Tog’ jinslarining fizik-mexanik xususiyatlari Reja




Download 66 Kb.
Sana07.03.2024
Hajmi66 Kb.
#168655
Bog'liq
Asosiy gorizont laxmlarining joylashishi gorizontal va qiya konl
Konvertor jarayonining asoslari va maqsadlari, Diniy fanatizmning, marten, . Nodir metallarning fizik va kimyoviy xossalari., KORXONANING ASOSIY FONDLARI VA ISHLAB CHIKARISH QUVVATLARI , Radial taqsimlash tarmog\'ida elektr energiyasini uzatish, Geomexanik jarayonlar modelini qurish bosqichlari, Elektr apparat MUST, Kokil usulida quymalar olish texnologik jarayonini yozing., Qisqa tutashuvning boshlang\'ich toklarini hisoblashda qo\'llaniladigan usullar, GIDRAVLIKA, Eyler tenglamasi shakldagi qovushqoq bolmagan suyuqlik uchun har-fayllar.org, Bernulli tenglamasining geometrik va energetik mohiyati. , bir cho\'michli ekskavatorlar, 24. Yuqori molekulyar birikmalar.Babayev.B.

Tog’ jinslarining fizik-mexanik xususiyatlari
Reja:

  1. Jinslarning texnologik xarakteristikasi (tavsifi) va tog‘ jinslarining tasnifi

2. Togʼ jinslari va ularning fizikaviy-mexanikaviy xossalari

3. Togʼ jinslari gʼovakligi va oʼtkazuvchanligi

Jinslarning texnologik xarakteristikasi (tavsifi) va tog‘ jinslarining tasnifi


Konda burg‘ilash-portlatish ishlari samaradorligiga kon jinslari ning texnikaviy xususiyatlari xarakteristikasi ta’sir etadi. Bular tog‘ jinslarining mahkamligi, abrazivliligi, burg‘ilanuvchanligi, portlatuv chanligi, maydalanuvchanligi, darzliligi, parchalanuvchanligi va bosh qalardir. Tog‘ jinslarining tasnifi birinchi marta 1836-yili tuzilgan bo‘lib, uning asosida hajm birligidagi jinsni massivdan ajratib olishga sarflanadigan porox, yondiruvchi sham va ishchi kuchi sarflanishi yotadi. Shundan so‘ng boshqa mualliflar tomonidan ham tog‘ jinslarining yangi tasniflari ishlab chiqilgan. Konchilik ishlarida keng qo‘llaniladigan tasnif tog‘ jinslarini proffessor M. M. Protodyakonov tomonidan 1910-yili ishlab chiqilgan parchalashga oid tasnif hisoblanadi. Tog‘ jinslarining mahkamligini baholashda professor M. M. Protodyakonov shkalasiga muvofiq koeffitsiyent f namunani bir o‘qli siqilishga (σsm ) ko‘rsatadigan vaqtli qarshiligining yuzdan bir bo‘lagi bilan aniqlanadi. Yumshoq va mahkam tog‘ jinslari uchun mahkamlik koeffitsiyenti birligini baholashda bir xil bo‘lmasligi maqsadga muvofiq keladi. Yumshoq jinslar birlik bahosi 100 kg/sm2 dan kichik bo‘lishi, mahkam jinslar uchun kattaroq bo‘lishligi asoslanadi. Jinslarni burg‘ilashga sarflanadigan asosiy vaqtni quyidagi sharoitda aniqlash mumkin. Burg‘ilash uchun perforatorga beriladigan siqilgan havo bosimi 5 kgs/sm2, burg‘ilovchi koronkaning diametri 42 mm, shpurning yo‘nalishi gorizontal, burg‘ilash ishi pnevmatik ko‘targich yordamida amalga oshiriladi. Burg‘ilanish uchun etalon sifatida ПР-30К va ПР-22 perforatorlari qabul qilingan. Burg‘ilash vaqtida suv bilan yuvilgan shpurning me’yoriy chuqurligi 1,5 m deb belgilangan. Shunday qilib, konchilik sanoati tarmoqlarida burg‘ilashga sarflanadigan yagona me’yorlash vaqti ishlab chiqilgan. Tog‘ jinslarining portlatuvchanligi – portlatilganda jinslarning parchalanib, maydalanishga ko‘rsatadigan qarshilik darajasi, bu ko‘rsatkich etalon portlovchi modda ammonit 6 ЖВ ni portlatib sinash yo‘li bilan aniqlanadi. Tog‘ jinslarining maydalanuvchanligi – ma’lum tog‘ jinsi - ning dinamik kuch ta’sirida zarbalab maydalanishga ko‘rsatadigan qarshiligi. Bu ko‘rsatkich ham burg‘ilash-portlatish materiallarini tanlashda e’tiborga olinadigan ko‘rsatkichlardan birdir. Tog‘ jinslarning darzliligi – jinslarning massivdagi darzliligining o‘lchamlari ularning chastotasijoylashishi, yo‘nalishining o‘lchamlari bilan aniqlanadi. Bu ko‘rsatkich o‘lchamlarning shpurlarni kavjoyda joylashtirishda va portlovchi moddaning solishtirma o‘lchamini tanlashda hisobga olinadigan ko‘rsatkichdir. G‘ovaklik (serkovakli, g‘alvirakli). Tog‘ jinslari bo‘shliqlar ning mavjudligi bilan ham xarakterlanadi. Jinsdagi bo‘shliqlar hajmini jins massasini hajmiga nisbati g‘ovaklik darajasi deyiladi. Jinslarda g‘ovaklik o‘lchami qancha yuqori bo‘lsa, suv singdiruvchanligi shuncha yuqori bo‘ladi. Bunday jinslarda kon lahimi o‘tkazilganda lahimda suv ko‘p bo‘lishini kutish kerak. Solishtirma og‘irlik – bu zich jins hajm birligining og‘irligiga (g‘ovakliklar hajmini chiqarib tashlaganda) aytiladi. Hajm og‘irligi – jinslarning massivdagi to‘liq hajm birligining og‘irligiga aytiladi. Solishtirma og‘irlik jinslarning g‘ovakligi, darzliligi sababli hamma vaqt hajm og‘irligidan katta bo‘ladi.
Kon jinslarining mahkamligi va turg‘unligi
Kon jinslarining mahkamligi va turg‘unligi ularni burg‘ilash, portlatish, qo‘porish va kondagi foydali qazilma boyliklarni qazib
olish tizimini tanlashda asosiy omillardan hisoblanadi. Kon jinslarining mahkamligi deganda, ularning burg‘ilashda parchalab ushatish jarayoniga ko‘rsatadigan qarshiligi tushuniladi. Kon jinslarining bu xususiyati ularni qazib olishda sarflanadigan kuch va materiallar me’yoriy miqdorining o‘zgarishiga va mehnat unum dorligining o‘sishiga salbiy ta’sir qiladi. Kon jinslarining bunday xususiyatlarini birinchi bo‘lib ilmiy asosda professor M. M. Protodyakonov o‘rganib va amaliy sinovlar bilan tasdiqlab, konlarni qazib olish jarayonida kon jinslarining ko‘rsatadigan qarshilik nazariyasini yaratgan. Foydali qazilma konlarini qidirib topish va ularni qazib olishning barcha jarayonlarida qarshilik nazariyasi asosiy nazariyalardan biri sifatida qaraladi. M. M. Protodyakonov bu nazariya asosida tog‘-kon jinslarining mahkamlik tasnifini tuzgan. Unga ko‘ra tog‘ jinslari 10 toifaga bo‘lingan va mahkamlik koeffitsiyentlari aniqlangan. Koeffitsiyentlar 1 dan 20 gacha belgilangan Ko‘p yillik amaliy tajriba shuni ko‘rsatadiki, M. M. Protodyakonovning mahkamlik koeffitsiyenti hisoblash formulalarida kiritilgan mahkamlik koeffitsiyenti amaliy ish uchun yetarli aniqlikdagi natijalar beradi. Eng mahkam jinslarni mahkamlik koeffitsiyenti 20 ga teng, ya’ni boshqa yuqori balli koeffitsiyent kiritishga hech qanday ehtiyoj yo‘q. Konchilik korxonalarida shpurlar burg‘ilashda ish unumdorligi me’yorini hisoblash uchun jinslarining 20 kategoriyaga ajratilgan yagona tasnifidan foydalaniladi. M. M. Protodyakonovning jinslarni kategoriyaga bo‘lish tasnifi bilan ish unumdorligining yagona me’yoriy hisobini solishtirish tartibi quyidagi jadvalda keltirilgan
Jinslarni bunday kategoriyalarga bo‘lish shpurlarni standartda belgilangan sharoitda burg‘ilashga ketadigan sof vaqtini aniqlashda qo‘llanish uchun mo‘ljallangan.
Tog’ jislarini qattiq, plastik, sochma va suzuvchi tog’ jislariga bo’lish qabul qilingan. Qattiq tog’ jinslari molekulyar tortib turuvchi va titrash kuchlari bilan o’zaro bog’langan mineral qismlardan tashkil topgan.
Tog’ jinslarining ularda o’tkir uskunalarning harakatiga ko’rsata oladigan qarshiligi bilan ifodalanuvchi xususiyati qattiqlik deyiladi. Qattiqlik darajasi tirnash, parmalash, silliqlash, namunalar bilan urish, so’nuvchi tebranishli mayatnik metodlari va boshqa usullar orqali aniqlanadi. Tog’ jislarining sinuvchanlikka va plastic deformatsiyaga qarshilik ko’rsatish xususiyati mustahkamlik deyiladi. Tog’ jinslarining siqilgandagi, bukilgandagi va cho’zilgandagi mustahkamliklari turlicha bo’ladi.
Tog’ jinslarining mustahkamligi prof. M.M. Protodyakonov shkalasidagi mustahkamlik koeffitsiyenti bilan baholanishi mumkin.
Tog’ jinslarini M.M. Protodyakonov shkalasi orqali tasniflashdan boshqa mustahkamlikni tasniflash usullari ham mavjud. Tog’ jinslarining ularning qismlarini massivdan olib qo’yishga qarshilik ko’rsatish xususiyati qayishqoqlik deyiladi. Tog’ jinslarining tashqi ta’sir natijasida o’z shaklini o’zgartirishi va ta’sir to’xtatilgandan keyin o’z holatiga qaytish xususiyati elastiklik deyiladi. Tog’ jislaridagi yoriqlar va g’ovaklar hajmining jinslarning butun hajmiga nisbati g’ovaklik deyiladi. G’ovaklik natijasida jinslarning o’zida suv saqlash qobiliyati namlik deyiladi. Namlik va suv o’tkazuvchanlikning katta ta’siri yoriqlikni keltirib chiqaradi.
Tog’ jislarining qattiqligi deb uning massasining hajmiga nisbatiga aytiladi.
Tog’ jinslarining plastikligi deb tashqi kuch ta’sirida o’z shaklini o’zgartirishi va ta’sir olib tashlanganidan keyin ham olingan shaklini yo’qotmaslik qobiliyati. Ma’lum bir bosimda barcha tog’ jinslari plastic bo’la oladi. Tng plastic tog’ jinslari gillar hisoblanadi.
Sochma tog’ jinslari o’zida kattaligi va shakli bo’yicha bir xil yoki bir xil bo’lmagan mineral qismlarni saqlaydi, ular bir-biri bilan ichki tortishish kuchi orqali bog’lanmagan bo’ladi. Sochma tog’ jinslariga qum va graviy misol bo’ladi.
Suzuvchi tog’ jinslari deb bir-biri bilan bog’liq bo’lmagan o’zida suv saqlagan tog’ jinslariga aytiladi.
Suzuvchanlik xususiyatini gilli qismlar bilan aralashgan qumlar, suyuqlangan gillar va qumlar o’zida saqlaydi.

2. Kon mustahkamlagichlarini tayyorlashda ham sanoat qurilishlarida ishlatiladigan materiallar qo’llaniladi.


Yog’och materiallari. Kon laxmlarini mustahkamlashda qorag’ay, qora qarag’ay, oq qarag’ay, eman, zarang va boshqa daraxtlarning yog’ochlari qo’llaniladi. Yo’och materiallari ikki xil ko’rishda qo’llaniladi: aylana ya’ni silindr shaklidagi yog’ochlar va ishlov berilgan, tekis shakldagi yog’ochlar. Aylana yog’ochlar shaxta svollari va shurflar uchun mustahkamlagich tayyorlashda, shuningdek boshqa kon laxmlari uchun mustahkamlagich ramalarini yasash uchun qo’llaniladi. Tekis shakldagi yog’ochlar (pilomaterial) esa asosan yordamchi maqsadlar uchun ishlatiladi. Pilomateriallar plastina (arralangan), brus, doska, bukilgan va boshqa turlarda bo’lishi mumkin.
Gorizontal kon laxmlarining qarag’aydan yasalgan mustahkamlagichlari 1 yildan 5 yilgacha xizmat qila oladi. Xizmat muddatini uzaytirish uchun ular maxsus tarkibli antiseptiklarda shimdiriladi. Antiseptiklar sifatida xloridli rux , natriy ftoridi va kremniyli natriy qo’llaniladi. Shimdirishning ikki usuli mavjud: issiq-sovuq vannalarda va bosim ostida shimdirish. Bunday hollarda yog’ochlarning xizmat qilish muddati taxminan uch barobar oshadi.
Mustahkamlagich yog’ochlarning o’lchamlari ГОСТ bilan aniqlanadi. Aylana yog’ochga uzunligi 0.5 – 5 m, diametri 7-26 sm bo’lgan ustunlar va uzunligi 4 – 7 m, diametric 16 sm va undan yuqori bo’lgan xodalar kiradi.
Metall. Kon laxmlarini mustahkamlash uchun ma’lum bir shaklga keltirilgan va turli navli po’lat, cho’yan, kon sanoati uchun tayyorlangan po’lat, shuningdek bolt, gayka va boshqalar qo’llaniladi. Cho’yanlar tyubinglar, cho’yan ramalar tayyorlashda foydalaniladi. Metal mustahkamlagichlarning shakllari, o’lchamlari GOST ga muvofiq aniqlanadi.
Ulovchi moddalar havoli va gidravlik bo’ladi. Havoli ulovchi moddalar deb, o’z mustahkamligini faqatgina havoda saqlaydigan aralashmalarga aytiladi. Havoli ulovchi moddalar kon lamlarini mustahkamlashda deyarli qo’llanilamaydi. Gidravlik ulovchi moddalar deb, o’z mustahkamligini nafaqat havoda balki suvda ham yo’qotmaydigan moddalarga aytiladi.
Mustahkamlagichlar sifatida gidravlik sementlar: portlandsement, alyuminiy oksidli sement, kengayadigan sementlar ishlatiladi. GOST ga muvofiq sementning 6 ta markasi bor: 200, 250, 300, 400, 500 va 600. Portlandsement klinkerni juda maydalab olinadi. Portlandsementning asosiy kamchiligi agressiv suvga bardosh berolmasligidir.
Alyuminiy oksidli sement alyuminiy oksidini kuydirib, ohak yoki gil qo’shib olinadi. Bu tur sement portlandsementdan tarkibida alyumiy oksidi va temir oksidining ko’pligi ohak va kremniy oksidining kamligi bilan farqlanadi. Ayuminiy oksidli sement yuqori mustahkamligi, tez qotishi va mineral suvlarga bardosh bera olishi bilan xarakterlanadi va eng mas’uliyatli joylarda qo’llaniladi.
Kengayadigan sementlar alyumiy oksidli sement, gips va yuqori asosli kalsiy gidratining aralashmasidan olinadi. Ular gidroizolyatsion maqsadlarda ishlatiladi.
Beton sun’iy qurilish materiali hisoblanib, sement, suv va boshqa qo’shimchalarning aralashmasi qotirilishidan olinadi. Qo’shimchalar sifatida kvarsli qum, graviy va mayday toshlar qo’llaniladi.
Betondagi sementning miqdoriga qarab, ular qalin – 1 м3 betonda 250 kg sement, o’rtacha - 1 м3 betonda 200 – 250 kg sement, yupqa - 1 м3 betonda 200 kg dan kam sement.
Temirbeton beton bilan to’ldirilgan metal armatura bo’lan qurilish materiali hisoblanadi. Kon laxmlarini mustahkamlash uchun ko’pincha yig’iladigan temirbeton konstruksiyalari ishlatiladi.
Sun’iy toshlar. Hozirgi vaqtda kon laxmlarini mustahkamlash uchun g’isht qo’llanilmaydi. Ko’proq betonitlar qo’llaniladi. Betonitlar betondan, shlakabeton va yongan tog’ jinslaridan tayyorlanadi. Ular ponasimon va qo’g’ri burchakli parallelepiped shaklida bo’ladi. Betonitlar joyida tayyorlanadigan betonlardan mustahkamroq bo’ladi. Xizmat qilish muddati juda uzoq bo’lgan kon laxmlari betonitlar bilan mustahkamlanadi.
Mustahkamlagich deb, kon laxmlarining berilgan shakl va o’lchamlarini saqlash va tog’ jinslari o’pirilishining oldini olish uchun o’tkaziladigan inshootga aytiladi. Mustahkamlagichga texnik, iqtisodiy va texnologik talablar qo’yiladi.

Texnik talablarga quyidagilar kiradi: mustahkamlagich yetarli darajada mustahkam va chidamli bo’lishi kerak, havo oqimi harakatiga katta qarshilik ko’rsatmasligi kerak.


Iqtisodiy talablarga quyidagilar kiradi: mustahkamlagich tanqis materiallardan tayyorlanmasligi, qimmat bo’lmasligi va ko’p vaqt chidashi kerak.
Texnologik talablarga quyidagilar kiradi: mustahkamlagich oddiy bo’lishi va yig’ishtirilishi mexanizatsiyalashgan bo’lishi kerak.
Xizmat qilish vaqtiga ko’ra mustahkamlagichlar doimiy – kon laxmining to’liq xizmat muddatiga o’rnatiladigan va vaqtinchalik – zaboy siljishi bilan ko’chib boradigan va keyinchalik doimiysi bilan almashtiriladigan. Ba’zan birdaniga doimiy mustahkamlagich o’rnatiladi.
Mustahkamlagich materialiga ko’ra ular yog’och, metal, toshli, betonli, temirbetonli va aralash bo’ladi.
Yon tomonlardagi tog’ jinslari bilan o’zaro ta’siriga ko’ra mustahkamlagichlar qattiq va yumshoq bo’ladi.
Laxmning ko’ndalang kesim yuzasi to’g’ri burchali to’rtburchak, trapetsiyasimon, chodirsimon, poligonal, gumbazsimon, arkasimon, tuxumsimon, aylana, ellipssimon va bochkasimon bo’lishi mumkin.
Laxm ko’ndalang kesimining yuzasi elektrovoz, vagonetka va boshqa uskunalarning hajmlari, rels yo’llari soni va xavsfsizlik qoidalariga binoan laxmga keluvchi havo miqdoriga muvofiq tanlanadi.

Xulosa
Kuzatuvchiga osmon gumbazga o’xshab, havo ochiq vaqtlarda kunduzi zangori kechalari qorong’u yulduzlarga to’la bo’lib ko’rinadi. Kuzatuvchi yulduzlarning qaysi biri uzoqda qaysi biri yaqinda joylashganligini ajrata olmaydi, unga barcha yulduzlar biror radiusli gumbazning ichki sirtida joylashtirilganday bo’lib ko’rinadi.Tunda osmonda yulduzlardan tashqari oy, sayyoralar va ba’zan kometalarni ko’rish mumkindir. Yulduzlarning o’zaro nisbiy joylanishlaridagi o’zgarishini oddiy ko’z bilan bir necha yuz yillarda sezib bo’lmaydi.Kadim zamonlardan kishilar bir-biriga yaqin joylashgan yulduz­lardan xayolan turli shakllar hosil qilgan va bunga har xil xayvonlarni nomini qo’ygan. Muayyan biror shakl orasidagi va uning yaqin atrofidagi yulduzlar o’sha nom bilan yulduzlar turkumi deb atalgan.XVSh asrda bir turkumdagi yorug’ yulduzlarni grekcha harflar bilan belgilana boshlandi. Bundan tashqari eng yorug’ yulduzlarni maxsus nomlar bilan atab boshlangan, masalan, Sirius (Katta itning -si), Kapella (Aravakashning -si), Vega (Liraning -si) va xokazolar.Hozirgi vaqtda yulduzlar turkumi deganda yorug’ yulduzlar grup­pasi emas balki yulduzlar osmonining ma’lum maydonchasi tushuniladi.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.


1. 0 ‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni.
- Т., 1997-y.
2. 0 ‘zbekiston Respublikasi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”. -Т ., 1997-y.
3. I.A. Karimov. “0 ‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsiz- likka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari”. - Т.,
0 ‘zbekiston, 1997.
4. A.Hamidov A.To‘xtaev va boshqalar. Botanikadan
o‘qituvchilar uchun qoilanma. Toshkent: “0 ‘qituvchi”. 1999-yil.
5. А.Тухтаев, “Экология”. Олий ук;ув юрти талаблари учун
укув кулланма. - Т.: У киту вч и, 1998 й.

6. Бартов П, ва бошкалар Ер билми ва Улкашунослик,



Тошкен У киту вч и 2012 (^айта нашр)
http://hozir.org
Download 66 Kb.




Download 66 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tog’ jinslarining fizik-mexanik xususiyatlari Reja

Download 66 Kb.