trubkalari ifloslanib berkilib qolgan bo‘lsa, bu kanallarni ingichka mis sim bilan
tozalab, puflab yuborish lozim.
Gorelka tekshirib ko‘rilgach, unga ikkala shlangni ham ulash mumkin.
Gorelkani ishga tushirish uchun avval kislorod ventilini bir oz ochib, keyin
atsetilen ventili ochiladi. Mundshtuk teshigidan
chiqyotgan yonuvchi gaz
aralashmasi yondiriladi-da alanga olinib kislorod yoki atsetilen ventillarini burab
ularning nisbatlarini rostlab alanga normal holga keltiriladi. Payvandlash ishi
tugugach, avval
atsetilen ventili berkitilib, so‘ng kislorod ventilini berkitish
kerak.