9. Mavzu: Metallarni gaz alangasida payvandlash, asetilen baloni va uskunalari




Download 0,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/10
Sana26.06.2024
Hajmi0,69 Mb.
#265782
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Lecture 9

Suvli saqlagichlar.
Metallarni payvandlashda (yoki qirqishda) gaz 
aralashmasining gorelkadan chiqish tezligi uning yonish tezligidan kichik 
bo‘lganda (amalda noto‘g‘ri qo‘llashda) gaz aralashmasi generator tomon yurib, 
uni portlatishi mumkin.
Ma’lumki, gaz aralashmasi uning tarkibiga, temperaturasiga ko‘ra turli 
tezlikda yonadi. Yuqoridagi ma’lumotlardan shunday xulosa chiqadiki, yonuvchi 
gaz aralashmasining gorelka mundshtuki soplasidan chiqish tezligi doimo uning 
yonish tezligidan katta bo‘lishi kerak. Agar mundshtukdan chiqayotgan gaz tezligi 
uning yonish tezligidan kichik bo‘lsa, alanga mundshtuk kanaliga o‘tib, u erda gaz 
aralashmasining yonishi sababli paqillagan tovush chiqib turadi. Agar alanga 
gorelka
kamerasiga yanada ichkariroq o‘tsa, 
teskari zarb
deb ataluvchi hodisa ro‘y 
berishi, gaz generatorini portlatishi ham mumkin. Bu hodisa gaz aralashmasining 
chiqish tezligidan yonish tezligi ortganda, gorelka mundshtugi o‘ta qiziganda 
yoki kislorod miqdori alangada ortganda, mundshtuk kanali suyuq metall 
tomchilari, iflosliklari bilan berkilib 
qolganda ham ro‘y berishi mumkin. 
Bunday hollarda gaz generatorining 
havfsiz ishalashini suv qulfi deb 
ataladigan moslama ta’minlaydi.
2-rasmda 
quyi 
bosimda 
ishlaydigan suv qulfining ishlash 
sxemasi keltirilgan.
2-rasm, a da suv qulfining 
normal ishlashi, 2-rasm, b da qulfning 
teskari zarb
holati ishlashi ko‘rsatilgan. 2-rasm a 
dagi sxemadan ko‘rinadiki, 
generatorni
ishlatishdan avval 
qulfni kontrol muruvvat 3
mezonigacha
suv bilan to‘ldiriladi.
2
-
rasm.
Quyi bosimda ishlaydigan suv
qulfining
 
sxemasi:

1-atsetilen keladigan 
trubka; 2-jumrak; 3- kontnol muruvvat; 
 3
 
b-teskari zarb holatida ishlashi: 4-ehtiyot 
trubka; 5 shchitcha


Generatorning normal ishlashida atsetilen uzatuvchi trubka 1 dan, suv qulfiga o‘tib, 
undan esa muruvvat 
2
orqali gorelkaga o‘tadi.
Bu erda ehtiyot trubkasi 
4
bilan qulf oralig‘idagi suv sathining farqi 
gorelkani ta’minlovchi gazning ish bosimiga bog‘liq.
Gaz bosimining kamerada ortishida undagi suvning bir qismi gaz uzatuvchi 
trubka 
1
va ehtiyot trubkasi 
4
ga o‘tadi (2-rasm, 
b
). Bunday holda generatordan 
gazning qulfiga o‘tishi to‘xtaydi. Qulfda suv sathi pasayganda ehtiyot 
trubkasidagi suv sathi yanada ko‘tarilib yonish mahsulotlari atmosferaga chiqib 
ketadi.
SHunday qilib, alanganing teskari tomonga yurishida u gaz keltiruvchi 
trubka 
1
ga, binobarin, generatorga o‘tmaydi.

Download 0,69 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 0,69 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



9. Mavzu: Metallarni gaz alangasida payvandlash, asetilen baloni va uskunalari

Download 0,69 Mb.
Pdf ko'rish