2SO + N
2
+ 1,5 O
2
= 2SO
2
+ N
2
O
Alangada hosil bo‘lgan SO va N
2
gazlari
payvandlashda metallni
oksidlardan qaytaradi. Payvandlashda bu zonada chok metali bir xil, zich, sifatli
chiqadi. Amalda normal alanga olish uchun aralashma tarkibidagi kislorodning
miqdorini nazariy miqdordan 30 % gacha orttiriladi. SHunday qilib, atsetilenning
kislorodga nisbati: 1:1- 1,3 oralig‘ida olinadi. Normal alangada tiniq o‘zak
(yadro), bir muncha qoraroq qaytaruvchi zona va mash’ala (fakel) bo‘ladi.
Gaz alangasida metallarni dastaki usulda payvandlash
Dastaki usulda payvandlashda payvandchi o‘ng qo‘liga gorelkani ushlaydi-
da alangani yondirib, rostlagach chap qo‘liga chokbop simni olib alangani metall
chetiga yo‘naltiradi (o‘zak uchidan 2-6
mm
oraliqdagi
qaytaruvchi zona bilan
payvandlanadi.
Bunda o‘zak uchi suyuqlantirilgan metall yuzasiga tegmasligi kerak. Aks holda,
metall vannasi uglerodga to‘yinadi). Payvandlashda
chokbop simning uchi
alangani qaytaruvchi zonasida yoki vannaga botirilgan bo‘lmog‘i kerak. Metallni
qizdirish tezligi mundshtukning payvandlanadigan
metall yuzasiga nisbatan
qiyalik burchagini o‘zgartirib rostlanadi (29-rasm).