• 1.Asosiy ishlab chiqarish fondlarining iqtisodiy mohiyat va ahamiyati
  • Asosiy va aylanma fondlarning sifat ta’rifi
  • Mavzu: korxonaning asosiy fondlari va ishlab chikarish quvvatlari




    Download 77,07 Kb.
    bet1/6
    Sana16.11.2023
    Hajmi77,07 Kb.
    #99782
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    KORXONANING ASOSIY FONDLARI VA ISHLAB CHIKARISH QUVVATLARI


    MAVZU: KORXONANING ASOSIY FONDLARI VA ISHLAB CHIKARISH QUVVATLARI
    1.Asosiy ishlab chiqarish fondlarining iqtisodiy mohiyat va ahamiyati
    2.Asosiy fondlar amortizatsiyasi va emirilishi
    3.Asosiy ishlab chiqarish fondlardan foydalanish ko‘rsatkichlari
    4.Asosiy ishlab chiqarish fondlardan foydalanishni yaxshilash
    yo‘nalishlari


    1.Asosiy ishlab chiqarish fondlarining iqtisodiy mohiyat va ahamiyati


    Asosiy va aylanma fondlar korxona, tarmoq va butun milliy iktisodiyotining ishlab chiqarish fondlarini tashkil etadi.
    Ishlab chiqarish fondlarining asosiy va aylanma fondlarga bo‘linishi asosida ishlab chiqarish vositalarining mehnat vositalariga hamda mehnat buyumlariga bo‘linishi va ularning ishlab chiqarish jarayonlarida turlicha qatnashuvi yotadi. Asosiy va aylanma fondlarning sifat ta’rifi quyidagi jadvalda keltirilgan.
    Asosiy va aylanma fondlarning sifat ta’rifi

    Farqlovchi belgilar

    Asosiy fondlar

    Aylanma fondlar

    1. Ishlab chiqarish jarayonida qatnashish turi

    Mehnat vositasi sifatida

    Mehnat buyumlari sifatida

    1. Ishlab chiqarish jarayonida qatnashish xususiyati

    Ishlab chiqarish jarayonida ko‘p marta qatnashadi

    Ishlab chiqarish-ning har bir yangi siklida to‘la iste’-mol qilinadi (bir
    marta qatnashadi)

    1. Tayyor mahsulotga qiy-matini o‘tkazish usuli


    Tayyor mah-sulotga butun xizmat muddati davomida emirilgan qiymatini ayrim qismlarga bo‘lib o‘tkazadi

    Tayyor mahsulotga o‘z qiymatini to‘la va bir yo‘la o‘tkazadi

    1. Natural shaklining o‘zgarishi

    Xizmat muddatining oxiri-gacha o‘z natu-ral shaklini saq-lab qoladi

    Natural shaklini saqlab qolmaydi.
    O‘zining jismoniy shaklini, ko‘pincha moddiy tarkibini ham bir yo‘la o‘zgartiradi

    Sanoatning asosiy fondlari mehnat vositalari bo‘lib, ular ishlab chiqarish jarayonida ko‘p marta qatnashadi va sekin-asta emirilgan sayin o‘z qiymatini ishlab chiqarilayotgan mahsulotga o‘tkazib boradi hamda o‘z natural shaklini saqlab qoladi. Xizmat muddati bir yildan kam bo‘lgan mehnat vositalari asosiy fondlarga kiritilmaydi. Aylanma ishlab chiqarish fondlari bir ishlab chiqarish jarayonida o‘z qiymatini tayyor mahsulotga to‘la-to‘kis o‘tkazadi hamda o‘zining moddiy shaklini batamom o‘zgartiradi.


    Asosiy fondlar korxona ishlab chiqarish vositalarining bir qismi bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonida uzoq vaqt ishtirok etadi va o‘zining natural moddiy xolatini yo‘kotmaydi xamda o‘z qiymatini tayyorlanayotgan maxsulotlarga qismlab o‘tqazib boradi. Asosiy fondlar qiymatini tayyorlanayotgan maxsulotga o‘tkazish jarayoni amortizatsiya deb, ushbu jarayonda to‘plangan mablag‘lar amortizatsiya ajratmalari deb ataladi.
    Iqtisodiy maqsadlariga ko‘ra, asosiy fondlar ishlab chiqarish va noishlab chiqarish fondlariga taqsimlanadi.

    Download 77,07 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 77,07 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: korxonaning asosiy fondlari va ishlab chikarish quvvatlari

    Download 77,07 Kb.