Gidravlik radius va ekvivalent diametr




Download 64.4 Kb.
bet2/4
Sana29.05.2023
Hajmi64.4 Kb.
#66907
1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu gidrodinamika
1699013600 (1), 1699982099, Суғурта менежменти o’quv qo’llanma
Gidravlik radius va ekvivalent diametr. Dumaloq bo'lmagan, istalgan shakldagi ko'ndalang kesimli trubalardan suyuqlik oqib o'tganda, asosiy chiziqli o'lcham sifatida gidravlik radius yoki ekvivalent diametri qabul qilinadi.
Truba yoki kanal ichida harakat qilayotgan oqim ko'ndalang kesim yuzasining perimetriga nisbati gidravlik radius r, (m) deb nomlanadi:


(4)


F
r
= —
г П

bu erda F - suyuqlik oqimi ko'ndalang kesim yuzasi, m2; P - ho'llangan perimetr, m.
Ichki diametri d, ko'ndalang kesim yuzasi F = n d2/4 va ho'llangan perimetri P = 71d bo'lgan
dumaloq truba uchun gidravlik radius ushbu formuladan topiladi:
F nd2/4 d
r = — = = —
П nd 4
Gidravlik radius orqali ifodalangan ekvivalent diametr quyidagi ko'rinishga ega
d = d = 4r
e g



(5)


Agar, (4) tenglamani inobatga olsak,




, 4 • F
de = —pr
e П



Tomonlari a va v bo'lgan to'rtburchak ko'ndalang kesimli suyuqlik bilan to'ldirilgan kanallar uchun gidravlik radius ushbu tenglamadan aniqlanadi:


rg


F _ а v _ а v
P 2a + 2v 2 • (a + v)


ekvivalent diametr esa


de = 4rg


4 a v _ 2 a v
2 • (a + v) a + v


Ichki diametri di va tashqi diametri dt bo' lgan ikkita trubalar hosil qilgan halqasimon trubalararo
bo'shliqning ko'ndalang kesim yuzasi uchun ekvivalent diametr quyidagi tenglamadan aniqlash mumkin:

.i- _ ,/-'
ft ‘ d Т ft ‘ d и
Г4 ГI
л • dT + л ••du


4 •
, 4 • F
de = ~P~ =
e P



Dumaloq truba uchun de = d.
Turg'un va turg'unmas (noturg'un) oqimlar. Suyuqlik harakat qonuniyatlariga qarab turg'un va noturg'un oqimlar bo'ladi.
Suyuqlik oqimining turg'un harakati davrida vaqt o'tishi bilan suyuqlik zarrachalarining tezligi va boshqa omillar (bosim, zichlik, temperatura va hokazolar) o'zgarmaydi (dw/dr=o, dp/dr=o va hokazo), lekin oqimda kuzatilayotgan nuqta holatiga bog'liq:
w = fi (x, У,z); р = /2 (x, y, z); h = f3 (x, y, z)

bu erda w - suyuqlik tezligi; p - bosim; h - oqim chuqurligi.
Turg'unmas harakat davrida tezlik, bosim va oqim chuqurligi koordinata va vaqtga bog'liq bo'ladi:
W = fi (x, y, z,z\ p = /2 (x, y, Z,z\ h = /3 (x, y, z,z)


Oqimlarning turg'un harakati uzluksiz, noturg'un esa - davriy jarayonlar uchun xarakterlidir.
Turg'un harakat ikki xil bo'ladi: tekis va notekis.
Oqim uzunligi bo'yicha uning tezligi, bosimi, chuqurligi va shakli o'zgarmasa, suyuqlikning harakati tekis, lekin bularning aksi bo'lsa - notekis harakati sodir bo'ladi.
Oqim o'rtasida (o'qida) suyuqlik harakatining tezligi maksimal, devor atrofidagi oqimchalarda esa - minimal bo'ladi. Oqimda tezliklar taqsimlanishi suyuqlik harakat rejimlariga bog'liq.


2. Oqimning uzluksizlik tenglamasi


Uzluksiz harakat qilayotgan sharoitda suyuqlik oqimidagi tezliklar orasidagi bog'liqlikni ko'rib chiqamiz.






Download 64.4 Kb.
1   2   3   4




Download 64.4 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Gidravlik radius va ekvivalent diametr

Download 64.4 Kb.