• Gipermatn haqida tushuncha.
  • Gipermurojaat tushunchasi haqida ma’lumot.
  • Gipermedia haqida ma’lumot.
  • E’tiboringiz uchun rahmat!!!
  • O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash Vazirligi Osiyo Xalqaro Universiteti Umumiy Fanlar Kafedrasi Fan: Tibbiyotda axborot texnologiyalari Mavzu: Gipertekst,gipermurojaat va gipermedia tushunchalarini tavsiflash




    Download 1,67 Mb.
    Sana06.09.2024
    Hajmi1,67 Mb.
    #270446
    Bog'liq
    39-dav Qayimova Hamidabonu informatika

    O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash Vazirligi Osiyo Xalqaro Universiteti Umumiy Fanlar Kafedrasi Fan:Tibbiyotda axborot texnologiyalari Mavzu:Gipertekst,gipermurojaat va gipermedia tushunchalarini tavsiflash.

    Bajardi:Qayimova Hamidabonu

    Qabul qildi:Ashurov J.J

    Reja:

    • Gipermatn haqida tushuncha.
    • Gipermurojaat tushunchasi haqida ma’lumot.
    • Gipermedia haqida ma’lumot.

    Gipermatn haqida tushuncha.


    Gipermatn ichki havolalarga ega bo'lgan, ya'ni bir qismdan ikkinchisiga bog'langan kitobdir. Gipermatn - axborot birliklari tarmoqda bog'lanishlar orqali o'zaro bog'langan va chiziqli bo'lmagan yoki ko'p chiziqli tarzda tashkil etilgan shakllanishdir.Gipermatn (Gipertekst) g’oyasi 1945 yilda AQSH prezidentining ilmiy maslahatchisi Vanevar Bush tomonidan kiritilgan bo’lib, u o’sha vaqtda “Memex” (memeks) elektromexanik informatsion tizimini yaratish taklifi bilan chiqqan, lekin uning taklifi inobatga olinmagan.20 yildan so’ng, ya‘ni 1965 yilda Teodor Nelson “gipertekst” terminini fanga kiritdi va “chiziqsiz” matnlar bilan bog’liq ba‘zi g’oyalarni amalga oshirdi. 
    • 1960 yillarning oxirida Ted Nelson ismli olim gipermatn tushunchasini yaratdi. Bu kontseptsiya butun olam to`rining asosini tashkil etadi. Unda xujjatlar va sahifalar orasida bog`lanishlar ko`zda tutilganligini alohida ta'kidlab o`tish kerak.Nelson axborotni o`rganishning yangi usulini taklif qildi. U o`quvchiga ma'lumotlarni kitobdagi kabi ketma-ket joylashgan tarzda emas, balki o`quvchiga qulay bo`lgan va zarurat tug`ilganda turli joylarda joylashgan sahifalarga ham o`ta olish imkoniyatiga ega bo`lgan tarzda tasvirlashni hoxlagan edi. Bu usulda kitobni boshidan oxirigacha o`qish va axborotni ketma-ket o`zlashtirish o`rniga o`quvchi o`zi tushunmagan biror so`zni ajratib olishi va bu so`z haqida ko`proq ma'lumotga ega bo`lishi mumkin.

    Bunday yondashishning keyingi rivoji gipermatn tushunchasining boshqa informatsion resurslar hisobiga- grafikani, audio va videoinformatsiyadan gipermedia tushunchasigacha bo’lganlarni hisobga olgan holda kengayishiga olib keladi.Shunday qilib, gipermatn – bu nostrukturaviy erkin o’sayotgan bilimni tasvirlash texnologiyasidir. Gipermatn zamirida o’zaro yo’naltirilgan semantiq aloqalar(munosabatlar) bilan bog’langan, tarmoq hosil qiluvchi informatsion ob‘ektlar tizimini tushunishadi. Har bir ob‘ekt ekranning informatsion paneli bilan bog’langan bo’ladi va foydalanuvchi ushbu bog’liqlik, munosabatlardan birini tanlashi mumkin bo’ladi.

    Gipermurojaat tushunchasi haqida ma’lumot.

    Gipermatn tarkibiga gipermurojaatlar kiradi. Ular matnda ajratilgan so`z, tugmacha yoki rasm ko`rinishida bo`ladilar. Ular ustiga sichqoncha kursorini olib kelib va chertib, siz bu obyektlar haqida qo`shimcha ma'lumotlarga ega bo`lasiz. Bu qo`shimcha ma'lumotlar to`rning ixtiyoriy joyida: shu xujjatning ichida, xujjat joylashgan serverning boshqa yerida yoki yer sharining boshqa burchagidagi serverda bo`lishi mumkin.

    1. Gipermurojaatlardan foydalanish olisdagi veb serverdan birinchi veb sahifani chaqirishdan boshlanadi. Sahifaning bir joyidan ikkinchisiga o`tish uchun ham gipermurojaatlardan foydalaniladi. 2. Gipermurojaatlar ikki xil bo`ladi: nisbiy va mutloq. Nisbiy gipermurojaatlar bita serverda joylashgan sahifalarni chaqirish uchun ishlatiladi. Masalan, veb saytning bosh sahifasidan uning boshqa sahifalariga o`tish nisbiy gipermurojaatlar yordamida bajariladi. Nisbiy gipermurojaatlarda sahifalarning bir-birlariga nisbatan joylashuvidan foydalaniladi. Bu esa veb sahifalarning bir vaqtda boshqa joyga ko`chirishga to`g`ri kelganda juda qo`l keladi. Masalan, veb sayt bir serverdan ikkinchisiga ko’chirilganda faqat uning bosh sahifasiga murojaat o`zgaradi..

    3. Turli veb serverlar orasidagi bog`lanishlarda mutloq gipermurojaatlardan foydalaniladi. Bunday bog`lanishlar veb sayt yaratilayotgan paytda nazorat qilinmaydi va ular tayyor veb saytlar orasida ishlatiladi. Mutloq gipermurojaatlarda “o`lik” bog`lanishlar, ya’ni ishlamaydigan bog`lanishlar paydo bo`lishi mumkin. Masalan, sizning saytingizdan murojaat qiladigan boshqa sayt sizga ma'lum qilinmasdan boshqa joyga ko`chirilishi mumkin va bu “o`lik” bog`lanish paydo bo`lishiga olib keladi.

    Gipermedia haqida ma’lumot.

    Gipermedia gipermatn emas (yangi sifat sifatida), chunki u har qanday ma'lumotni qabul qilish uchun chiziqli bo'lmagan muhitni yaratish uchun grafik, ovoz, video, matn va havolalarni o'z ichiga oladi .Gipermedia multimedia ta'rifiga mos keladi. World Wide Web gipermedianing klassik namunasi bo'lib, u yerda interaktiv birliklar multimedialilar bilan birga mavjud. Gipermediya - bu matn, ma'lumotlar, grafikalar, audio va videodan barcha elementlar bog'langan, kontentga giperhavola orqali kirish mumkin bo'lgan kengaytirilgan gipermatnli tizim elementlari sifatida foydalanish.

    Matn, audio, grafika va video bir-biri bilan bog'langan bo'lib, ular ma'lumotlarning to'plamini yaratadi, bu odatda chiziqli bo'lmagan tizim deb hisoblanadi. Zamonaviy jahon tarmog'i gipermediya uchun eng yaxshi misol bo'lib, u erda kontent ko'pincha interaktiv bo'ladi, shuning uchun chiziqli emas. Gipermatn - gipermediyaning kichik bir qismi bo'lib, bu atama birinchi marta 1965 yilda Ted Nelson tomonidan ishlatilgan.

    E’tiboringiz uchun rahmat!!!


    Download 1,67 Mb.




    Download 1,67 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash Vazirligi Osiyo Xalqaro Universiteti Umumiy Fanlar Kafedrasi Fan: Tibbiyotda axborot texnologiyalari Mavzu: Gipertekst,gipermurojaat va gipermedia tushunchalarini tavsiflash

    Download 1,67 Mb.