|
4-mavzu. O‘quv ustaxonasini tashkil etish va jihozlash Tayanch so‘zlar
|
bet | 5/16 | Sana | 29.11.2023 | Hajmi | 1,4 Mb. | | #107751 |
Bog'liq 4-Ma\'ruza.Ish o‘rni qanday tashkil etiladi. Ish o‘rni deganda o‘quv ustaxonasi yoki sexning alohida ishchi ixtiyorida bo‘lgan va u ishlab chiqarish topshirig‘ini bajarishida kerak bo‘ladigan jihoz, moslama, asbob va materiallarning maqsadga muvofiq holda joylashtirilgan ma’lum qismi nazarda tutiladi. Odatda ish o‘rni quyidagilarni o‘ziga qamrab oladi:
ishchi foydalanadigan mehnat vositalari o‘rnatilgan, normal ishlash uchun zarur bo‘lgan maydon;
ish bajariladigan jihozlar, mexanizm va moslamalar;
material, yarim tayyor mahsulot, tayyor mahsulotlar, chiqindilarni joylashtirish, saqlash uchun maxsus qurilmalar;
asbob-uskunalar, moslamalar va texnikaga oid hujjatlarni joylashtirish va saqlash uchun maxsus qurilmalar;
har bir ish o‘rniga mo‘ljallangan ko‘tarma-transport vositalari;
normal va xavfsiz mehnat sharoitlarini ta‘minlovchi qurilmalar.
O‘quv ustaxonalarida ishlash uchun eng qulay sharoit yaratish uchun quyidagilar bo‘lishi zarur: havoning harorati qish paytida 15-16ºS dan past bo‘lmasligi, yozda esa 20ºS dan oshmasligi kerak. Ustaxona binosida havo almashinishi tabiiy yoki sun’iy ravishda amalga oshiriladi.
Ustaxona poli silliq, yuzasi tozalash uchun qulay, sirpanmaydigan bo‘lishi talab etiladi. Devorlar ochiq rangga, ship esa binoni yaxshiroq yoritilishi uchun oq rangga bo‘yaladi.
O‘quv ustaxonalari va maydonlari bilim yurtida tayyorlanadigan kasb va ixtisosliklarga ko‘ra me’yorlanadi.
O‘quv ustaxonalar tahsil oluvchilar ishlab chiqarish ta’limi dasturi talablariga muvofiq topshiriqlarni bajarishlari uchun zarur bo‘ladigan, mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi talablariga javob beradigan individual va ommaviy foydalanishga mo‘ljallangan asosiy va yordamchi o‘quv-ishlab chiqarish asbob-uskunalari bilan jihozlanadi.
O‘quv ustaxonasiga jihozlarni joylashtirishda quyidagilar nazarda tutiladi: O‘qituvchi o‘z ish o‘rnida turib, tahsil oluvchilar guruhiga jamoaviy yo‘l-yo‘riq berish imkoniyatini; tahsil oluvchilarning maqbul ishlari uchun eng qulay va xavfsiz sharoitni; ishlash, ta’mirlash vaqtida shuningdek materiallar tashishda har tomondan kelishning qulayligini faqat ishchi turadigan dastgoh orasidan o‘tish joylarining kengligi 0,5-0,8 m, dastgohlar qatori orasidagi tish yo‘lining kengligi eng kamida 1,2 m aravacha, elektrokar va boshqa transport vositalari o‘tadigan joyning kengligi 2 mdan qilib belgilanadi. O‘quv ustaxonasidagi barcha turdagi jihozlarning xavfli joylar to‘r, kojuxlar bilan to‘sib qo‘yiladi.
|
| |