|
14-Chizmalarda shartlilik va soddalashtirishlar haqida tushuncha
|
Sana | 08.02.2024 | Hajmi | 396,64 Kb. | | #153390 |
Bog'liq 14-amaliy mash. 14-Chizmalarda shartlilik va soddalashtirishlar haqida tushuncha
Chizmalarni chizishda mehnat unumini oshirishga, chizma chizish va o'qishda vaqtni tejash hamda qulaylikka va ratsionalizatsiyalashtirishga soddalashtirish va osonlashtirish yo‘li bilan erishiladi. Shu maqsadda standart tomonidan bir qator shartliliklar va soddalashtirishlar joriy qilingan. Ko‘rinishlar sonini kamaytirish, tasvir o‘lchamini kamaytirish va tasvirlar yasashni osonlashtirish maqsadida shartlilik va soddalashtirishlar belgilangan. 0 — diametr va kvadratlarni ifodalovchi shartli belgilardan foydalanish evaziga jismni bitta ko‘ rinishda tasvirlashga imkon beradi (1- a, b, с, d chizma). Shuningdek, diametr va kvadrat belgilaridan foydalanib, bitta ko‘ rinishda shunday jismlardan tuzilgan detalni tasvirlash mumkin. Bitta ko'rinishda shar sirtini tasvirlash mumkin, bunda diametr belgisi ostiga „Sfera“ so‘zi yozib qo‘yiladi. Biriktirish detallari deyarli barcha mashina va mexanizmlarda qo‘llaniladi.
Ularning ko‘pchiligini aniq chizish uchun ancha vaqt va mablag‘ kerak bo‘ladi. Shu sababli ham bu detallarni chizishda turli ko‘rinishdagi shartlilik va soddalashtirishlardan foydalanish maqsadga muvofi qdir. Buyumlarni yig‘ish jarayonida, uni tashkil qiluvchi detallarni birbiri bilan mahkamlash uchun turli ko‘rinishdagi biriktirish usullari qo‘llaniladi. Ular, umuman olganda, ajraladigan va ajralmaydigan birikma turlariga bo‘ linadi. Agar birikmalarni ajratishda birikma detallari sindirilmasa, u holda bunday birikma ajraladigan birikma deyiladi. Ularga boltli, shpilkali, vintli, shtiftli, shponkali, shplintli, shlitsali (tishli) birikmalar kiradi. Birikmalarni ajratishda birikma detallari sindirilsa, ular ajralmaydigan birikmalar deyiladi. Ularga parchin mixli, payvand chokli, kavsharlangan, tikish, yelimlash kabi birikmalar kiradi.
Yig'ish chizmasini o'qish davomida o'quvchilar jlg'ish birligi modelini yig'adilar. Bu holda model o'quvchilarga yig'ish chizmasini o'qish to'g'riligini nazorat qilish uchun zarur bo'ladi. Bu darsda amaliy ish sifatida yig'ish birligiga kiruvchi detallardan birining eskizini bajarish mumkin. Keyingi bosqichda o'quvchilami yig'ish chizmasini mahsulotning yaqqol tasvirlaridan foydalanib o'qish taklif qilinadi. Yig'ish chizmasini o'qish va undagi har bir detaining geometrik shaklini aniqlash jarayonida o'quvchilar ulaming har birini yaqqol tasvirdan ko'rsatib, tasavvurlaridagi fazoviy obraz bilan solishtirib boradilar. O'quvchilarni yig'ish chizmalarini o'qishga o'rgatish bo'yicha oxirgi mashq sifatida chizmani qo'shimcha yaqqolliklarsiz o'qishga o'rgatishni olish mumkin. Shu yerda o'quvchilarga yig'ish chizmalarini detallarga ajratish va uni chizmada bajarish bosqichlari haqida ma'iumot beriladi.
Chizmachilik kursidagi nazariy ma'lumotlaming ahamiyatini to'g'ri baholamasdan o'qitish metodlaridagi bir xillik ayniqsa o'quvchi va talabalaming fanni o'zlashtirishlariga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Kasb-hunar kollejlarida chizmachilikdan topshiriqlar tuzish vatanlashda topshiriqni bajarishdan maqsad kO'rsatilishi, individual topshiriq mazmuni aniq belgilanishi, topshiriqni bajarish muddati (katta hajmli topshiriqlar uchun oraliq muddatlar ham) ko'rsatilishi, grafik ishlarga sarflanadigan vaqt o'quvchilaming vaqt budjetiga mos kelishi, individual topshiriqlar variantlari taxminan bir xiI murakkablikda bo'lishi; o'quvchilarning topshiriqni bajarishga tayyorgarlik darajalari e'tiborga olinishi; topshiriqlar tayyorlanadigan mutaxassislik yo'nalishiga va texnikaning zamonaviy darajasiga mos kelishi kerak. Shu ko'rinishda tuzilgan va bajarish jarayoni tashkil qilingan topshiriqlar talabalami obyekt to'g'risidagi ma'lumotlami grafik axborot kompleksi ko'rinishida va aksincha ifodalashni o'rgatadi. Kollejlarda talabalar individual topshiriqlami chizmachilik kursi ta'limining hamma bosqichlarida bajaradilar. Ulami tanlashda oddiydan murakkabga o'tish tamoyiliga amal qilinadi; har bir grafik topshiriq talabalaming tayyorgarlik darajasini hisobga olib, imkoni boricha uni qiziqib bajarishlariga yo'naltirilgan bo'lishi kerak.
Kasb-hunar kollejlari uchun chizmachilik kursidan topshiriqlami tanlashda quyidagi shartlami bajarilishiga e'tibor qilish kerak:
1) talabalaming kasbiy faoliyatida zaruriyati;
2) ulaming fazoviy tasavvurlari va mantiqiy fikrlashlarining rivojlanishiga xizmat qilishi;
3) mutaxassislik Yo'nalishi bo'yicha grafik tasvirlarni savodli bajarishga tayyorlashi.
1-chizma
2-chizma 3-chizma
— detaining qalinligi 5 mm va uzunligi 250 mm bo'lsa, yassi va uzun buyumlar bitta ko'rinishda tasvirlanadi;
— uzun detallarni kaltaroq qilib, masshtabni o‘zgartirmasdan tasvirlash uchun uzishlar qo'llaniladi. Uzish joyi ingichka tutash toiqinsimon chiziqda chiziladi;
— detalda bir nechta bir xil joylashgan elementlar mavjud bo‘lsa, u holda. ulardan bir-ikkitasini tasvirlab, qolganlarini soddalashtirib yoki shartli ko'rsatish mumkin;
— detaining bir qismini uning elementlari sonini va ularning joylashishini ko‘rsatib tasvirlash mumkin
— silindrik teshiklarning bittasini ko‘rsatib, qolganlarining o'rinlarini belgilash orqali soddalashtirib tasvirlash mumkin;
— silindrik teshiklar kesuvchi tekislikka to‘g‘ ri kelmagan holda ham ulardan bittasi shartli ravishda kesuvchi tekislikka keltirilib, xuddi qirqimga to‘g‘ri kelgandek qilib ko‘rsatish mumkin
— sirtlarning kesishish egri chiziqlarini 2- a, b chizmada ko‘rsati!gandek tasvirlash mumkin;
— bir sirtdan ikkinchisiga silliq o ‘tish joyi shartli ravishda ingichka tutash chiziqda tasvirlanadi , ularni soddalashtirib aylana yoyi orqali tasvirlash mumkin. Ba’zi hollarda bu o ‘tish chiziqlari ko‘ rsatilmasligi ham mumkin;
— detal tasvirida tekis yuzalar uchrasa, ularni ingichka kesishuvchi (diagonallar) bilan chizmalardagidek ko‘rsatish mumkin;
— tishli g‘ildirak, shkivlar va shunga o ‘ xshash detallar gupchagidagi teshiklarni, shponka pazlarini ko'rsatishda ularning toia tasviri o ‘rniga faqat teshik konturini chizib ko'rsatish mumkin;
— detallarda uchraydigan mustahkamlash qovurg'alari bo‘ylama qirqimga tushsa, kesilgan joy shtrixlanmaydi .
Bunday qovurg'alar ko‘ ndalang qirqimga tushsa, kesilgan joy shtrixlanadi;
Chizmalar mashinasozlik sanoatida buyumlar ishlab chiqarishda asosiy va yagona texnikaviy hujjat hisoblanadi. Mashinasozlik sanoatining barcha tarmoqlarida ishlab chiqariladigan buyumlar standartga muvofiq ikki guruhga: asosiy ishlab chiqarish buyumlari va yordamchi ishlab chiqarish buyumlariga bo'linadi. Asosiy ishlab chiqarish buyumlariga xalq xo'jaligiga yetkazib berish uchun mo'ljallangan buyumlar kiradi, masalan, zavod traktor, paxta terish mashinalarini ishlab chiqarsa, bu buyumlar zavod uchun asosiy ishlab chiqarish buyumlari hisoblanadi. Yordamchi ishlab chiqarish buyumlariga asosiy ishlab chiqarish buyumlari ehtiyoji uchun ishlab chiqariladigan buyumlar, masalan, traktor yoki paxta terish mashinalari ishlab chiqarishda ishlatiladigan turli moslamalar, shtamplar, qirqish va o'lchash asboblari kabilar kiradi. Buyumlar standartga muvofiq: detallar, yig'ish birliklari, kompleks va komplektlarga ajraladi. Detal-bir xil nomli va markali materialdan yig'masdan tayyorlangan buyum, masalan, val, porshen, korpus, shatun, bolt, gayka, shpilka kabilar.
Detalning ma'lum maqsad uchun o'yilgan, qirqilgan qismlari uning elementlariga kiradi. Masalan, faska, ariqcha, galtel, shlitsa, rezba va boshqalar. Yig'ish birikmalari-tarkibiy qismlari yig'ish vositasida biriktirilgan buyumlar. Masalan, traktor, stanok, ventil, kran, go'sht qiymalagich va boshqalar.
Shuningdek, yig'ish birikmalari qatoriga quyidagilarni ham kiritish mumkin:
1. Konstruksiyasi bo'yicha tarkibiy qismlarga ajraladigan buyumlar, masalan, minorali lo.-anlar, ekskovatorlar, po'lat konstruksiyali ko'priklar va boshqalar. Bunday buyumlar ishjoylarida yig'iladi.
2. Umumiy vazifaga ega bo'lgan yig'ish birliklari va detallar to'plamidan tashkil topgan bo'lib, ular tayyorlovchi korxonalarda boshqa yig'ish birliklariga o'rnatiladi. Masalan, avtomobilning elektr jihozlari, sovitish sistemasi, yonilg'I bilan ta'minlash sistemasi, tormozlash sistemasi kabilar.
3. Umumiy vazifaga ega bo'lgan quti, g'ilof va shunga o'xshash idishlarga joylangan buyumlar to'plami. Masalan, chizmachilik gotovalniyasi, o'lchash asboblari kabilar.
Kompleks - ikki va undan ortiq ixtisoslashtirilgan buyumlar tayyorlovchi korxonada yi!(ish vositasida birlashtirilmagan, ammo o'zaro bir-biriga bog'liq eksplutatsion vazifalarni bajarishi ko'zda tutilgan buyum. Kompleksga kiruvchi har bir buyum kompleks uchun bir yoki bir necha asosiy ishlarni bajarishga xizmat qiladi. Masalan, stanoklarning potok liniyalari, parmalash qurilma, paxta terish mashinalari va boshqalar. Kompleksni o'rnatish uchun mo'ljallangan detallar, yig'ish birliklari, ehtiyot qismlar ham kompleksga kiradi. Komplekt- tayyorlovchi korxonada yiglish vositasida biriktirilmagan,umumiy yordamchi xarakterdagi vazifalarga ega bo'lgan ikki va undan ortiq bo'lgan buyumlar. Komplektga ehtiyot qismlar komplekti, asboblar va jihozlar, o'lchash apparatlari komplekti va boshqalar kiradi. Shuningdek, komplektlarga yiglish birikmalari va detallar bilan qo'shib jo'natiladigan, ishlatishda yordamchi vazifa bajaruvchi yig'ish birliklari va detallarni ham kiritish mumkin.
Buyum sirtida yorug`likning taqsimlanishi uning shakll va hajmini aniqlashga yordam beradi. Shu sababli rasmda buyumning hajmini sezish (tasavvur qilish) uchun yorug`lik va soya shartli tasvirlanadi. Buyum sirti tim soyadan yaltiroq darajasigacha yoritilishi mumkin.
Bunda yorug`lik manbai hamma vaqt rasmkashning chap tomoni orqasida va undan tushadigan yorug`lik nuri gorizontal tekislik bilan 45° burchak tashkil etadi deb qabul qilinadi. U holda rasm nimaga» asosan (tavsif, chizma, asliga qarab) chizilishidan qat`iy naz ar buyumni hamma vaqt yoritish chapdan soyasi esa o`ng tomonda boladi. - Rasmda buyumning hajmli bo`lib ko`rinishi yorug`lik va soyaning almashishi natijasida rovy beradi.
Har qanday detal uning aniq bajarilgan chizmasi orqali yasaladi. Standart talabiga muvofi q detal chizmasi barcha soddalashtirish va shartliliklar qo‘llanilgan holda eng kam ko‘rinishlarda chizilishi lozim. Aks holda, chizmani o‘qish murakkablashib ketadi va detalning geometriyasini o‘qish qiyinlashib, yasalgan detal yaroqsiz bo‘lishi mumkin. Detalning u yoki bu qismi shaklini aniqlash maqsadida kesim qo‘llaniladi. Uning ichki tuzilishini aniqroq bilish maqsadida kesim bilan birga qirqim ham qo‘llaniladi. Shunday qilinganda detalning ko‘rinishlari soni kamayadi. Kesim deganda detalning shaklini uning o‘qiga perpendikulyar qilib o‘tkazilgan tekislik orqali aniqlash usuli tushuniladi. Shunda tekislikda hosil bo‘lgan yuza kesim deyiladi.
|
| |