9. Mavzu:
Metallarni gaz alangasida payvandlash, asetilen baloni va
uskunalari
Reja:
1.
Elektr kontakt payvandlash
2.
Uchma-uch payvandlash
3.
Nuqtali payvandlash
4.
Rolikli payvandlash
Metallarni gaz alangasida payvandlashda issiqlik manbai sifatida yonuvchi
gazlarni ma’lum nisbatda kislorod bilan gorelkani aralashtirilib bu aralashmani
havoda yondirilishda ajralgan alangasi issiqligidan foydalanilad.
Bu usul o‘zining oddiyligi, qimmatbaho uskunalar talab etmasligi, alanga
issiqlik quvvatining oson romtlanishi va uni payvandlash joyiga turlicha
yo‘naltirish mumkinligi kabi avzalliklarga ega. Bu usulning kamchiliklariga,
asosan, payvandlanadigan metallni qizdirish tezligining kichikligi va issiqlikning
metalga ta’sir qilish zonasining kattaligini ko‘rsatish mumkin. Sifatli choklar
olishda payvandchining malakasi, alanganing quvvati, chokbop metallarning
to‘g‘ri belgidanishining ahamiyati g‘oyat katta.
Kuzatishlar ko‘rsatadiki, qalinligi 1
mm
po‘latni gaz alangasida
payvandlashda ish unumi satiga 10
m
bo‘lsa, qalinligi 10 5
mm
li shu po‘latni gaz
alangasida payvandlashda ish unumi soatiga faqat 2
m
bo‘ladi. SHuning uchun
qalinligi 6
mm
dan yupqa metallarni payvandlashda bu usuldan foydalanish
maqsadga muvofiq.
Amalda bu usuldan yupqa po‘lat, rangli metall qotishmalari listlardan
rezervuarlar, idishlar tayyorlashda, turli nuqsonlarni (darzlarni, g‘ovaklarni)
tuzatishda keng foydalaniladi.
Issiqlik ajratish qobiliyati eng yuqori bo‘lgani atsetilen gazi bo‘lgani
sababli va uni maxsus gaz generatorlarida kalsiy karbidiga suvni ta’sir ettirib,
osongina ishlab chiqarilishi va ish eriga ballonlarga keltirilishi undan keng
foydalanishiga sabab bo‘ldi.
Kalsiy karbid (Sa, S
2
) qoramtir sarg‘ishyoki jigarrang tusda bo‘lgan
ximiyaviy birikma bo‘lib, uni elektrik pechlarda koksni so‘ndirilmagan ohak bilan
qo‘shib ·1900-
2300
0
S temperaturagacha qizdirib olinadi, bunda tubandagi reasiya o‘tadi:
3S + SaO = SaS
2
+ SO
Pechdan chiыarilgan kalsiy karbidni metall ыoliplarga quyib qotgandan
so‘ng ajratib, maydalab sarterovkalanadida, keyin po‘lat listli germetik
yopiladigan barabanlarga 100-130 kg gacha solinib zich berkitiladi.
Agar kalsiy karbidga suv tegsa, u tezda reaksiyaga kirishib, parchalanadi:
SaS
2
+ 2N
2
O = S
2
N
2
+ Sa (ON)
2
+
Q kkal (j)
Texnikaviy kalsiy karbidida taxminan 70-80 protsent ximiyaviy SaS
2
bo‘lib, qolgani booshqa qo‘shimchalar bo‘ladi. SHu sababli 1
kg
texnikaviy
kalsiy karbidi nazariy hisobga ko‘ra 3,72 dm
3
atsetelin olinsa, amalda esa 230-
280litr olinadi.
Atsetilen (S
2
N
2
) rangsiz yonuvchi gaz bo‘lib, kuchsiz efir hidiga ega.
Atsetilen havodan engil 20
0
S dagi atmosfera bosimli 1
m
3
atsetilen massasi 1,09
kg keladi.
Atsetilen o‘z-o‘zidan alangalanish temperaturasi 240-630
0
S oralig‘ida
bo‘ladi. Bosim ortgan sari o‘z-o‘zidan alangalanish temperaturasi pasayadi.
Masalan, 2
kG/sm
3
da 630
0
S bo‘lsa, 4
kG/sm
3
da 475
0
S bo‘ladi. Huddi shunday
atsetilenda turli moddalar zarrachalarini bo‘lishi yuza kontaktini oshirib, o‘z-
o‘zidan yonishga ko‘maklashadi. Amalda atsetilendan foydalanishda bosimga
ko‘ra uni tubandagi temperaturagacha qizdirishga yo‘l qo‘yilishi mumkin:
masalan, atmosfera bosimida – 300
0
S gacha 1,05
kG/sm
3
da 150-180
0
S va undan
ortiq bosimda 100
0
S gacha.
Atmosfera bosimida atsetilenning havo bilan aralashmasida atsetilen
miqdori 2,2 % va undan ortiq bo‘lsa, kislorodli aralashmasida 2,8 % va undan
ortiq bo‘lsa portlaydi. Atsetilenning havoli va kislorodli aralashmalari uchqunida,
alangadan va mahalliy qizdirishdan portlashi mumkin. Shuning uchun
atsetilenning generator shlanglaridan ballonlaridan chiqishiga va payvandlash
xonalarida yig‘ilishiga sira yo‘l qo‘ymaslik kerak.
Keyingi yillarda ximiyaviy sintez ishlari taraqqiyoti natijasida atsetilen
tabiiy gazdan ham olina boshladi, chunki bu yo‘l bilan olingan gaz narxi kalsiy
karbiddan olingan gazlarga nisbatan 30-40 % arzon.
Atsetilen ballonlarda saqlanadi. SHuni qayd etish lozimki, atsetilen
ballonga 1516
atm (1,5 – 1,6 Mn/m
2
)
bosimgacha to‘ldiriladi. Bunday ballonlar
oq rangga bo‘yalgan bo‘ladi. Ballonlarga atsetilen to‘ldirishdan avval atseton
bilan to‘yintirilgan g‘ovak massa (aktivlashtirilgan pista ko‘mir yoki pemza)
bilan to‘ldiriladi. CHunki 1 hajm atsetonda 23 hajm atsetilen eriydi. Bunda bu
massa kapillyar idish bo‘ladi. YUqorida qayd etdikki, atsetilenning kislorodli
aralashmasi yondirilganda boshqa yonuvchi gazlar (vodorod, metan, propan) ga
nisbatan ko‘p issiqlik chiqaradi. Lekin, shuni ham aytish zarurki, payvandlashda
zarur alanga olish uchun vodorod, tabiiy gaz, kerosin bug‘laridan ham
foydalaniladi. Tajribalar ko‘rsatadiki, payvandlashda metallni effektiv qizdirib,
suyuqlantirish uchun alanga temperaturasi payvandlanuvchi metallning
suyuqlanish temperaturasidan kamida ikki marta ortiq bo‘lmog‘i kerak.
SHunga ko‘ra atsetilen o‘rniga amalda alyuminiy va uning qotishmalarini,
latun, qo‘rg‘oshinlarni payvandlashda, kavsharlashda boshqa yonuvchi gazlardan
ham foydalaniladi.
|