Payvandlash
joylarni
payvandlashga
tayyorlash
Metallarni payvandlashda butun qalinligi bo‘yicha to‘la
payvandlash bilan puxta
choklar olish maqsadida payvandlash
joylari ularning qalinligiga,
payvandlash
usuliga, materialiga va boshqa ko‘rsatkichlariga ko‘ra ma’lum
tarzda
tayyorlanadi.
40-jadvalda kam uglerodli po‘lat list materiallarini
uchma-uch qilib gaz
alangasida payvandlashda ularning chetlarini qay
tarzda tayyorlash zarurligi
keltirilgan. Odatda payvandlanadigan listlarning chetlari payvandlashdan avval
moy, bo‘yoq, zang kabi iflosliklardan tozalanadi, buning uchun chetlari gorelka
alangasida qizdiriladi. Bunda oksidlar (okalina) asosiy metalldan ajralsa, moy va
bo‘yoqlar yonadi, namlik bug‘lanadi. Keyin po‘lat cho‘tka
bilan yuzalar
yaxshilab tozalanadi.
Payvandlanadigan metall chetlarining birini ikkinchisiga tekis qo‘yib
(tekismas joylari bo‘lsa, charx bilan tekislab), zarur moslamalardan foydalanib,
payvandlashga taxt qilinadi.
Chap tomonga va o‘ng tomonga payvandlash usullari mavjud.
7 – rasm. Gaz alangasida payvandlash usullari:
a – chapga payvandlash; b – o‘ngga payvandlash:
1 – chokbop
sim; 2 –gorelka
Chapga payvandlash
yupqa listlarni (3-4
mm,
gacha) payvandlashda keng
tarqalgan usul bo‘lib, bunda gorelka o‘ngdan chapga yurgiziladi. Chokbop sim
gorelka oldida olib yuriladi. (30-rasm,
a
).