• Suyuqlik sarfi va tezligi.
  • Mavzu: gidrodinamika




    Download 64.4 Kb.
    bet1/4
    Sana29.05.2023
    Hajmi64.4 Kb.
    #66907
      1   2   3   4
    Bog'liq
    Mavzu gidrodinamika
    1699013600 (1), 1699982099, Суғурта менежменти o’quv qo’llanma


    Mavzu: GIDRODINAMIKA


    Reja:


    1. Suyuqlik harakatining asosiy xarakteristikalari

    2. Oqimning uzluksizlik tenglamasi

    3. Suyuqlik harakatining Eyler differensial tenglamasi

    4. Haqiqiy suyuqlik oqimi uchun Bernulli tenglamasi

    5. Bernulli tenglamasining amaliy qo'llanilishi


    GIDRODINAMIKA




    Suyuqliklarning truba quvurlari va kanallarda oqishi, harakatga keltiruvchi kuch, ya’ni bosimlar farqi ta’sirida ro'y beradi. Ushbu kuch nasos kompressorlar, ayrim hollarda suyuqliklar zichligi yoki sathining farqi yordamida hosil qilinadi.
    Ma’lum miqdordagi suyuqlikni zarur tezlikda uzatish uchun bosimlar farqini aniqlash kerak. Undan tashqari, uzatish uchun kerakli energiya miqdorini yoki bosimlar farqi ma’lum bo'lsa, suyuqlik sarfi va tezligi topiladi. Yuqorida ko'rsatilganlarni amalga oshirish uchun gidrodinamika qonuniyatlarini bilish darkor.
    Gidrodinamikada tashqi va ichki masalalar bo'ladi. Truba va kanallar ichidagi suyuqlikning harakati - bu gidrodinamikaning ichki masalasidir. Turli jismlar yuzasida suyuqlikning harakati - bu gidrodinamikaning tashqi masalasidir.


    1. Suyuqlik harakatining asosiy xarakteristikalari


    Suyuqlik sarfi va tezligi. O’zgarmas ko'ndalang kesimli trubada suyuqlik harakatini ko'rib
    chiqamiz.

    Vaqt birligida ko'ndalang kesim orqali oqib o'tayotgan suyuqlik miqdoriga suyuqlik sarfi deyiladi.
    Agar suyuqlik sarfi m3/s, m3/soat o'lchov birliklarida o'lchansa - hajmiy sarf, kg/s, kg/soat larda
    o'lchansa - massaviy sarf deb hisoblanadi.

    Oqim ko'ndalang kesimining turli nuqtalarida suyuqlik zarrachalarining tezligi bir xil bo'lmaydi.
    Quyida keltirilgan 2.13 - rasmga binoan, truba o'qi atrofida suyuqlik tezligi maksimal, uning
    devoriga yaqinlashgan sari minimal qiymatga teng bo'ladi. Lekin, ko'pchilik hollarda truba ko'ndalang
    kesimi orqali oqib o'tayotgan suyuqlik tezliklarining taqsimlanish qonuniyatlari noma’lum yoki uni
    aniqlash juda qiyin. Suyuqliklarning haqiqiy tezligini o'lchash juda murakkab bo'lgani uchun,
    muxandislik hisoblashlarda zarrachalar o'rtacha tezligi ishlatiladi. Suyuqlik hajmiy sarfi Q (m3/s) ning

    truba ko'ndalang kesim yuzasi F (m2 ) nisbatiga o'rtacha tezlik w (m/s) deb nomlanadi:
    w=Q
    F


    (1)


    Bundan hajmiy sarf,


    Q = w ■ F
    Massaviy sarf G (kg/s) esa, quyidagi formuladan aniqlanadi:
    G = p ■ w ■ F


    (2)


    (3)


    bu erda p - suyuqlik zichligi, kg/m3
    Shuni alohida ta’kidlash kerakki, yuqorida keltirilgan formulalar istalgan shakldagi ko'ndalang kesimli kanallar uchun ham to'g'ri keladi.

    Download 64.4 Kb.
      1   2   3   4




    Download 64.4 Kb.