|
Ustaxonada o‘quvchining ish o‘rnini tashkil etish
|
bet | 3/16 | Sana | 29.11.2023 | Hajmi | 1,4 Mb. | | #107751 |
Bog'liq 4-Ma\'ruza.Ustaxonada o‘quvchining ish o‘rnini tashkil etish
Ish o‘rni deganda ustaxonaning bir o‘quvchi tomonidan o‘quv ishlab chiqarish ishlarini bajarish uchun zarur bo’lgan asbob-uskunalar (dastgoh, stanok) va moslamalar maqsadga muvofiq joylashgan maydonchasi tushuniladi. Ish o‘rnini o‘quvchi ish vaqtida o‘z gavdasini ancha qulay tutib turadigan, ortiqcha harakatlar qilmaydigan darajada tashkil etilishi maqsadga muvofiq deb hisoblanadi. Ayniqsa, tiskilar o‘quvchining bo‘yiga qarab to‘g‘ri balandlikda o‘rnatilishi katta ahamiyatga ega. Bu talablarning buzilishi ish natijalarining kamayishiga, to‘g‘ri mehnat malakalarining sust tarkib topishiga, ba’zan esa kasb kasalliklarining paydo bo’lishiga olib keladi. O‘quvchining ish joyida mavjud bo‘lgan ish va nazorat-o‘lchov asboblarining miqdori va xillari yetarli holda bo‘lishi kerak. Masalan, pedagoglar mehnatini ilmiy asosda tashkil etish nuqtayi nazaridan randa, taxtani uzunasiga tiladigan yoysimon arra, iskana, metall qirqadigan dastarra va qaychi yoki nazorat-o‘lchov asboblari shtangensirkullar, mikrometrlar, 90° li go‘niyalar va boshqa shu kabi asboblar har bir o‘quvchining ish joyida doimo turishi nozarurat hisoblanadi. Gap shundaki, ish vaqtida ulardan foydalanish koeffitsiyenti juda past bo‘ladi, shuning uchun bu asboblardan bir o‘quvchi emas, balki bir vaqtning o‘zida bir necha o‘quvchi foydalanishi kerak. Shu munosabat bilan o‘quvchining ish joyini tashkil etishga ham yangi talablar qo‘yiladi. Barcha shaxsiy asboblar vazifasiga qarab ishlayotgan o‘quvchiga yaqin joyda dastgoh ustida turishi kerak. Ko‘pchilik foydalanadigan asboblar ishlayotgan o‘quvchilarning ish joylariga baravar uzoqlikka qo‘yilishi kerak.
Dastgohlar turli ishlash operatsiyalarini muvaffaqiyatli bajarishga imkon beradigan va mustahkam joylashtirilgan ish konstruksiyalaridan iborat bo‘lishi kerak. Masalan, bir o‘rinli slesarlik dastgohi 800-850 mm (duradgoriik dastgohi 750-780 mm) balandlikda o‘rnatilishi va u yog‘ochdan yoki metallardan tayyorlanishi lozim. Dastgoh o‘rnatiladigan stol taxtadan ishlanadi, listiga 1,5-2,0 mm qalinlikda po‘lat tunuka qoplanadi va perimetri bo‘yicha 25x25 mm li burchak qilib qoplanadi, dastgoh qulay o‘rindiqqa ega bo‘lishi, undan o‘quvchi va instruktajlar dam olishi vaqtida foydalanishi, yozuvlar, eskizlar tuzish uchun esa unda suriluvchi planshet ham bo‘lishi zarur. Dastgoh stolida aylanuvchi qurilmaga ega bo‘lgan paralel slesarlik tiskilari mustahkamlangan bo‘lishi zarur. Ish va kontrol o‘lchov asboblari dastgohning aniq joyida turishi lozim. Ish vaqtida o‘ng qo‘l bilan olinadigan asboblar (bolg‘a, egov, dastarra, metall qirqadigan qaychi va hokazolar) tiskilarning o‘ng tomonida muayyan tartibda joylashishi kerak. Ulardan chap qo‘l bilan olinadiganlari chap tomonda turadi. Kontrol o‘lchov asboblari dastgoh stolining old tomonida, o‘ng tomonga yaqin joyda turadi. Ish o‘rnidagi ana
shunday tartib o‘quvchining butun ish vaqti davomida saqlanishi kerak. O‘qituvchi yoki usta o‘quvchilardan ish o‘rnini tashkil etish qoidalariga amal qilishini doimo talab qilib turishi kerak. Ish asboblari, ayniqsa, nazorat-o‘lchov asbobi ish o‘rniga o‘yib qo‘yilishi mumkin emas, bunday hollarda ulardan foydalanish qiyin bo‘libgina qolmasdan, shu bilan birga noto‘g‘ri foydalanish va saqlash natijasida u tezda ishdan chiqadi. O‘quvchilarga ish o‘rnini to‘g‘ri tashkil etish odatini singdirish uchun o‘qituvchi yoki usta ularning bajargan ishlariga baho qo‘yish vaqtida o‘quvchining butun mashg‘ulot davomida ish o‘rnini qanday tutganligini ham hisobga olishi kerak. Dastgohlar konstruksiyalari sozlovchi qurilmaga ega bo‘lishi, ular yordamida dastgohlarni o‘quvchilarning bo‘yiga qarab moslash, shuningdek dam olish uchun qulay aylanuvchi o‘rindiqlari, yozish va grafik ishlari uchun suriluvchi planshetlar bilan ta’minlanishi kerak. Xavfsizlik texnikasi bo‘yicha muhofaza turlari dastgohga mahkamlanishi va zarur bo‘lganda dastgoh stolga olib qo‘yilishi kerak.
|
| |