|
Mavzu: Kapital bozorida tijorat banklarining o‘rni. Reja I. Kirish. II. Asosiy qism
|
bet | 1/11 | Sana | 19.02.2024 | Hajmi | 0,54 Mb. | | #159049 |
Bog'liq Курс иши-1 А
Mavzu: Kapital bozorida tijorat banklarining o‘rni.
Reja
I.Kirish.
II.Asosiy qism
1. Kapital bozori mohiyati, mazmuni va vazifalari.
2. Kapital bozorida tijorat banklari faoliyatining huquqiy asoslari.
3.Tijorat banklarining fond bozoridagi faoliyati tahlili.
4. Kapital bozorida tijorat banklarining ishtirokiga doir muammolar va ularning yechimlari.
III.Xulosa va takliflar.
IV.Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish.
Mavzuning dolzarbligi: Bozor iqtisodiyotidavrida iqtisodiy jarayonlarni yanada modernizatsiyalash va banklarning investitsion faoliyatini yanada oshirish muhim vazifalardan hisoblanadi. Kapital bozori davlat moliya tizimini tashkiliy qismi bo‘lib, industrial va tashkiliy–funksional o‘ziga xosligi bilan harakterlanadi. Ko‘p mamlakatlarning fond bozorlarida banklar asosiy ro`lo‘ynaydilar. Banklarning investitsion operatsiyalarini rivojlantirishda kapital bozorining ro`lini oshirishga tegishli bir qator masalalarni oydinlashtirib beradi.
O‘zbekistonda kapital bozorini shakllantirish va uni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilib, hozirda uning faoliyat ko‘rsatishi uchun tegishli me’yoriy-huquqiy asos va iqtisodiy shart-sharoitlar yaratilgan bo‘lishiga qaramasdan, milliy fond bozorimiz rivojlanishida jiddiy o‘zgarishlar kuzatilmayapti. Ayniqsa, kapital bozorida investitsiya institutlarining, xususan, mazkur bozorning to‘laqonli va faol ishtirokchisi hisoblangan O‘zbekiston banklarining samarali faoliyati ko‘zga tashlanmayapti. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-dekabrdagi “Aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni jalb qilish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-2454-sonli Qarori talablaridan kelib chiqqan holda, tijorat banklari tomonidan bank ustav kapitalining 15 foizidan kam bo’lmagan qismini xorijiy investorlarga sotish yuzasidan o’tgan davr mobaynida zaruriy chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Kurs ishining obyekti: Bugungi kundagi Respublikamizda tijorat banklarining kapital bozoridagi mavqeining pastligi banklar jami aktivlarda qimmatli qog’ozlar salmog‘ining kichikligi hamda yalpi daromadi tarkibida qimmatli qog’ozlardan olinadigan daromadlari salmog‘ining juda kamligida yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Buning asosiy sabablari sifatida kapital bozorida risklilik darajasining yuqoriligi, kapitalizasiya darajasining kichikligi, qimmatli qog’ozlar likvidlik darajasining pastligi, muddatli qimmatli qog’ozlar bozorining yo‘qligi, banklarning kapital bozoridagi faoliyatini tartibga soluvchi hamda investorlar huquq va manfaatlarini kafolatlovchi ayrim me’yoriy-huquqiy asosining takomillashmaganligi va hokazolar bilan izohlash mumkin.
|
| |