• Annotatsiya
  • Kalit so’zlar
  • Etish metodikasi




    Download 0,99 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/2
    Sana11.06.2024
    Hajmi0,99 Mb.
    #262755
      1   2
    Bog'liq
    106-110



    106 
    BOSHLANG’ICH SINFLARDA DARS JARAYONLARINI TASHKIL 
    ETISH METODIKASI 
     
    Imamova Gulxasem Turg‘anbay qizi 
    Nukus 
    davlat 
    pedagogika 
    instituti 
    Boshlang'ich fakultet 1-kurs talabasi 
     
    Annotatsiya:
    Innovatsiya – ma’lum bir faoliyat maydonidagi yoki ishiab chiqarishdagi 
    texnologiya, shakl va metodlar, muammoni yechish uchun yangicha yondashuv yoki yangi 
    texnologik jarayonni qo‘lash muvaffaqiyatga erishishga olib kelishi ma’lum bo‘lgan oxirgi 
    natijadir. Innovatsiyaning maqsadi - sarflangan mablag‘ yoki kuchdan eng yuqori natija 
    olishdan iborat. 
    Kalit so’zlar:
     Innovatsiya, texnologiya, boshlang’ich sinflar, yangicha uslub.
    Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan ishlash anchayin murakkab jarayon 
    sanaladi. Dastlab o‘quvchilarning xat savodi chiqarilsa, keyin mos ravishda turli 
    fanlar o‘rgatila boshlanadi. Bularning hammasi osonlik bilan kechmay, 
    o‘qituvchidan katta ma’suliyat, iqtidor va ilm ta’lab etadi. Qolaversa o‘quvchilarni 
    har bir darsga qiziqtira olish ham muhimdir. Shunday ekan boshlang‘ich sinf 
    o‘qituvchisi bugungi kun talablaridan kelib chiqib, o‘quvchilarga saboq berishda 
    turli innovatsion metodlarni bilishi va ularni o‘z o‘rnida tadbiq etishi muhim 
    hodisa sanaladi. O‘z o‘rnida qo‘llanmagan metodlar kutilgan natija bermay, 
    o‘quvchilarning darsni o‘zlashtirishlariga aks tasir etishi ham mumkin. Bugungi 
    kunda boshlang‘ich ta’lim jarayonida qo‘llashimiz mumkin bo‘lgan yuzlab 
    metodlar mavjud. Ulardan tashqari o‘qituvchining ijodkorligiga qarab yangicha 
    metodlar ham yaratish mumkin. Quyida anashunday o‘qituvchilar orasida keng 
    ommalshgan innovatsion metodlarning ayrimlari haqida to‘xtalib o‘tamiz va ularni 
    ijodiy boyitishga harakat qilamiz. Innovatsiya – ma’lum bir faoliyat maydonidagi 
    yoki ishiab chiqarishdagi texnologiya, shakl va metodlar, muammoni yechish 
    uchun yangicha yondashuv yoki yangi texnologik jarayonni qo‘lash 
    muvaffaqiyatga erishishga olib kelishi ma’lum bo‘lgan oxirgi natijadir. 
    Innovatsiyaning maqsadi - sarflangan mablag‘ yoki kuchdan eng yuqori natija 
    olishdan iborat. Boshqa turli-tuman o‘z-o‘zidan paydo bo‘ladigan yangiliklardan 
    farqli o‘laroq, innovatsiya boshqariluvchi va nazorat qilinuvchi o'zgarishlar 
    mexanizmini tashkil etadi. Ma’lumki, bugungi kunda dars jarayonida “Aqliy 
    hujum”, “Krassvord”, “Sinkveyn”, “Muzyorar”, “Keys stady”, “Insert”, “Venn 
    diagrammasi” va “BBB” texnologiyalaridan o‘quv jarayonini tashkil qilishda 
    foydalanilmoqda. Mazkur maqolada dars jarayonining samarasi va sifatini 
    ta’minlashga xizmat qiluvchi yana bir nechta innovatsion metodlarni tavsiya 


    107 
    qilamiz. “Kamalak jilosi” metodini boshlang‘ich sinflar uchun qo‘llash maqsadga 
    muvofiqdir. Mazkur metoddan ona tili, matematika va o‘qish darslarida ham 
    foydalanish mumkin. Masalan: ona tili darslarida so‘zlarni turkumlarga ajratishda 
    qo‘g‘irchoq, mashina, kuldi, yig‘ladi, sariq, katta, kichik, to‘qqiz kabi so‘zlarni 
    turkumlarga ajratish va ot so‘z turkumiga doir so‘zlarni ko‘k rangli chiziqqa 
    joylashtirish, sifat so‘z turkumidagi so‘zlarni havo rang chiziqqa joylashtirish 
    vazifasi beriladi. Matematika darsida sonlarni xona birliklariga ajratish davomida 
    ushbu metodni qo‘llash mumkin. Ya’ni, kamalakning birinchi rangini bir xonali 
    son deb oladigan bo‘lsak, ikkinchi qatordagi rangi ikki xonali songa misol bo‘la 
    oladi. “Kamalak jilosi” metodi orqali bolalarda quyidagi bilim, ko‘nikma, 
    malakalar va sifatlar shakllanadi: - o‘quvchi ranglar orqali so‘zlarning qaysi 
    turkum doirasiga kirishini eslab qoladi; - o‘quvchida tabiat hodisalari haqidagi 
    tasavvurlar paydo bo‘ladi, ularda atrofmuhit va tabiatga muhabbat, uni asrab-
    avaylash ko‘nikmalari shakllanadi; - o‘quvchilarning dunyoqarashi va tasavvur 
    doirasi kengayadi, diqqatni jamlash, fikrlash, zehnlilik va topqirlik qobiliyatlari 
    rivojlanadi. «Beshinchisi (oltinchisi, yettinchisi ...) ortiqcha» metodi: O‘quvchilar 
    mantiqiy tafakkur yuritish ko‘nikmalariga ega bo‘lishlarida ushbu metod alohida 
    ahamiyatga ega. Uni qo‘llashda quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:

    O‘rganilayotgan mavzu mohiyatini ochib berishga xizmat qiluvchi 
    tushunchalar tizimini shakllantirish;

    hosil bo‘lgan tizimdan mavzuga taalluqli bo‘lgan to‘rtta (beshta, oltita, ...) 
    va taalluqli bo‘lmagan bitta tushunchaning o‘rin olishiga erishish;

    o‘quvchilarga mavzuga taalluqli bo‘lmagan tushunchani aniqlash va uni 
    tizimdan chiqarish vazifasini topshirish;

    o‘quvchilarni o‘z harakatlari mohiyatini sharhlashga undash (mavzuni 
    mustahkamlash maqsadida o‘quvchilardan tizimda saqlanib qolgan tushunchalarga 
    ham izoh berib o‘tishlari hamda ular o‘rtasidagi mantiqiy bog‘liqlikni 
    asoslashlarini talab etish lozim). Mazkur metod o‘quvchilardan o‘rganilayotgan 
    mavzu (yoki bo‘lim, bob) yuzasidan tahliliy mulohaza yuritish, shuningdek, eng 
    muhim tayanch tushunchalarni ifodalay olishni talab etadi. Metodni qo‘llashda 
    quyidagi harakatlar tashkil etiladi:

    o‘qituvchi o‘zaro teng nisbatda mavzuga (bo‘lim, bob) oid va oid 
    bo‘lmagan asosiy tushunchalar tizimini yaratadi;


    108 

    o‘quvchilar mavzuga (bo‘lim, bob) oid va oid bo‘lmagan asosiy 
    tushunchalarn aniqlaydilar va daxldor bo‘lmagan asosiy tushunchalarni tizimdan 
    chiqaradilar; 
    Pedagogikaning fan sifatida shakllanishi yosh avlodni hayotga tayyorlash, 
    ular tarbiyasini samarali amalga oshirish ehtiyojidan kelib chiqadi. Bu ehtiyoj 
    borasida 
    orttirilgan 
    tajribalar 
    to*plangandan 
    keyin 
    ousha 
    tajribalarni 
    umumlashtirish, yoshlar tarbiyasi haqida qonunqoidalarni ishlab chiqish zarurati 
    tug'iladi. Avvalo pedagogikaning nazariy kurtaklari falsafa negizida paydo boiadi. 
    Ba'zi falsafiy fikrlar quldorlik jamiyatidayoq rivojlana boshlagan edi. Qadimdan 
    inson tarbiyasiga oid fikrlar xalq maqollarida, afsonalarda, dostonlarda o'z 
    ifodasini topgan. Ularda rostgo’ylik, ota-onaga hurmat-ehtirom kabi fazilatlar 
    tarannum etilgan. «Alpomish», «To'maris» kabi doston va ertaklarda 
    vatanparvarlik. insonparvarlik tuyg'ulari uluglanadi. Taiim va tarbiya masalalari 
    hamisha mutafakkir. yozuvchi. olimlar xayolini band qilib kelgan. Ular o'zlarining 
    bola tabiati. ularni barkamol inson qilib tarbiyalash haqidagi yorqin mulohazalari 
    bilan pedagogika fani ravnaqiga ulush qo‘shganlar, Mashhur hind masali «Kalila 
    va Dimna», Nizomulmulkning «Siyosatnoma», Nosir Xisravning «Saodatnoma», 
    «Ro'shnoyinoma», Yusuf Xos Hojibning «Qutadg'u bilik». Mahmud 
    Koshg'ariyning «Devon-u lug'atit turk», Ahmad Yugnakiy, Kaykovus, Alisher 
    Navoiyning ko'pgina asarlari odob-axloqqa bevosita daxldordir. Bu allomalarning 
    asarlari pedagogik fikrlarni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki bu 
    asarlarda insonparvarlik, halol mehnat, do'stlik, chin muhabbat, sadoqat kabi 
    yuksak axloqiy fazilatlar o4z aksini topgan. Suqrot, Aflotun, Demokrit kabi buyuk 
    faylasuflar tomonidan murakkab falsafa tizimi yaratilgan. 
    Pedagogikaning fan sifatida shakllanishida chex pedagog olimi Yan Amos 
    Komenskiyning hissasi katta boidi. Uning «Buyuk didaktika» asari haqli ravishda 
    pedagogika sohasida yaratilgan birinchi ilmiy asar hisoblanadi. XVIII asrga kelib 
    O 'rta Osiyoda ham pedagogik fikrlar taraqqiy eta boshladi. XIX asr boshlarida 
    Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Saidrasul Aziziy, Saidahmad Siddiqiy 
    kabi ma’rifat jonkuyarlari yetishib chiqdi. Bu oiimlar yangi usuldagi maktablar 
    tuzish, darsliklar yaratish, xalq o'rtasida ma’rifatni targ'ib etishda jonkuyarlik 
    qildilar. Pedagogika fanining mazmunini boyitib va rivojlantirib boradigan qator 
    manbalar mavjud. Ayniqsa, maqollar, ertaklar, dostonlar, ashulalar, udumlar va 
    topishmoqlarda tarbiya haqidagi xalq donishmandligi qamrab olingan. 
    Allomalarning 
    pedagogika 
    nazariyasiga 
    oid 
    fikrlaridan 
    fanda 
    unumli 


    109 
    foydalanilmoqda. Bundan tashqari, pedagogika fani vangi g'oyalar evaziga ham 
    bovimoqda. O‘quvchilar o‘z harakatlarining mohiyatini izohlaydilar. Metoddan 
    individual, guruhli va ommaviy shaklda o‘quvchilar tomonidan mavzuning puxta 
    o‘zlashtirilishini ta'minlash hamda ularning bilimlarini aniqlash maqsadida 
    foydalanish mumkin. 1-sinf darsligidagi «Oshxona jihozlari», «Qushlar», «Uy 
    hayvonlari va parrandalar» kabi mavzularini o‘rganishda yangi mavzuni 
    mustahkamlash uchun mazkur metodni qo‘llash ijobiy natija beradi. Bunda 
    mavzuga oid to‘rtta va taalluqli bo‘lmagan (ortiqcha) bitta so‘z (tushuncha, fikr) 
    beriladi. O‘quvchilar ana shu so‘zni (tushuncha, fikr) aniqlaydilar. Masalan, 1-sinf 
    darsligidagi 1-mashqda berilgan topshiriqni bajarishda quyidagicha qo‘llash 
    mumkin. Yozuv ekranda ko‘rsatiladi. O‘quvchilar ortiqcha so‘zni aniqlashadi. Uy 
    hayvonlari: sigir, qo‘y, toshbaqa, ot, it. So‘ng bu so‘zlar ishtirokida gap tuzish 
    topshirig‘i beriladi va tuzilgan gaplar asosida axloqiy tarbiya beriladi. Namuna: Ot 
    - insonning eng ishonchli do‘sti. O‘quvchilar tomonidan tuzilgan gaplar asosida 
    o‘quvchilar qalbida ona tabiatga muhabbat uyg‘otiladi, uy hayvonlariga nisbatan 
    ijobiy munosabatda bo‘lishga o‘rgatiladi. Yuqorida respublikamizda faoliyat olib 
    borayotgan o‘qituvchilarning ta’lim jarayonida qo‘llanishi mumkin bo‘lgan 
    innovatsion metodlari haqida qisqacha to‘xtaldik. Ushbu metodlarni har qaysi 
    boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi o‘z darslarida qo‘llashi va o‘zlari ham unga ijodiy 
    yondashgan holda qo‘shimchalar kiritishi mumkin. O‘ylaymizki boshlang‘ich 
    sinflarda innovatsion metodlarni qo‘llash orqali o‘tiladigan darslar o‘quvchilarning 
    darsga bo‘lgan qiziqishlarini ortishiga va o‘qituvchi uchun ham darsni yaxshi 
    tashkil etishiga yordam beradi. 

    Download 0,99 Mb.
      1   2




    Download 0,99 Mb.
    Pdf ko'rish