastgohlarning so‘nggi qatori bilan o‘qituvchining ish joyi o‘rtasidagi oraliq taxminan 10-11 metrni tashkil qiladi) eshitishni, ayniqsa o‘qituvchining tushuntirayotgan va ko‘rsatayotgan mehnat usullarini ko‘rishni qiyinlashtiradi, ustaxona devorlari bir tomonlama yoritilishi natijasida yorug‘likni sust qaytarishi, quyosh nurlarining to‘g‘ri tushish soatlarida ko‘zni qamashtiruvchi yoritish zonasining haddan tashqari kattaligi (50 dan ortiq) ko‘zning tez charchab qolishiga va shu tufayli xatolarning ko‘payishiga olib keladi, bir tomonlama yoritish natijasida doskaga doimiy yoritish shu‘lalarining tushib turishi unda yozilgan narsalarning yon tomondan ko‘rinishini ayniqsa qiyinlashtiradi va nihoyat xonada to‘g‘ri burchaklarning mavjudligi toza havo oqimining kelishini tugatib qo‘yadi, natijada uning intensiv almashinib turishi keskin kamayadi. Asbob-uskunalar, dastgohlarning uch, to‘rt qatorli joylashuvi (ularning oxirgi qatori 5,5-7,0 m uzoqlikda bo‘ladi) o‘qituvchining o‘quvchilar bajarayotgan mehnat harakatlarini kuzatishga, binobarin, ular yo‘l qo‘yadigan kamchiliklarni tuzatish uchun shoshilinch choralar ko‘rishga ham imkon beradi. Bunday ustaxona va kabinetning maydoni (80-90 m2 ga yaqin) 25-30 uskuna birligini sig‘diribgina qolmasdan, shu bilan birga bu yerda o‘qituvchining dastgohi (stanok yoki tikuv mashinasi), stol va stul bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. U kamida 20 o‘quvchidan iborat guruhga mo‘ljallanadi. Bu ustaxonalarda faqat slesarlik va duradgorlik ishlarini muvaffaqiyatli egallash uchun shart-sharoit yaratilib qolmasdan, balki dasturning materiallariga mexanik ishlov berish va elektrotexnika ishlari mavzularini o‘tish uchun ham zarur shart-sharoitlar yaratilgan bo‘ladi. Xilma-xil markadagi mexanik asbob-uskunalarning va modellarning miqdori har bir ustaxonada 19 taga yetadi. Xizmat ko‘rsatish mehnati kabineti o‘quv dasturi muvaffaqiyatli o‘tishi uchun barcha zarur narsalarga ega bo‘ladi. O‘quv ustaxonalari uchun xarakterli bo‘lgan asbob-uskunalar bilan bir qatorda kabinetda oyoq bilan ishlaydigan 4 ta tikuv mashinasi bo‘ladi.
    Kattaligi 3,5 x 1,4 m li katta yoyiq stol (unda “Pazandachilik” darslarini o‘tish vaqtida stol tuzatish uchun foydalanish mumkin), maneken, uchta dazmol taxtasi, shuncha elektr dazmol, tryumo, ko‘rsatish taxtasi, kiyim turadigan joy ham bo‘ladi.
    Kabinetga shifoner, kir yuvish mashinasi, pilesos, pol yuvish moslamasi, tasviriy san’at asarlari va xilma-xil gullar qo‘yiladi. Nihoyat, gaz plitasi, ish stollari va sovuq hamda issiq suv keladigan jo‘mraklarga ega bo‘lgan rakovinalar, muzlatkich, idishlar uchun shkaf, oshxona inventarlari mavjud bo‘ladi.
    Har uchala o‘quv xonalari bir-biri bilan keng, yorug‘ va yaxshi jihozlangan vestibyul bilan birlashtirilgan, bu yerda jurnallar qo’yiladigan stolchalar, o‘quvchilarning dam olishi uchun qulay bo‘lgan o‘rindiqlar bo‘lishi kerak.
    Ustaxonalar va kabinetda o‘quvchilar ish o‘rnining tabiiy yoritilishi ikki yoki hatto uch tomonlama bo‘ladi. Derazalarning katta ko‘zlaridan o‘tib turadigan quyosh nurlari xonalarga turli burchaklar ostida tushadi, ichki devorlarning yo‘nalishi har xil bo‘lganligi sababli ular aks etadi va tarqaladi, xonaning hamma qismini yaxshi yoritadi. Bu esa, o‘lchovlar vaqtida xatolarning kamroq bo‘lishiga imkon beradi.
    Bunday ustaxonalarning har tomonlama yoritilganligi kunning har qanday vaqtida doskaning yaxshi ko‘rinishini ta‘minlaydi, undagi shu‘lalar kamayadi va yonlaridagi buyumlarning soyasi tushmaydi. Quyosh nurlarining to‘g‘ri yo‘nalishi natijasida bu xonalarda to‘g‘ri burchak shaklidagi xonalarga nisbatan quyosh nurining ko‘zni qamashtirishi keskin qisqaradi.
    Besh burchakli ustaxona binosida sof havo oqimining yetarli darajada almashinib turishi ta‘minlanadi, yaxshi tushib turadigan tabiiy yorug‘lik bu xonalarni shinam qiladi, bu esa kayfiyatga yaxshi ta‘sir ko‘rsatadi, qulay mehnat sharoitini vujudga keltiradi. Bunday tipdagi ta‘lim bo’linmalari texnologiya ta‘limining psixofiziologik va sanitariya-gigiyena talablariga, shuningdek texnoloiya fanini o‘qitish metodikasiga (mehnatni ilmiy asosida tashkil qilish) to‘la-to‘kis javob beradi. O‘quvchilarning ish o‘rnini to‘g‘ri tashkil etish, mehnatni osonlashtirish, uning unumdorligini oshirish, buyumlar sifatini yaxshilash va yuksak mehnat madaniyati ko‘nikmalarini singdirishning asosiy talablari quyidagilardir: ish o‘rni o‘quvchining bo‘yiga muvofiq kelishi, mustahkam va yetarli darajada barqaror bo‘lishi, zarur va yaxshi ishlaydigan, shu bilan birga ishda qulaylik tug‘diradigan asboblar bilan ta’minlangan (qo‘lga va o‘quvchilarning jismoniy kuchiga muvofiqlashtirilgan), shuningdek foydalanish uchun qulay tartibda joylashgan bo‘lishi kerak.


    1. Download 1,4 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




    Download 1,4 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    4-mavzu. O‘quv ustaxonasini tashkil etish va jihozlash Tayanch so‘zlar

    Download 1,4 Mb.