• Annotatsiya.
  • Kalit so‘zlar
  • Baholash usullari




    Download 467,46 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/8
    Sana15.06.2024
    Hajmi467,46 Kb.
    #263946
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    99-106



    JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS 
    http://www.newjournal.org/ 

    Volume–46_Issue-3_February_2024 
    99 
    KORXONA FAOLIYATI SAMARADORLIK KO’RSATKICHLARINI 
    BAHOLASH USULLARI 
     
    Shamsiddinov Bahodir Nodirovich 
    Buxoro innovatsiyalar universiteti, iqtisodiyot yo‘nalishi magistri 
     
    Annotatsiya. 
    Korxona faoliyatini baholashda samaradorlik tushunchasi alohida 
    ahamiyatga ega. Samaradorlik - qandaydir bir samara olish, ya’ni qilingan harakatlar 
    natijalarining faolligini anglatadi. Ushbu maqolada samaradorlik, tashkiliy 
    samaradorlik, ijtimoiy samaradorlik, ijtimoiy samaradorlik, texnologik samaradorlik, 
    huquqiy samaradorlik, ekologik va ma’naviy samaradorlik, samaradorlikni baholash 
    usullari kabi tushunchalar mohiyati ochib berilgan. 
    Kalit so‘zlar:
    samaradorlik, tashkiliy samaradorlik, ijtimoiy samaradorlik
    ijtimoiy samaradorlik, texnologik samaradorlik, huquqiy samaradorlik, ekologik va 
    ma’naviy samaradorlik. 
    Tadbirkorlik faoliyatidan ko‘zlangan asosiy maqsad – ko‘proq sof foydaga 
    erishishdir. Har qanday iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda avvalo resurslar 
    sarflanadi, ya’ni xarajatlar amalga oshiriladi. Ko‘proq sof foydaga erishish uchun esa 
    ushbu xarajatlarni to‘g‘ri rejalashtirish, sarflanayotgan xarajatlarning har bir birligini 
    imkon qadar ko‘proq foyda keltiradigan holda amalga oshirish talab etiladi (1-jadval).
    Iqtisodiy samaradorlik - ma’lum davrdagi iqtisodiy faoliyat davomida amalga 
    oshirilgan xarajatlar evaziga olingan sof foyda summasi bilan aniqlanuvchi muhim 
    ko‘rsatkichdir.
    Iqtisodiy samaradorlik deganda amalga oshirilgan har bir so‘mlik xarajat evaziga 
    olingan sof foyda hajmi tushuniladi, ya’ni korxonada qilinayotgan xarajatlarning 
    natijadorligini anglatadi. 
    Sarflangan xarajatlar har bir birligi evaziga olingan sof foyda summasi qancha 
    ko‘p bo‘lsa, iqtisodiy samaradorlik darajasi shunchalik yuqori hisoblanadi va aksincha. 
    Iqtisodiy samaradorlik darajasining oshishi korxonada kengaytirilgan takror 
    ishlab chiqarishni rivojlantirish va xodimlarni moddiy rag‘batlantirish uchun 
    imkoniyatlar yaratadi. Shu bilan birga ishlab chiqarishga yangi texnikalar, samarali 
    texnologiyalarni joriy etish ta’minlanadi. 

    Download 467,46 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 467,46 Kb.
    Pdf ko'rish