|
Asosiy fondlar amortizatsiyasi va emirilishi
|
bet | 4/6 | Sana | 16.11.2023 | Hajmi | 77,07 Kb. | | #99782 |
Bog'liq KORXONANING ASOSIY FONDLARI VA ISHLAB CHIKARISH QUVVATLARI 2.Asosiy fondlar amortizatsiyasi va emirilishi
Asosiy fondlar jismoniy va ma’naviy jixatdan eskirishi mumkin.
Jismoniy (moddiy) eskirish - asosiy fondlarning birlamchi xislatlarini ishlab chiqarishda katnashishi natijasida yo‘kotishi va tabiiy eskirishida yuzaga keladi.
Ma’naviy eskirish - asosiy fondlarning kadrsizlanishi yoki texnik jixatdan muddatidan avval ish qobiliyatini yo‘qotishidir. Ma’naviy eskirish 2 xil ko‘rinishga ega:
" asosiy fondlar ularning ishlab chiqarish qiymatlari pasayishi natijasida kadrsizlanadi.
" asosiy fondlar fan-texnika taraqqiyoti ta’siri ostida yanada samaralirok fondlarning paydo bo‘lishi natijasida kadrsizlanadi.
Asosiy fondlarni qayta ishlab chiqarish, ya’ni jismoniy va ma’naviy jixatdan eskirgan asosiy fondlarning o‘rnini iqtisodiy to‘ldirish uchun korxona bu vositalar qiymatidan amortizatsion ajratmalarni ayirib tashlaydi xamda bu ajratmalar keyinchalik xarajatlar sifatida maxsulot tannarxiga kiritiladi.
bu erda:
Na - to‘liq qayta tiklash uchun yillik amortizatsiya me’yori, %;
Fb - asosiy fondlarning boshlang‘ich qiymati, so‘m;
Ta - asosiy fondlarning me’yoriy xizmat vaqti, yil.
Yillik amortizatsiya ajratmalari (Aa) miqdori kuyidagicha aniqlanadi.
bu erda:
Tk – xizmat muddati davomida kapital ta’mirlashga sarflangan
xarajatlar;
M– modernizatsiya qilishga sarflangan xarajatlar.
Amortizatsiya mablag‘lari asosiy fondlarni to‘liq qayta tiklash (renovatsiya), kapital ta’mirlash va uskunalarni modernizatsiya qilish uchun alohida ravishda yo‘naltiriladi. SHu sababli, amortizatsiya me’yori ikki qismdan - fondlarni renovatsiya qilish (Nt.t) xamda kapital ta’mirlash va modernizatsiya qilish (Nk.t.)dan iborat.
Birinchi xolda:
bu erda:
Th - asosiy fondlarning xaqiqiy xizmat qilish vaqti, yil.
Ikkinchi xolda:
Ishlab chiqarish jarayonida asosiy fondlar asta-sekinlik bilan eskirishi sababli, ularning ish qobiliyatini ta’mirlash orqali tiklash zaruriyati tug‘iladi. Asosiy fondlarni ta’mirlash kapital, o‘rta va joriy turlarga bo‘linadi. Bino va inshootlarni ta’mirlash o‘z mazmuni, talab kilinuvchi muddat va mablag‘lariga ko‘ra mashina va uskunalarni ta’mirlashdan farq qiladi.
Mashina va uskunalarni kapital ta’mirlashda ular to‘liq qismlarga bo‘linadi va eskirgan qismlar almashtiriladi.
Uskunalarni ikki marta kapital ta’mirlash orasidagi muddat ta’mirlash sikli deb ataladi. Mashina va uskunalar maxsus zavodlarda ta’mirlanadi.
O‘rtacha ta’mirlash - texnik mazmuni, murakkabligi, bajariladigan ish xajmi va davriyligiga ko‘ra, kapital ta’mirlashdan farq qiladi xamda sarflanuvchi mablag‘, vaqt va kuchni nisbatan kamrok talab qiladi. Bu jarayon
korxonaning o‘zida amalga oshiriladi.
Joriy ta’mirlashda, asosan, asbob-uskunalar tozalanadi, moylanadi, tekshiriladi, mayda kamchikliklari bartaraf kilinadi, ya’ni uskunalarning foydalanishga doimiy tayyorligi ta’minlanadi.
|
| |