O‘ngga payvandlash
qalinligi 5
mm
dan ortiq bo‘lgan listlarni
payvanddlashda qo‘llaniladi, bunda gorelka chapdan o‘ngga,
chokbop sim
gorelka orqasida olib yuriladi. (30-rasm,
b
).
O‘ngga payvandlashda alanga issiqligidan chapga payvandlashga nisbatan
to‘laroq foydalaniladi, shu sababli payvandlash tezligi 10-20 % ortadi. Bu usulda
kertim burchagini bir oz kamaytirilishi tufayli chokbop sim sarfi kamayib,
yonuvchi gaz aralashmasi 10-15 % ga tejaladi.
CHokbop sim diametri chap
tomonga payvandlashda
d = S +1,
o‘ng tomonga payvandlashda
d = S
olinadi.
Bu erda
S
payvandlangan metall qalinligi
mm
da.
Shuni qayd etish kerakki, vertikal choklarni chap usulda pastdan yuqoriga
qarab bostirilsa, gorizontal va ship choklari o‘ng usulda bostirilmog‘i lozim.
Alanga issiqligidan to‘laroq foydalanish bilan ish unumini oshirish
maqsadida ko‘p uchlikli mundshtuklardan foydalana boshlandi. Bu
mundshtuklardagi
ikki uchlikning ishlashida, bulardan biri asosiy metallni
qizdirib tursa, ikkinchisi esa uni va chokbop simni qizdiradi.
Uchta alanga
beruvchi uchlikli mundshtuklarning ishlashida markaziy alanga asosiy metallni
qizdirib suyuqlantirsa, qolgan ikkitasi esa asosiy
metall bilan chokbop simni
qizdirib turadi.
Ko‘p uchlikli alanga beruvchi mundshtuklardan foydalanish ish unumini 25-
50 % oshirib, yonuvchi gaz sarfini 15-25 % kamaytiradi.
Nazorat uchun savollar
1.
Gaz alangasi yordamida payvandlashning qanday usullari bor?
2.
Gaz alangasi yordamida payvandlashda
asosiy ishlatiladigan
jixozlarni ayting?
3.
Asetilen generatorida asetilen gazi qanday hosil bo’ladi?